Pedagogik fanlar tizimi va ularning o‘zaro aloqasi
Zamonaviy sharoitda pedagogikaning asosiy vazifalari inson turmush tarzining barcha yo‘nalishlari (ijtimoiy, shaxsiy, siyosiy va boshqalari)da samarali pedagogik tizimlarni yaratishga yo‘naltirilgan. Tizim (sistema) – tartibga solingan, o‘zaro bog‘langan va ta’sir ko‘rsatib turadigan pedagogik hodisa; tartibga solingan tushunchalar yig‘indisidir. Tizim (sistema) –o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlar o‘rtasidagi mustahkam birlik va bog‘liqlik.
Pedagogika fanlari tizimiga quyidagilar kiradi:
Umumiy pedagogika – ta’lim va tarbiyaning asosiy qonuniyatlarini tadqiq qiladi.
Yosh pedagogikasi – turli yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, oliy maktab pedagogikasi, katta yoshdagilar pedagogikasi (andragogika)ga bo‘linadi.
Maxsus pedagogika (defektologiya) - aqliy, ruhiy, jismoniy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni o‘qitish va tarbiyalash qonuniyatlarini, printsiplarini, maqsadini, mazmunini, metod va vositalarini hamda shaklini o‘rganuvchi fandir. Bu o‘z navbatida to‘rt yo‘nalishga bo‘linadi:
a) surdopedagogika – kar va soqov bolalarning ta’lim va tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.
b) tiflopedagogika – ko‘zi ojizlarni bolalarning ta’lim va tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.
s) oligofpenopedagogika – aqliy jihatdan zaif bolalarning ta’lim va tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.
d) logopediya – nutqi yaxshi rivojlanmagan bolalarning ta’lim va tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.
4. Metodika – pedagogika fani sohasida ma’lum o‘quv fanini o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, matematika metodikasi, tarbiyaviy ishlar metodikasi va shu kabilar.
5. Pedagogika tarixi – turli tarixiy davrlarda pedagogik g‘oyalarning va tarbiyaning taraqqiyotini o‘rganadi.
6. Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonlarida pedagogik g‘oyalarning tutgan o‘rni va roli, shaxsni ijtimoiy faoliyatga yo‘naltirish muammolarini o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |