Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi
Download 1.01 Mb.
|
9-маъруза (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanni vazifasi
Fanni ukitishdan maksad - tukimachilik sanoatining sifatli paxta tolasiga bulgan talabini kondirish, etishtirilgan paxta xosilini uz vaktida standart talablari buyicha kabul kilish, saklash va kayta ishlash korxonalariga etkazib berishni ta’minlovchi mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
Fanni vazifasi - paxtaning xalk xujaligidagi axamiyati, uni sifatli yigib-terib olish, saklash, kayta ishlash va undan olinadigan maxsulot turlari, paxtaning tola sifatini aniklash usullari buyicha talabalarga nazariy va amaliy bilim berishdan iborat. Shuningdek, tukimachilik va engil sanoatning paxtani kayta ishlash korxonalarining paxta tolasiga bulgan bugungi kundagi talabi, paxtani sifatli kilib kulda va mashinada terish koidalari, paxtani kabul kilib olish va saklash usullarini, paxtani dastlabki kayta ishlash tolaning tuzilishi uning sifatini aniklovchi asbob-uskunalar bilan ishlash, saklash borasida chet el texnika va texnologiyasi bilan tanishishni uz ichiga oladi. 2. Paxta xom ashyosini tayyorlash, saklash va kayta ishlashning xalk xujaligidagi urni va axamiyati. Paxta mamlakatimiz iqtisodiyotida etakchi о‘rinni egallaydi. Paxta va undan tayyorlangan mahsulotlar (yigirilgan ip, gazlama, tayyor kiyim-kechaklar va boshqalar) eksportidan olinadigan foyda Respublikamiz yillik valyuta tushumlarini 15-20 % ini tashkil etadi. Rivojlanishimizning strategik yо‘nalishlaridan biri, paxta xom-ashyosini eksport qilish emas, balki undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va jahon bozoriga sotishdan iborat. Agar bunga tо‘liq erishilsa, paxtachilikdan olingan yillik valyuta tushumlari hozirgiga nisbatan 6-7 baravar oshishi mumkin. G‘о‘za texnik ekinlar ichida eng qimmatlisi hisoblanadi. U asosan tolasi uchun о‘stiriladi. Paxta tolasi juda keng miqyosda va turli maqsadlarda ishlatiladi. Umuman paxta ashyosi va о‘simlikning turli qismlari xalq xо‘jaligi uchun qimmatli xom ashyo manbai hisoblanadi. Bir tonna chigitli paxtadan 340-350 kg tola, 50-60 kg momiq va 600 kg chigit olinadi. Bir tonna chigitdan esa 170-220 kg moy, 380-400 kg kunjara, 50-60 kg momiq, 60 kg о‘simlik oqsili, 300 kg sheluxa olinadi. Paxta tolasining о‘ziga xos xususiyati boshqa tabiiy va sun’iy tolalarda uchramaydi. Shuning uchun ham u elastiklik xususiyatiga ega bо‘lib, tо‘qimachilik dastgoxlarida ular bir-biri bilan yaxshi ulanadi. Paxta tolasidan tо‘qimachilik sanoatida keng foydalanib, har xil gazlamalar tо‘qilishidan tashqari, undan g‘altak ip, arqon, jilvir, baliq tutadigan tо‘r, tasma, transportyor lentalari, rezina shlanglar uchun maxcuc tо‘qimalar, filtrlar, elektr simlarining ustini о‘raydigan tо‘kima va boshqalar tayyorlanadi. Ayrim paxta navlariniig tolasidai avtomobil shinalarida qistirma (prokladka) uchun ishlatiladigan maxsus kord tо‘qimasi, shuningdek, parashyut qilinadigan material, kirza va boshqa narsalar tayyorlapadi.Paxta tolasidan foydalanib tsellyuloid, foto-kino lentalar, laklar, eng yuqori sifatli yozuv qog‘ozlari va boshqa kо‘plab xilma-xil materiallar hamda buyumlar tapyorlanadi. Ipak gazmollarni tо‘qishda paxta tolasini ularga aralashtirib ishlatish mumkin. Rasm 1. Paxtadan olinadigan mahsulotlar 1-flanel, 2-sochiqbop gazlama, 3-viskoza, 4-satin, 5-trikotaj, 6-chit, 7-kiyimbop gazlama, 8-shtapel, 9-tukli gazlama, 10-tola, 11-momiq, 12-ip, 13-kalava, 14-fibra, 15-sellofan, 16-arqon, 17-tsellyuloza, 18-kog‘oz, 19-tola, 20-chigit, 21-atsetil-tsellyuloza, 22-sun’iy shoyi, 23-atsetat shoyi, 24-sun’iy fetir, 25-sinmaydigan oyna, 26-linoleum, 27-brezent ipi, 28-sun’iy charm, 29-izolenta, 30-karton, 31-pusloq, 32-chigit mag‘izi, 33-shulxa, 34-kapron, 35-neylon, 36-«E»vitamin, 37-fitin, 38-sun’iy kauchuk, 39-kallodiy, 40-portlovchi modda, 41-samolyot laki, 42-fotoplenka, 43-alif, 44-steorin, 45-glitserin, 46-moy, 47-sovun, 48-glyukoza, 49-lignin, 50-vino spirti, 51-endotal. 52-povinilvanli smola, 53-furforal, 54-qog‘oz, 55-filtr qog‘oz, 56-elektr ipi, 57-yonilg‘i, 58-spirt, 59-uglekislota, 60-poya va chanoq, 61-barg va pustloq, 62-kal’tsiy oksalat, 63-smola, 64-limon kislotasi. Paxtaning chigiti ham nihoyatda qimmatli mahsulot hisoblanadi. Tolasi ajratib olingan chigitning bir qismi ekish uchun, asosiy kismi esa xilma-xil mahsulotlar, xususan moy olishda ishlatiladi. Chigit moyi oziq-ovqatga ishlatiladi, shuningdek, texnik maqsadlari uchun foydalaniladi. Tozalangan chigit moyi konserva sanoatida keng kо‘lamda qо‘llaniladi, shuningdek, undan margarin, kir sovun, atir sovun, texnika moyi, alif tayyorlashda ham foydalaniladi. Chigit moyidan glitserin, ste-arin va boshqa bir qancha mahsulotlar olinadi. Moyi olingandan keyin qolgan-kunjara chorva mollarining ayrim- turlari uchun durustgina konsentrat — tо‘yimli oziq hisoblanadi. Chigit mag‘izidan gossipol degap zaharli modda ajratib olinadi. Bu modda polimerlar, lak, issiqqa chidamli qoplamalar, dorivor preparatlar, bо‘yoqlar va boshqa. materiallar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Moy zavodi chiqindisi hisoblangan gudron (gossipol smolasiga о‘xshash) issiqqa nihoyatda chidamli bо‘ladi, shuning uchun undan qolip tayyorlashda va issiqqa chidamli lak ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Linter paxta nomi bilan yuritiladigan chigit tukidan issiq kiyimlarga solishda, matras-tо‘shak, mebellar tayyorlashda, meditsinada ishlatiladigan paxta, tsellyuloza ishlab chiqarishda, sun’iy soch, sun’iy charm va ipak, sun’iy oyna, linoleum, plastmassalar, avtomobil laki, tselofan, qotoz, ebonit, portlovchi moddalar va hokazolar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Shulxa deb ataladigan chigit pо‘chog‘i (pо‘sti) dan ham potash, texnik spirt olinadi, lak, о‘rov ( rulon) qog‘oz lari, karton, elektroizolyatsion buyumlar tayyorlanadi. Shulxada pentazonlar kо‘p bо‘ladi, undan furfurol (moysimon suyuqlik) olinadi. Furfurol qimmatli smolalar va plastmassalar tayyorlashda ishlatiladi. G‘о‘zapoyadan asosan о‘tin о‘rnida, qisman esa qurilish taxta plitalari tayyorlashda va mebel ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yuqumli kasalliklar, masalan, vilt bilan kasallanmagan dalalardagi g‘о‘zapoyalarni mashinalarda maydalab, organik о‘g‘itlarga aralashtirib erga solish ham mumkin. G‘о‘zapо‘choq ham nihoyatda qimmatli hisoblanadi, chunki uning tarkibida kо‘plab oshlovchi modda bо‘ladi. G‘о‘za bargida kо‘p miqdorda organik kislotalar, jumladan, olma va limon kislota bor. Bu kislotalarni g‘о‘zaning о‘suv davri tugallangandan keyin sanoat yо‘li bilan olish mumkin. Jahon bozorida 1 t tolaning narxi о‘rtacha 950 - 1700 dollar, paxta moyining bir tonnasi taxminan 400-500 dollar turadi. Vatanimizda keyingi yillarda paxta tolasidan tayyor mahsulotlar (gazlamalar, erkaklar va ayollar kiyimlari va h.) ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘yishga katta ahamiyat berilmoqda. Bir kilogramm toladan 5 metr gazlama, yoki 140 ta g‘altak ip, yoki 900 gramm yigirilgan ip tayyorlash mumkin. 5 m gazlamadan 2 ta yuqori sifatli erkaklar sorochkasi tikiladi. Shunday sorochkaning har birini jahon bozorida 15-60 dollarga sotish mumkin. 2019 yilda О‘zbekistonda 1049 ming tonna tola etishtirilgan. Shu tolani taxminan 1 mlrd dollarga sotish mumkin. Etishtirilgan tolani о‘zimizda qayta ishlab sorochka tayyorlab, ularni taxminan 7-10 mlrd ga pullash mumkin. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin paxta xom ashyosini eksport qilish emas, balki zamonaviy texnologiyalarni qо‘llab, undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarib, ularni chetga eksport qilish, rivojlanishimizning ustuvor yо‘nalishlaridan biri bо‘lib kelmoqda. Hozirgi paytda etishtirilgan tolaning 25-30% ini о‘zimizda qayta ishlanib tayyor mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Hukumatimizning qaroriga kо‘ra 2021 yilga kelib О‘zbekiston etishtirilgan tolaning 50 % idan kо‘prog‘ini о‘zida qayta ishlashi va buning uchun ilg‘or texnologiyaga ega bо‘lgan kо‘plab korxonalar qurish kо‘zda tutilgan.
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling