Musiqiy pedagogika - musiqiy ta’lim va tarbiyaning samarali usullarini, shakllarini o‘rganish va rivojlantirish, shuningdek musiqa sohasida turli yo‘nalishlarda ijodiy ko‘nikmalarni, tajriba va amaliy malakalarni shakllantirish va rivojlantirishni o‘z ichiga olgan pedagogika fanining sohasi.
Harbiy pedagogika - harbiy pedagogik jarayonning qonuniyatlari, harbiy kadrlar va harbiy guruhlarni o‘qitish usullari, ularni muvaffaqiyatli jangovar operatsiyalar va harbiy-kasbiy faoliyat uchun tayyorlashga qaratilgan pedagogika fanining bir bo‘limi.
Mehnat pedagogikasi- asosan axloq tuzatish muassasalarida jinoyatchilarni tarbiyalash va qayta tarbiyalashning shart-sharoitlari va xususiyatlarini o‘rganadigan pedagogikaning sohasi.
Teatr pedagogikasi - zamonaviy pedagogikaning amaliy jihati bo‘lib, ta’lim jarayonida voqelik, yashash, shaxsiy ijodiy harakatlar va improvizatsiya tamoyillarini tatbiq etuvchi, intellektual, hissiy tuyg‘ularni aks ettiradigan fan.
Muzey pedagogikasi - muzeylarning madaniy va ma’rifiy faoliyatining xususiyatlari, ularning turli toifalari bo‘yicha shaxsga ta’sir o‘tkazish usullari, muzeylarning ta’lim muassasalari bilan o‘zaro munosabatini o‘rganadigan fan.
Turizm pedagogikasi - bu turizmning gumanitar va ijtimoiy funksiyalari kontekstida shaxsning tarbiyasi, ta’limi va rivojlanish jarayonlarini o‘rganadigan fan.
Tibbiy pedagogika - shaxsga psixologik-pedagogik va tibbiy ta’sir ko‘rsatishning zamonaviy vositalari va usullarini, inson ruhiyatining umumiy va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish to‘g‘risidagi fan.
Elektron pedagogika - pedagogik faoliyatda kerakli interaktiv o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yaratish qoidalari va texnologiyalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish va o‘ziga kerakli fanlar bo‘yicha elektron interaktiv darsliklar mustaqil yaratish uchun amaliy ko‘nikmalar hosil qilish to‘g‘risidagi fan.
GLOSSARIY
Artpedagogika - san'at pedagogikasi nazariya va amaliyotni rivojlantirish bilan shug'ullanadi, badiiy rivojlanish jarayonining nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishni, badiiy-ijodiy va ijodiy faoliyat orqali individual madaniyatning asosini tashkil etadi. San'atni rivojlantirish orqali shaxslarni tarbiyalash, tayyorlash va rivojlantirish; badiiy madaniyatning asoslarini shakllantirish va turli xil badiiy faoliyat turlari bo'yicha amaliy ko'nikmalarni o'zlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |