Pdf-faylidagi rasmiy manba
PFZi — ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqilgan ish haqi; Oldingi tahrirga qarang. BVIP
Download 178.12 Kb.
|
252 08.09.2011
- Bu sahifa navigatsiya:
- SZIP = Σ PFZi / 60
PFZi — ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqilgan ish haqi;
Oldingi tahrirga qarang. BVIP — oldingi 12 oydagi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori, so‘m. (8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son) 9. Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: SZIP = Σ PFZi / 60, bunda: Oldingi tahrirga qarang. Σ — summa belgisi shuni ko‘rsatadiki, pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqini belgilashda ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentini qo‘llagan holda pensiyani hisoblash uchun qayta hisoblab chiqilgan ish haqi miqdori, shaxsning ishdagi mavjud tanaffuslaridan qat’i nazar, mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yili mobaynidagi istalgan ketma-ket besh yilning tegishli oylari uchun jamlanishi kerak. (9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 294-modda) 10. Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqi bir tiyingacha yaxlit qilib hisoblanadi, yarim tiyindan kam summa esa tashlab yuboriladi. Oldingi tahrirga qarang. 11. Pensiya ushbu Nizom joriy etilgungacha tayinlangan fuqarolarga pensiyani hisoblash uchun ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentini qo‘llagan holda ish haqini qayta hisoblab chiqish mexanizmi qo‘llanmaydi. (11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 294-modda) Oldingi tahrirga qarang. 12. Pensiya miqdori ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentini qo‘llagan holda quyidagi holatlarda murojaat qilingan sanada qayta hisoblab chiqiladi: pensioner tomonidan pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan (ish staji yoki ish haqi to‘g‘risidagi va boshqa) qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilganda; pensiyaning bir turi pensiyaning boshqa turiga o‘tkazilganda; boshqa davlatdan kelgan shaxsning, shu jumladan ilgari O‘zbekiston Respublikasidan ketgan shaxsning pensiya hujjatlari yig‘majildi hisobga qabul qilib olinganda, u pensiyani boshqa davlatda olganligi holatidan qat’i nazar; bitta boquvchining vafoti munosabati bilan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olayotgan shaxsga ikkinchi boquvchisining vafoti munosabati bilan chin yetim sifatida boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi rasmiylashtirilganda. Oldingi tahrirga qarang. (12-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-iyundagi 153-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 303-modda) (12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 294-modda) Oldingi tahrirga qarang. 13. 2011-yil 1-oktabrgacha va undan keyin tayinlangan pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqi quyidagi hollarda ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqilmaydi: Oldingi tahrirga qarang. I va II guruhlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning nogironlik guruhi o‘zgarganda yoki ularga pensiyalar to‘lash muddati uzaytirilganda; (13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olayotgan oila a’zolari soni o‘zgarganda; faxriy unvonlar uchun pensiyaga ustama haq va qo‘shimcha to‘lovlar belgilanganda; boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchiga ulush ajratilganda; ilgari to‘xtatib qo‘yilgan pensiyalarni to‘lash tiklanganda; pensioner O‘zbekiston Respublikasi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ketganda. Oldingi tahrirga qarang. Bunda oxirgi marta 2011-yil 1-oktabrgacha qayta hisoblab chiqilgan pensiyalar miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga binoan oshirishlarni hisobga olgan holda qayta hisoblab chiqiladi. (13-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-iyundagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2020-y., 09/20/396/0793-son) Oldingi tahrirga qarang. 14. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga yoki xalqaro shartnomalariga muvofiq pensiya olishga huquqi mavjud bo‘lgan taqdirda pensiyalar tayinlash uchun yashaydigan mamlakatida olingan ish haqi qabul qilinadi. (14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qo‘llash maqsadida xorijiy fuqaroning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashayotgan mamlakatida tegishli oy uchun hisoblab chiqilgan har oylik ish haqi ko‘rsatib o‘tilgan ish haqi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, hisoblab chiqilgan oyning 15-sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan xorijiy valyutaning so‘mga nisbatan kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga o‘tkaziladi. Oldingi tahrirga qarang. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari bilan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorlari oshirilgan taqdirda, ilgari tayinlangan barcha pensiyalar miqdorlari ushbu farmonlar va qarorlarda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq oshiriladi (qayta hisob-kitob qilinadi). (15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-iyundagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2020-y., 09/20/396/0793-son) Oldingi tahrirga qarang. 16. O‘zbekiston Respublikasida pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining belgilangan miqdorlari ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan. (16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son) Oldingi tahrirga qarang. 17. Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqishga misol ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan. (17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 294-modda) Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan amaldagi ish haqini ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasida belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy MIQDORLARI
Download 178.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling