Pedagog shaxsiga psixologik talablar Reja
O’qituvchilik professiogramma quyidagilarni o’z ichiga oladi
Download 29.46 Kb.
|
29-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Professiogramma oldiga quyidagi talablarni qo‘yish maqsadga muvofiq
O’qituvchilik professiogramma quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1) O’qituvchi shaxsining xususiyatlari; 2) O’qituvchining ruxiy–pedagogik tayyorgarligiga qo’yilgan talablar; 3) Maxsus tayyorgarlik xajmi va mazmuni; 4) Ixtisosga oid usuliy tayyorgarlikning mazmuni. Professiogramma oldiga quyidagi talablarni qo‘yish maqsadga muvofiq: 1.Ishning qanday nomlanishi va uning nimalardan tuzilishi 2.Ishning maqsadi, samaradorligi xususida ma’lumotlar; 3.Mehnat quroli sifatida nimalar qo‘llanilishi; 4.Mehnat predmetining tarkiblari va ularning o‘ziga xos jabhalari; 5.Mehnat faoliyati qaysi usullar yordami bilan bajarilishi; 6.Nimalarning negizida ish (mehnat, faoliyat; amalga oshirilishi); 7.Mehnat mahsullarini baholash mezonlari; 8.Ishning qanday ixtisoslik talab qilishi xususiyatlari. 9.Ish qanday vositalar yordami bilan bajarilish imkoniyati va uning motivirovkasi. 10.Ishning bajarilish shart va sharoitlari; 11.Mehnatni (faoliyatni) tashkil qilish shakllari; 12.Mehnatning kooperatsiyasi (Kim?, Nima?, Kim bilan hamkorlikda?); 13.Mehnatning jadalligi (intensivligi) to‘g‘risida ma’lumotlar; 14.Mehnat faoliyatida mas’uliyatning va xavf – xatarning qaysi daqiqalari (holatlari) uchrashi; 15.Mehnat uning sub’ektiga qanday foyda, naf keltirishi (ish haqi, mukofot, ma’naviy ozuqa, imtiyoz, ijtimoiy moyillik, alьtruizm xislati, maqtov, jamoatchilik bahosi va boshqalar); 16.Ish yoki faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra qanday talablarga va cheklanishlarga ega ekanligi. Insonning mehnat faoliyatini kuzatishda quyidagi vositalarni qo‘llash maqsadga muvofiq: - F.Gilbertning “Ish kuni fotografiyasi” metodikasi (rasmlarda ifodalangan ishchining harakatini kuzatish, ko‘zdan kechirish orqali ularni tahlil qilish (sa’i- harakatlar bo‘yicha tizim vujudga keltirish, ulardagi o‘zgarishlarga binoan muayyan ketma-ketlikda joylashtirish); - A.K.Gostevning xronokartasi (ikki yoki uch marta yarim soatdan smenada va smenadan keyin tekshiruv o‘tkazish); - talabalarda dars boshida, o‘rtasida va oxirida yoki boshqa vaziyatlarda: yordamchi yumush bilan shug‘ullanish holati, dam olish, uyqu va shu kabilar. Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud bo‘lib, vazifalariga qarab ularning har biridan foydalanish mumkin: kuzatiluvchining psixologik portretini yaratish (o‘smirlarda yuqori natijalar beradi), xulq-atvor portretini tahlil qilish va hakazo. Bu kuzatishda Empatiya ya’ni insoning o‘zini xayolan suhbatdoshi o‘rniga qo‘yish orqali uning kechinmalari va hissiyotlarini tushunishga intilishi. Bunda insonning emotsional muammolariga yondashishi tushuniladi. Bu boshqa odam hissiyotlari va kechinmalariga hamdard bo‘la olishdir. Bir tomondan ob’ektni tushunishda uni o‘rniga o‘zini qo‘ya olishi muhim bo‘lsa, ikkinchi tomondan uning ichki hissiyotlarini tushunish unga hamdard bo‘la olish ham muhimdir. Insonning inson tomonidan idrok etilishida yo‘naltirishning roli kattadir. Bu ayniqsa inson haqida, noma’lum inson haqida ilk fikrlarni olishda muhimdir. Bu borada A.A.Bodalevning o‘tkazgan tadqiqotlari nihoyatda ahamiyatlidir. Ikki guruh talabalariga bir inson rasmi beriladi. Birinchi rasmda berilgan inson jinoyatchi deb, ikkinchi guruhda esa rasmdagi kishi yirik olim deb e’lon qilinib, ularga portretni yozma ifodalash vazifasi beriladi. Birinchi holatda quyidagi tavsiflar beriladi, ya’ni ko‘zlarini ichiga kirib ketgani, ichki alam, qasosdan uzun dahan boshlagan ishi, jumladan jinoyatni yakuniga etkazish kabilar ekanligi qayd etiladi. Ikkinchi guruhda ichiga kirgan ko‘zlari fikrning chuqurligi haqida gapirib, bunda uzun dahan qiyinchiliklarga bardoshlilik, irodalilik sifatida baholangan. Keltirilgan mulohazalardan ko‘rinadiki, insonni inson tomonidan idrok qilinishida tashqi tomondan berilayotgan ko‘rsatma, shaxsning bu boradagi bilim, ko‘nikma va malakalari muhim rol o‘ynaydi. Download 29.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling