Pdf-faylidagi rasmiy manba O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


Download 49.64 Kb.
bet1/5
Sana20.06.2023
Hajmi49.64 Kb.
#1630710
  1   2   3   4   5
Bog'liq
186 10.07.2014




PDF-faylidagi rasmiy manba
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 623-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 09/19/623/3479-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq tartibotlarni soddalashtirish va kadastr xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan kiritilgan ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 623-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 09/19/623/3479-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning birinchi — yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son)
2. 2017-yil 1-sentabrdan boshlab ilovada qayd etilgan ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr ishini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari qiymati 25 foizga ko‘paytirilsin. Bunda qiymat ko‘paytirilishi hisobiga tushadigan (soliqlar chegirib tashlangan holda) mablag‘larning 100 foizi Yer munosabatlari va davlat kadastrini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-iyul,
186-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash

Download 49.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling