Paxta zavodida 1000 tonna chigitli paxtani qayta ishlashni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan jihoz va uskunalar hisobi
Chigitni linterlash va dilenterlashni tashkil etish
Download 230.96 Kb.
|
Хусига
3.2. Chigitni linterlash va dilenterlashni tashkil etish
Paxta tozalash zavodida jinlashdan chiqqan chigitlarni ishlash davom ettiriladi: xas-cho‘plardan tozalanadi, linterlanadi, delinterlanadi, sortlarga ajratiladi va dorilanadi (keyingi ikki ish urug‘lik chigitlar uchun bajariladi). Paxtada bo‘lgan xas-cho‘plarning bir-qismi jinlash jarayonida tola o‘luk bilan birga chiqib ketmasdan chngit bilan qo‘shilib chiqib, uni ifloslantiradi. Jindan chiqqan chigitlar yirik qum, xas-cho‘plar, tasodifan tushgan metall parchalari va mayda toshlar bilan ifloslangan bo‘ladi, Bulardan tashqari sog‘lom bo‘lmagan (puch va yetilmagan) chigitlar ham bo‘lib, bular vintli konveyerlar va elevatorlardan o‘tkazilganda maydalaiib, ishlanayotgan lintning iflosligini ko‘paytirishi mumkin. Chigitlarga ish vaqtida jin kamerasini ochganda to‘kilgan paxta bo‘lakchalari ham qo‘shilgan bo‘lishi mumkin. Ayniqsa mashinada terilgan paxtani jinlashda chiqadigan chigitlar ko‘proq ifloslangan bo‘ladi. Shuning uchun chigitni linterlashdan oldin unn yaxshilab tozalash talab qilinadi. Jinlashdan keyin chigit tozalansa, lint kam ifloslanadi, linterning arralari shikastlanmay ularning ishlash muddati uzayadi. Jinlash jarayonidan keyin chigitdan lint va delint (tuk) nomi bilan yuritiladigan qisqa tolalar qatlami qoladi. Qayta ishlanadigan chigitli paxtaning seleksion va sanoat sortiga qarab chigitlarda jinlashdan keyin har xil miqdorda (chigitlarning boshlang‘ich massasiga nisbatan) o‘rta tolali paxta chigitlarida 11-17% ingichka tolali paxta chigitlarida esa 2,4-5% gacha lint va delint qoladi. Jinlardan keyin chigit sirtida qolgan lint va delint umumiy massasining chigitning boshlang‘ich massasiga nisbatan propent hisobidagi miqdori chigitning umumiy tukliligi deb ataladi. Paxta lintini chigitdan ajratish jarayoni linterlash shu jarayonni bajaradigan mashinalar esa linter deb ataladi. Paxta tozalash sanoatining boshlang‘ich davrlarida liitga xo‘jalik uchun foydalanilmaydigan material deb hisoblangani uchun paxta tozalash zavodlariga linterlash jarayoni kiritilmagan edi. Paxta moyi chiqaradigan zavodlarda chngitdan moy chiqarishni kamaytirmaslik uchun chigitlarni ikki yoki uch marta lingerlash jarayoni tashkil qilinar edi. Biroq, paxtani dastlabki ishlashni rivojlantirilishi natijasida 1869 yilda birinchi linter mashinaga va 1907 yilda birinchi delinter mashipaga patent berildi. Linterlarda momiq ajratish usuli arralarni aylanib turgan chigit valigiga mexanik usulda ta’sir etib, chigitlar yuzasidan momiq qirib olishiga, so‘ngra arra tishidan havo yordamida ajratilishiga va kondensorgacha olib borilib, u yerda havodan ajratishga asoslangan. Linterlarning asosiy ko‘rsatkichlari, chigitdan ajratilgan momiq miqdori va chigit bo‘yicha ish unumdorligi hisoblanadi. Tanlangan momiq ajratish texnologiyasi va kerakli tipdagi momiq ajratish zaruriyatiga qarab, har qaysi linterlash pog‘onasida kerakli linterlash miqdori tanlanadi va uni hisobga olib linterlarning ish unumdorligi sozlanadi. Foydalanilayotgan arralarning diametri va ularning ishlash muddati linterning ish unumdorligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Arralar diametri kichiklashishi bilan momiq chiqarish miqdori o‘zgarmagan holda mashinaning chigit bo‘yicha ish unumdorligi pasayadi. (7.1-jadval). Arralarning ishlash muddatiga qarab linterning chigit o‘tkazish qobiliyati R momiq chiqarish miqdori o‘zgarmagan holda quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: P = Pn – Kt, bu yerda Rn – linterning chigit bo‘yicha dastlabki ish unumdorligi 2300 va 2000 kg/soat bo‘lgani holda ishlaganda birinchi va ikkinchi momiq ajratish miqdori 3,0 va 2,5 foizga teng; K - proporsionallik koeffitsienti bo‘lib, u 18,75 ga teng; t-arralarning ishlash vaqti (1 soatdan 48 soatgacha). Download 230.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling