Payvandlash materiallarini tanlash va ularga ta’rif berish
Relyefli payvandlash rejimini hisoblash uchun kerakli parametrlar
Download 0.89 Mb.
|
baxromov relef
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Payvandlash mashinasi va jihozni tanlash
Relyefli payvandlash rejimini hisoblash uchun kerakli parametrlar:
Material qalinligi S; Payvandlanuvchi materialning markasi; Relyefli payvandlash asosiy hisob parametrlari. Payvand tokining kuchi, Isv; Elektrodlarning bosim kuchi, Fsv; Payvand vaqti,tsv; Relyef o’lchamlari, d,h,H; Detallarni avvaldan siqish vaqti, tsj; Payvand nuqtasini bog’lash (siqish) vaqti, tpr; Agar materialning qalinligi 2 mm dan yuqori bo’lsa relyef shakli konussimon bo’lishi kerak. Bundan tashqari relyef soni n harfi bilan belgilanadi, bosim kuchini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: Fsv =(150….200) S*n Agar relyf soni 3…6 tagacha oraliqda bo’lsa u holda quyidagi formula ishlaydi: Fsv =(150….200) S*n*0.75 Demak bu holatda tok kuchi quyidagicha topiladi: Isv =0.75*n*Isv1 yoki, Isv =(1.2…1.6)*d [kA] Hisoblashlarning so’ngida avvaldan siqish vaqti tsj; siqib turish vaqti tpr va sikl vaqti ts hisoblanadi: tsj=0.008+0.03*S, tpr=0.1+0.04*S. Umumiy payvand vaqti tsv=tsj+tpr; Xisoblash: d=25mm; h=5mm; H=8mm; Hr=20; L=220mm. Fsv=(150…200)S*n; Fsv=(150…200)S*n=180*5*3*0,75=2025≈2kN; tsj=0.08+0.03*S=0.08+0.03*5=0.23s tpr=0.1+0.04*S=0.1+0.04*5=0.3s Isv=(1.2…1.6)*d=1.5*25=37,5kA. 7. Payvandlash mashinasi va jihozni tanlash Relyefli payvandlash mashinasida korpus (1) bo‘lib, uning ichida yoki yonida payvandlash transformatori (2) joylashgan. Ikkilamchi uram (14) kolodkalari konsollar (7) va (10), elektrod tutqichlar (8) hamda elektrodlar (9) ga egiluvchan (3), (12) va bikr (4), (11), (13) shinalar vositasida biriktirilgan. Elektrodlardan biri (odatda ustkisi) siqish mexanizmi (16) yordamida polzun (15) bilan birga suriladi va detallarni siqadi. Pastki konsolni yukdan holi qilish va bikrligini oshirish uchun, domkrat (6) vositasida ko‘tarilib tusha oladigan kronshteyn (5) xizmat qiladi . O‘zgarmas tokda ishlaydigan bir fazali nuqtali payvandlash mashinalari MT–604, MT–803, MTP–1110, MTP–1409, MTP–240q, MT–I8I8, MT–2102, MT–4019 po‘latlar va titan qotishmalarini payvandlashga eng moslashgan. Bunday mashinalarda yengil qotishmalarni payvandlashga energiya juda ko‘p sarflanadi va detal va elektrodlarning yuzasi tez ifloslanadi. MTB–2001, MTBP–400I, MTВ–6304, MTВ–8002, MTB–16002 o‘zgarmas tok mashinalari va past chastotali MTH–7501 mashinalari istalgan payvandlanuvchi metallardan yasalgan buyumlarni payvandlash uchun tavsiya qilingan, chunki ularda tok impulsi qulay shaklda bo‘ladi va energiya nisbatan kam sarflanadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling