Paxtani yirik iflosliklardan tozalash uskunalarining texnologik tahlili


Download 446.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi446.22 Kb.
#1477226
  1   2
Bog'liq
3399-Article Text-6734-1-10-20220526



Paxtani yirik iflosliklardan tozalash uskunalarining texnologik 
tahlili 
 
Baxodir Toir o’g’li Abbazov 
Bobir Nabijon o’g’li Sharopov 
Xumora G’ulomiddin qizi Anarboeva 
Shaxnoza Rustam qizi Ergasheva 
abbazovbaho@gmail.com 
Jizzax politexnika instituti 
 
Annotatsiya: Ushbu maqola paxta xomashyosini yirik iflosliklardan tozalash 
uchun ishlatiladigan mashinalar bo‘yicha tadqiqotlar natijalarini taqdim etadi. Paxtani 
yirik iflos moddalardan tozalovchi mashinalarning samaradorligini oshirishga 
qaratilgan tadqiqotlarga ko‘ra, olti qirrali, sakkiz qirrali panjaralarda o‘tkazilgan 
tajribalar tahlili. Ularning orasidagi masofani va panjaralarining diametrini 
o‘zgartirish orqali olingan tajribalar ham tahlil qilindi. 
Kalit so’zlar: iflosliklar, tozalash, samaradorlik, panjara, baholar, tajribalar. 
Technological analysis of cotton cleaners equipment from the 
large contaminants 
Baxodir Toir ugli Abbazov 
Bobir Nabijon ugli Sharopov 
Xumora Gulomiddin qizi Anarboeva 
Shaxnoza Rustam qizi Ergasheva 
abbazovbaho@gmail.com 
Jizzakh Polytechnic Institute 
Abstract: This article presents the results of studies on machines used to clean 
raw cotton from major pollutants. Analysis of experiments carried out in six-sided, 
eight-sided grates, according to studies aimed at improving the effectiveness of gin, 
which cleans the cotton from the main contaminants. The experiments obtained by 
changing the diameter of the grate bars of the distance between them were also 
analyzed. 
Keywords: pollutants, cleaning, efficiency, grate, grades, experiments, research, 
prospects. 
O‘zbekiston Respublikasida paxta tozalash sanoati texnologik jarayonlarni va 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
388


yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan uskunalarni yaratishga oid tadbirlarni samarali 
tashkil qilish yuzasidan turli yo‘nalishda chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu 
borada paxta xom ashyosini mayda va yirik iflosliklardan tozalashning yangi 
texnologik oqimini ishlab chiqishning boshqariladigan tizimini yaratish, texnologik 
jarayonlarga innovatsion ishlanmalarni qo‘llashga bag‘ishlangan qator ilmiy tadqiqot 
ishlari olib borilgan. Shunga qaramay mamlakat paxta sanoatida foydalanilayotgan 
texnologiya xomashyoning boshlang‘ich tabiiy sifat ko‘rsatkichlarining to‘liq 
saqlanishini ta’minlab bera olmayapti. Paxta tarkibida yirik va mayda iflosliklarning 
ko‘pligi hamda paxtani ulardan tozalash va quritish texnologiyasi samaradorligining 
pastligi olinayotgan paxta mahsulotlarining sifati past, tannarxining yuqori bo‘lishiga 
olib kelmoqda. Natijada paxta mahsulotlari narxlari hamda olinadigan daromad va 
sof foyda ko‘rsatkichlarining past bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli so‘nggi 
yillarda paxta sanoati korxonalari iqtisodiy holati yomonlashib bormoqda. Shunga 
ko‘ra paxta xomashyosini iflosliklardan tozalashning yangi usullarini va yuqori ish 
unumiga ega bo‘lgan, resurstejamkor uskuna va texnologiyalarni ishlab chiqish, paxta 
xomashyosini quritish va tozalash jarayonlarini mujassamlovchi texnologik oqimlarni 
ishlab chiqish yo‘nalishlarida maqsadli izlanishlarni amalga oshirish tizimdagi 
muhim vazifalardan hisoblanadi. Ushbu maqolada muallif tamonidan paxtani yirik 
iflosliklardan tozalaydigan mashinalarning konstruksiyasini 
takomillashtirish 
bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar o‘rganilib tahlil qilindi. 
Paxta xomashyosini yirik iflosliklardan tozalashda muhim bosqichlardan biri 
paxta bo‘lakchalarini arrali baraban tishlariga ilashtirib berishdir. Hozirda mavjud 
tozalagichlarda arrachali baraban yuzasiga paxta xomashyosini ilashtirib berish 
uchun tez yeyiluvchi cho‘tkali moslamalar ishlatiladi. Vaqt o‘tishi mobaynida 
cho‘tkaning yeyilishi tozalagichning texnologik samaradorligini pasaytiradi. 
Paxta tolasidan zamonaviy va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hozirda keng 
ko‘lamda joriy etilgan. Paxta tolasidan bunday mahsulotlarni olish uchun avvalambor 
paxta xom ashyosini sifatli tozalashni taqozo etadi. Bu borada ko‘pgina olimlar 
tomonidan ilmiy tadqiqot olib borilib muhim natijalarga erishilmoqda. Shulardan 
kelib chiqib paxta tolasini sifatini oshirishga paxta xomashyosini yirik iflosliklardan 
tozalash jarayonini yaxshilash orqali erishiladi. Buning uchun paxta tozalash 
mashinasining ishchi organlarini effektiv yangi konstruksiyalarini yaratish, nazariy va 
amaliy izlanishlar asosida ularning ishchi va texnologik parametrlarini asoslash orqali 
paxta xom ashyosini tozalash samaradorligini oshirish hozirgi kunda sohani 
muammolaridan hisoblanadi.
Ilmiy izlanishlar asosan paxta bo‘lakchasini arrali baraban tishlariga ilashtirish 
va uni kolosniklar bilan bo‘lgan ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotchi M.Aripjonov (1,2) 
tomonidan kolosniklarni ko‘p qirrali qilib tayyorlash taklif qilingan bo‘lsa, 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
389


M.Agzamov (3,4,5) esa ikkita qo‘zg‘almas kolosnikdan keyin aylanuvchi ko‘p qirrali 
kolosnik o‘rnatib tajribalar o‘tkazilgan. 
Tajribalar o‘tkazish uchun tadqiqotchilar tomonidan paxtani yirik ifloslikdan 
tozalash imkonini beradigan maxsus qurilma tayyorlangan. (1-rasm). 
1-rasm. Paxtaning tarkibidagi yirik iflos aralashmalarni tozalaydigan qurilmaning 
sxemasi: 1- shaxta, 2- ta’minlovchi valiklar, 3- qoziqli baraban, 4- arrali baraban, 5-
qo‘zg‘almas cho‘tka, 6- aylanuvchi kolosnik, 7- qo‘zg‘almas kolosnik,
8- cho‘tkali baraban. 
Bu qurilmada shaxtadan 1 kelayotgan paxta ta’minlovchi valiklar 2 yordamida 
bir tekisda qoziqli baraban 3 ga yetkazib berilgan. Qoziqli baraban 3 paxtani titib 
to‘rli yuza bo‘ylab sudrab mayda iflosliklardan tozalab arrali baraban 4 ga bergan. 
Arrali baraban 4 ning tishlariga paxtani ilashtirib berish maqsadida qo‘zg‘almas 
cho‘tka 5 o‘rnatilgan. Arrali baraban tishlariga ilashgan paxta bo‘lakchalari 
aylanuvchi 6 va qo‘zg‘almas 7 kolosniklar yuzasiga urilib yirik iflos aralashmalardan 
tozalanadi. Arrali baraban tishlariga ilashgan paxta bo‘lakchalari cho’tkali baraban 8 
ajratib olinadi. O’tkazilgan tajribalar natijasiga asosan aylanuvchi kolosnik va ikkita 
qo‘zg‘almas kolosnik o‘rnatilganda mashinaning tozolash samaradorligi 6-8 % 
oshganligi isbotlangan. 
Sh.Nabiev (6) tomonidan УХК agregatida paxtani yirik iflosliklardan tozalash 
bo‘limlarida kolosniklar orasidagi masofa o‘zgarishining tozalash samaradorligiga va 
ajratilayotgan chiqindidagi paxta bo‘lakchalari miqdoriga ta’sirini o‘rganish 
maqsadida tadqiqotlar olib borilgan. 
Izlanishda namligi 8,2 %, iflosligi 4,9 %, An-Boyovut 2-sanoat nav, 1-sinf paxta 
tozalangan. Birinchi bosqichda asosiy tozalash bo‘linmasida kolosniklar orasidagi 
masofaning ratsional ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha izlanishlar olib borilgan.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
390


Bu natijalardan, yirik iflosliklardan tozalash bo‘yicha asosiy tozalash 
bo‘linmasida eng samarali ko‘rsatkichi ikki kolosnik orasidagi masofa 60-80 mm 
bo‘lganda erishilgan. Bu ko‘rsatkichda chiqindi tarkibidagi paxta miqdori 18,9-28,7 
% ni, chigitning mexanik shikastlanishi eng kam 2,2-2,3 % tashkil etdi. 
Paxtani tozalash samaradorligini oshirishda tozalash jarayonida paxta massasi 
katta ahamiyatga ega. Natijadan ko‘rinib turibdiki, ikkinchi tozalash bo‘linmasiga 
umumiy paxta miqdorining o‘rtacha 25 % tozalanadi. Shu sababli bu jarayonda 
tozalashning ketma-ket usulidan, ya’ni tozalash jarayoni ketma-ket tozalash 
texnologiyasiga asoslangan, ya’ni tozalanayotgan paxtaning 65-75 foizi birinchi 
tozalash barabanida, qolgan qismi keyingi barabanlarda tozalanishga asoslangan 
texnologiya yuqori samara beradi 
Mavjud tozalagichlar regenratsiya bo‘limlarida kolosnik orasidagi masofa esa 40 
mm. Bu ko‘rsatkichda chiqindilar tarkibida paxta bo‘lakchalari miqdori yuqori 
saqlanib kelinmoqda. Shu sababli, ikkinchi bosqichda regenratsiya bo‘linmasida 
kolosniklar orasidagi masofa o‘zgarishining tozalash samaradorligiga, chiqindi 
tarkibidagi paxta miqdoriga, chigitning mexanik shikastlanishiga va erkin tola 
miqdoriga ta’siri o‘rganilgan. 
Asosiy va regeneratsiya bo‘limlarida kolosniklar orasidagi masofaning 
o‘zgarishida tozalangan paxta tarkibida chigit shikastlanishi va erkin tolalar 
miqdorining o‘zgarishi sezilarli darajada emas. Olingan natijalar asosida tozalagichda 
asosiy ko‘rsatkich sifatida chiqindi tarkibida paxta bo‘laklari miqdori ekanligini 
hisobga olib УХК tozalash agregati regeneratsiya bo‘linmasida kolosniklar orasidagi 
ratsional masofa 30 mm bo‘lishini ta’kidlash mumkin. 
Sh.Xakimov (7) tomonidan utkazilgan tadqiqotlar asosida tez yeyiluvchi 
qo‘zg‘almas cho‘tka o’rniga yangi ildiruvchi moslama taklif etiladi. Bu yangi 
ildiruvchi moslama paxta xomashyosining arrali baraban yuzasiga ildirish jarayonini 
o‘rganish uchun paxta xomashyosining arrachali baraban ildiruvchi moslamalar 
orasidagi harakatining nazariy modeli ishlab chiqilgan. Paxta xomashyosini yirik 
iflosliklardan tozalashda muhim bosqichlardan biri - paxta bo‘laklarini arrali baraban 
yuzasiga ilashtirib berishdir. Hozirgi mavjud tozalagichlarda arrachali baraban 
yuzasiga paxta xomashyosini ilashtirib berish uchun tez yeyiluvchan cho‘tkali 
moslama ishlatiladi. Vaqt o‘tishi mobaynida cho‘tkaning yeyilishi tozalagichning 
texnologik samaradorligini pasaytiradi. Tahlillar asosida tez yeyiluvchan qismiga 
yangi ildiruvchi moslama taklif kilingan. (2-rasm).
Bu 
hisoblarga 
ko‘ra 
ikki ildiruvchi 
kolosnik 
orasidagi 
masofa 
15-16 mm bo‘lganda paxta arra yuzasiga ishonchli ilashadi. Undan yuqori 
masofalarda paxta xomashyosining tezligi va uning arra yuzasiga bosimi o‘zgarishi 
hisobiga paxta xomashyosining arrali baraban yuzasidan ajralib ketish xavfi paydo 
bo‘ladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
391


2-rasm. Paxta xomashyosini yirik ifloslikdan tozalagich sxemasi 
1 - ilashtiruvchi kolosnikli moslama, 2 - arrachali baraban, 3 - tozalovchi kolosniklar, 
4 - to‘siq, 5 - ajratuvchi cho‘tkali baraban. 
Taklif etilayotgan moslamani amaliy o‘rganish uchun laboratoriya uskunasiga 
navbatma-navbat mavjud cho‘tkali ildiruvchi moslama va taklif etilayotgan 
kolosnikli ildiruvchi moslamalar qo‘yilib qiyosiy tajribalar olib borildi.
Bu qiyosiy tadqiqotlar natijasida yangi ildiruvchi moslama qo‘llanilganda 
tozalash samaradorligi 4,6 % ga oshishi, tozalangan paxta xomashyosida erkin tola 
miqdori 0,016 % ga kamayishi, chiqindi tarkibidagi paxta xomashyosi miqdori 
mavjud va taklif etilayotgan moslamada boshlang‘ich paytda bir xil ekanligi 
aniqlandi. Lekin cho‘tkali moslamali tozalagichning ishlashi davrida, vaqt o‘tishi 
bilan cho‘tkalarning yeyilishi natijasida chiqindi tarkibida paxta bo‘laklari oshib 
bordi. Taklif etilayotgan moslama yeyilish darajasi juda kamligidan paxtadagi 
chiqindi miqdori kam o‘zgarishi aniqlandi. Bu ko‘rsatkich hisobga olinganda, taklif 
etilayotgan moslama yuqori iqtisodiy samara beradi. 
3-rasm. ЧХ-3М2 «Mehnat» rusumli 
o‘rnatilgan kolosnik. 
4-rasm Rezinali nasadkali aylana 
kolosniklar seksiyali tozalagich. 1 - 
aylana sterjen; 2 - rezinali nasadka. 
Paxta xomashyosini arrali baraban yuzasiga ildirish moslamasini ishlab 
chiqarish sharoitida sinash natijalari amaliy sinov natijalarini tasdiqlangan. 
A.Abrorov tamonidan utkazilgan tadqiqotlarda yirik iflos aralashmalarni tozalash 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
392


jarayonida paxta bo‘lakchasing kolosnik panjarasiga kelib urilishidagi zarba kuchini 
kamaytirish maqsadida kolosnikka rezinali nasadka kiydirilgan (4-rasm). 
Buning natijasida paxtaning tarkibidagi yirik iflosliklarni tozalash jarayonida 
arrali barabanning tishlariga ilashtirib olingan paxta bo‘lakchalari kolosnik yuzasiga 
kelib urilishida chigitning shikastlanishi sezirlarli kamayadi. 
 
5- rasm. Paxtani tozalovchi konus shakldagi kolosnikli panjara. 
5-rasmda paxtaning tarkibidagi yirik iflos aralashmalarni tozalash jarayonida 
arrali silindr tishlariga ilashgan paxta bo‘lakchasining kolosnik yuzasiga urilishdagi 
zarba kuchini kamaytirish maqsadida kolosniklar elastik asosga o‘rnatilgani 
ko‘rsatilgan. Buning natijasida chigit shikastlanishi kamayadi va tola tarkibida turli-
xil nuqsonlarning hosil bo‘lishining oldi olinadi. Shuningdek kolosniklarning konus 
shaklida o‘rnatilishi tozalash samaradorligining oshishga olib keladi. 
Xulosa. Paxtani yirik iflosliklardan tozalaydigan mashina samaradorligini 
oshirish bo‘yicha bir qator ishlar bajarilgan. Mashinaning tozalash samaradorligini 
ko‘paytirish maqsadida kolosniklar olti, sakkiz qirrali qilib tayyorlanib tajriba 
o‘tkazib ko‘rilgan. Shuningdek kolosniklar diametri, ular orasida masofani o‘zgartirib 
ko‘rilgan. Mashinaning tozalash samaradorligi bilan birga paxtaning iflos 
aralashmalarga qo‘shilib ketmasligi bo‘yicha ham izlanishlar olib borilgan.
Paxtani tozalash vaqtida zarba kuchini kamaytirish yo‘li bilan chigitning 
shikastlanishini oldi olingan. 
O‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlarning ijobiy tomonlarini hisobga olgan holda, 
kelgusida yangi yaratilgan istiqbolli paxta navlarida tajribalar o‘tkazib, tozalash 
mashinasining yuqori samara berib ishlaydigan parametrlarini aniqlash kerak bo‘ladi. 

Download 446.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling