Pedagog shaxsiga psixologik talablar Reja
Kasbiy va shaxsiy sifatlarning uygʼunligi. Pedagogik qobiliyatlarning psixologik asoslari. Pedagog imidji. Imidjni yaratish zaruriyati
Download 29.46 Kb.
|
29-Mavzu
Kasbiy va shaxsiy sifatlarning uygʼunligi. Pedagogik qobiliyatlarning psixologik asoslari. Pedagog imidji. Imidjni yaratish zaruriyati.
Psixologiya fanida o'qituvchi kasbiga oid qator tadqiqot ishlari olib borilgan, ularni I.V.Straxov, N.V.Kuzmina, A. Shcherbakov, F.N.Gonobolin, V.A.Kruteskiy, M.G.Davletshi; R.Z.Gaynutdinov kabilarning yondashuvlari muhim ahamiyatga ega. Pedagoglardan V.A.Slastenin, S.R.Rajabov, M.O.Ochilov singari olimlar bu sohaning rivojlanishiga o'ziga xos hissa qo'shganlar. Bundan tashqari, sobiq sovet psixologiyasida kasb — hunarga oid ma'lumotnomalar xaritasi ishlab chiqilgan. Bu sohada G.F.Pavlyukning o'qituvchilya ixtisosligiga taalluqli munosiblik va nomunosiblya ma'lumotnomalar xaritasi alohida ahamiyat kasb etadi. Pedagogik ixtisos - ixtisoslikka munosiblik modifikasiyasi xaritasi quyidagilarni aks ettiradi: 1) jamiyat ehtiyojlariga mos tushuvchi yuksak darajadagi qarashlar, e'tiqodlar, ideallar shakllanganligi (jamoaviy) yo'nalganlikni ifodalov shaxsning ijtimoiy — siyosiy faolligi; bolalarga nisbatan mehr — muhabbat, ularni ehtiyojlari va qiziqishlarini tushuni ko'nikmasining mavjudligi; pedagogik kuzatuvchanlik (perseptiv qobiliyat) hayot va faoliyatning u yoki bu jabhalar odamlar xatti -harakatlarining xususiyatlari oqilona tushunish va izohlashga qobillik; 5) o'zgaruvchan shart - sharoitlarda omilkorlik bilan mo'ljal olish qobiliyati; 6) tashkilotchilik va boshqaruvchanlik qobiliyatlarga ega; 7) umumiy va bilishga oid qiziqishlarning ko'pqirraliligi; 8) maqsadga erishish yo'lida irodaviy zo'r berishga tayyorlik va sobitqadamlilik kabilar. O'qituvchilik kasbiga nomunosiblik xaritasida quyidagi omillar o'z aksini topadi (modifikasiya bizniki - E.G'): 1) qarashlar, e'tiqod (maslak), ideallar ko'rsatkichining pastligi; 2) o'zgalar hisobiga o'z shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga tayyorlik, shaxsiyatparast, g'arazgo'y yo'nalishga egalik, o'z qiziqishlarini umumiyatdan ustun ko'rish; 3) bolalar (o'qituvchilar)ga loqayd, befarq munosabat; 4) aqliy taraqqiyot (intellektual) darajasining quyiligi (pastligi); chidamlilik, topqirlik, tashabbuskorlik, tirishqoqlik, sobitqadamlilikning mavjud emasligi, irodasizlik; ayrim ruhiy kasalliklar alomatlarining mavjudligi; 7) nutq faoliyatida sezilarli nuqsonlarga egalik, eshitish sezgisi va qabul qilish, payqash hissining etishmasligi va boshqalar. Professiogrammaning psixologik jihatlari to'g'risida mulohazalar yuritilganda mana bu tomonlarga e'tibor berish maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz: I. O'qishga munosabat va intellektual sifatlar: bilimlarning chuqurligi, turli o'quv fanlarini o'zlashtirishning intellektual (aqliy) imkoniyatlari, salohiyatlilik va qiziquvchanlik, ijodiy faoliyatga qobillik, ma'naviy qiziqishlarning ko'lami, fikrni bayon qila olish uquvi, o'qiganlilik, ma'lumotlilik. II. Axloqiy - irodaviy fazilatlar: serharakatlilik, tirishqoqlik, mustaqillik, hissiy faollik, irodaviy qat'iyatlilik, odoblilik, ezgulik, mehr- muhabbat, dilkashlik, rostgo'ylik, haqgo'ylik, kamtarlik, xushmuomalalilik, vazminlik (bosiqlik). III. Ishbilarmonlik xislatlari: tashkilotchilik qobiliyati, mehnatsevarlik, so'ziga sodikdik, o'ziga tanqidiylik, prinsipallik, qiyinchilikni engish uquvi, tashabbuskorlik, amaliyotchanlik, do'stlar orasida nufuzga egalik. IV. Pedagogika institutiga kiruvchilar uchun tavsiya motivlari: maktabdagi fan to'garaklari mashg'ulotlariga turg'un (barqaror) qiziqish; maxsus sinflar - (maktablar) mashg'uloti bilan ta'lim jarayonini muvofiqlashtirish; havas va ota – onaga munosabat: jismoniy mehnatga munosabat; o'qituvchilik kasbiga moyillik va barqaror qiziqish: institutga kirish uchun tavsiya qilingan ixtisos va fakultet abiturientni o'ziga tortuvchi (jalb qiluvchi) sevimli o'qituvchi va uning shaxs fazilatlari; sevimli fan uni o'zlashtirishdagi yutuqlar; maktab va maktabdan tashqari o'qituvchining ijtimoiy va kasbiy faoliyati: ijtimoiy faoliyatda tashabbuskorlik va faollik darajasi; qaysidir masala bo'yicha o'quvchilar davrasida ma'ruza va chiqishlar qilish; qo'shimcha adabiyotlardan foydalanish; kasb va ixtisoslik tanlashda mustaqillik va tashqi omillarning unga ta'siri; hukm va xulosa chiqarishda mustaqillik: o'qituvchi mehnatining hajmi bo'yicha tasavvur hosil qilish. Download 29.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling