Pdf-xchange 0 Examples


Download 6.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/242
Sana03.12.2023
Hajmi6.97 Mb.
#1798925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   242
Bog'liq
konf02

Ташкилий қўмита аъзолари: 
Алиев Р.У.
- АДУ физика кафедраси профессори, ф.-м.ф.д. 
Каримов И.Н. 
- АДУ физика кафедраси профессори, ф.-м.ф.д. 
Мўминов Ғ.Ғ. 
- АДУ математика кафедраси доценти, ф.-м.ф.д. 
Эрматов Ш.Ф. 
- АДУ физика кафедраси мудири, ф.-м.ф.н, доцент 
Ибайдуллаев Т.Т. - АДУ математика кафедраси мудири, ф.-м.ф.н., доцент 
Қурбонов Ё.
- АндМИ МИЧА кафедраси мудири, т.ф.н., доцент 
Мирзаева М.
- АндМИ МИЧА кафедраси доценти, т.ф.н. 
Мансуров Х.Ж. 
- АДУ физика кафедраси катта ўқитувчиси, ф.-м.ф-н. 
Темирова Г.Ғ. 
- АДУ ахборот технологиялари катта ўқитувчиси 
Шамсиддинов С.Қ. - АДУ ахборот технологиялари катта ўқитувчиси 
Дадабоев С.У. 
- АДУ ахборот технологиялари катта ўқитувчиси 
Кирйигитов Б.А. 
- АДУ ахборот технологиялари катта ўқитувчиси 
Рахмонов М.Ш. 
- АДУ ахборот технологиялари катта ўқитувчиси 
Қодирова Л.А. 
- АДУ ахборот технологиялари катта ўқитувчиси 
Усманалиева Ю.Г. - АДУ ахборот технологиялари катта ўқитувчиси 
Назаров Ф.М. 
- АДУ ахборот технологиялари катта ўқитувчиси 
Юнусов О.П.
- АДУ ахборот технологиялари катта ўқитувчиси 
Овхунов И.А.
- АДУ ахборот технологиялари катта ўқитувчиси 
Нашрда келтирилган рақамлар, статистик маълумотлар, фикр-мулоҳазалар 
учун муаллифлар масъул ҳисобланади
© Андижон давлат университети. Ахборот технологиялари кафедраси 



5-ШЎЪБА. 
ДАСТУРИЙ ТАМИНОТ ВА ОБЪЕКТГА МЎЛЖАЛЛАНГАН 
ТЕХНОЛОГИЯЛАР 
ALGORITMLAR ASOSIDA DELPHI TILIDA AMALIY DASTURLASH 
YARATISH TEXNOLOGIYASI 
Abdullayev E.Z. 
Andijon davlat universiteti 
Dasturiy ta’minotni ishlab chiqarish texnologiyasi sifatida quyidagilar 
nazarda tutiladi: 
1. Qo‘llanilayotgan EXMning barcha dasturlash vositalaridan foydalangan 
holda dasturlash usullari, dasturiy ta’minot ishonchliligi, dasturiy ta’minot ishi 
xarakteristikalarini baholashni, loyihalash sifatini va dasturlar ishlab chiqarish 
vositalarini ko‘zda tutib dasturiy ta’minotni yaratish. 
2. Dasturiy ta’minot ishlab chiqarish texnologiyasi sifatida 
umumlashtirilgan va tizimlashtirilgan bo‘limlar majmuasiga, dasturlash 
jarayonini optimal ravishda olib borish yo‘llariga aytiladiki, bu yo‘llar berilgan 
xususiyatlarga ega bo‘lgan dasturlash maxsulotini yaratishga olib keladi.
3.
Mutaxassislar talab qilingan darajadagi professional madaniyatga 
ega bo‘lib, bular iloji boricha ishlab chiqarish quvvatini oshirishi lozim bo‘ladi.
Bu jarayonga dasturiy maxsulot yaratilishiga bo‘lgan talabdan 
boshlab uni tugatishgacha bo‘lgan va bu mahsulotni foydalanuvchiga topshirishga 
va zarur bo‘lgan xollarda maxsulotni o‘zgartirishga ketgan vaqt kiradi. 
Dasturlash algoritmni yaratishdan boshlanadi. Algoritm deb, qo‘yilgan 
masalani yechishga qaratilgan, xisoblash jarayonini ifodalovchi, boshlang‘ich 
ma’lumotlardan izlanayotgan natijani keltirib chiqarishga qaratilgan jarayonga 
aytiladi. 
Xar bir dasturlovchi ma’lum bir vaqt mobaynida dastur yozib, o‘zining 
ma’lum bir yo‘nalishiga ega bo‘ladi. Dasturlashtirish yo‘li deganda mohir 
dasturchilar qo‘llaydigan shunday usullar ko‘zda tutiladiki, bunda dasturlar 
to‘g‘ri, ishonchli, samarador, yengil o‘qiluvchan qo‘llashga qulay ko‘rinishda 
bo‘ladi. Demak, xar qanday dastur shunday yozilmog‘i kerakki, masalani 
qo‘yilishi bilan tanish bo‘lmagan har qanday dasturchi bu dasturni bemalol 
tushunish imkoniyatiga ega bo‘lsin, ya’ni dasturlar mashinalar tomonidan emas, 
odamlar tomonidan yengil o‘qilmog‘i lozim. Odatda dasturning yengil 
o‘qiluvchanligini strukturali dasturlash ko‘rsatkichlari orqali ta’minlash mumkin. 
Butun dasturni tashkil qilgan bloklar, modullar zinasimon pog‘onani tashkil
qilish lozim. Dasturlarda qo‘llaniladigan har bir tarkibiy operator o‘ziga nisbatan 
tashqi bo‘lgan boshqa tarkibiy operatorga nisbatan bir-ikki pozitsiya o‘ngroqqa 
siljitilgan bo‘lishi lozim. Har bir tarkibiy operator qaysi satxda boshlansa, unga 
qarashli yakuniy operator ham xuddi shu satxda joylashishi lozim. Dasturlashda 
shartli va sikl operatorlari qisqa ko‘rinishga ega bo‘lsa, ularning har biri bittadan 



satrni egallashlari tavsiya qilinadi: shartli va sikl operatorlarining uzun 
ko‘rinishidan foydalanishga to‘g‘ri kelsa, har bir shoxchadagi xarakatlar ketma-
ketligi alohida blok sifatida ajratilishi qulaydir. Agar har bir operator bitta sathga 
sig‘masa, bu operatorni keyingi satrdan ma’noga ega ko‘rinishda ma’lum bir 
siljish bilan aks ettirish tavsiya qilinadi. Dastur tarkibiga kiruvchi barcha belgilar 
satr boshiga chiqarilib butun dastur matnidan ma’lum bir ko‘rinishda ajralib 
turishi qulaydir.
Delphi muxitida ko‘plab komponentalar mavjud bo‘lib, ularning vazifasi 
ham turlichadir. Qo‘yilgan masalani hal qilish uchun zarur bo‘ladigan 
komponentalarni to‘g‘ri tanlab olish juda muhimdir. Qo‘yilgan masalani hal 
qilishda quyidagi komponentalardan foydalanildi: 
- GroupBox – sohalarni ajratish uchun xizmat qiladi. 
- Button – biror jarayonni amalga oshirishda bosiladigan tugma. 
- BitBtn – maxsus vazifali tugma. 
- Label – biror ma’lumotni ekranga chiqarish uchun xizmat qiladi. 
- RichEdit - ma’lumotlar to‘plamini ekranga chiqaruvchi maxsus oyna 
(Memo dan imkoniyati ko‘proq). 
- MainMenu – yuqori asosiy menyuni yaratishda qo‘llaniladi. 
- Edit – ma’lumot kiritish uchun qo‘llaniladi. 
- Bevel – xoshiyalarni bezashda qo‘llaniladi. 
- RadioButton – faqat bittasini tanlash imkoniyatini beruvchi komponenta. 
- RadioGroup – RadioButton komponentalarini guruxlab oluvchi 
komponenta.
- CheckBox – belgilash imkoniyatini beruvchi komponenta.
- ListBox – ma’lumotlarni menyuli chiqarish uchun xizmat qiladi. 
- PopupMenu – sichqonchaning o‘ng tugmasi bosilganda chiqadigan 
menyu.
- StatusBar – holat satrlarini namoyish etishda qo‘llaniladi.
- Timer – vaqt orqali ishlashda qo‘llaniladi.
Ta’kidlash kerakki, Delphi dasturlash vositasi Paskal dasturlash tili oilasiga 
mansub bo‘lganligi uchun, undagi asosiy operatorlar (buyruqlar) Paskal 
dasturlash tili kabi bo‘ladi. Ammo, Delphi dasturlash vositasida qo‘shimcha bir 
qator imkoniyatlar mavjudki (masalalan yangi modullar, komponentalar hamda 
operatorlar), bu imkoniyatlar Delphi dasturlash vositasining Paskal dasturlash 
tilidan katta ustunlik qilish imkoniyatini beradi. Delphi dasturlash vositasining 
Paskal dasturlash tiliga nisbatan asosiy afzalliklarini quyida sanab o‘tamiz. 
1) 
Dinamik massivlar bilan ishlash imkoniyati yuqori. 
2) 
Komponentlar orasida o‘zaro ma’lumot almashinish imkoniyati qulay. 
3) 
Modul yaratish yoki tayyor modullardan foydalanish imkoniyati 
yuqori. 
4) 
Komponentalar ob’ektli dasturlash imkoniyatini beradi va bu o‘z 
navbatida dasturning har tomonlama ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi. 
5) 
Tezkorlik borasida ustunlik qiladi. 



6) 
Natijalarni olish, testlash va xatoliklarni tuzatish bir muncha qulay. 
7) 
Delphi dasturlash vositasida qayta ishlash mumkin bo‘lgan 
ma’lumotlar turi ko‘p, shuning uchun ham hozirgi kunda deyarli har 
qanday amaliy masalalarni Delphi da hal qilsa bo‘ladi. 
8) 
Zamonaviy dizayn asosida dastur yaratish mumkin. 

Download 6.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling