Pedagogik akmeologiyaning asosiy yo’nalishlarini turkumlash. Pedagogik akmeologiyaning asosiy muammolari. Kasbiy kompetentlik

Download 230.16 Kb.
bet2/7
Sana08.02.2023
Hajmi230.16 Kb.
#1176488
1   2   3   4   5   6   7
1.Kasbiy faoliyat haqida tushuncha
Kasbshunoslik adabiyotida kasb tushunchasining tavsifi xilma-xil talqinda keltiriladi. Jumladan, kasb-maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun nazariy bilimlar majmuasini, amaliy ko‘nikma va malakalarni egallagan, unga jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va yuridik huquqlarni ta’minlovchi insoniy mehnat faoliyatining (mashg‘ulotining) turidir. Lug‘aviy jihatdan kasb yoki - kasb qilmoq kabi so‘z va tushunchalar arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, (kasaba) fe’lining o‘zagi hisoblanadi. Arab tilidagi kasaba so‘zi qo‘lga kiritmoq, ishlab topmoq, qozonmoq, biror ishni bajarmoq, qandaydir foyda-manfaatga erishmoq, yutuqqa ega bo‘lmoq kabi ma’nolarni anglatadi.
Kasb bir xil faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kishilarni birlashtiradi. Bu faoliyat ichida ma’lum aloqalar va axloq normalari o‘rnatiladi.

E.A.Klimov o‘z ishlarida kasb tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: “Kasb – jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha bo‘lib bunda insondan jismoniy va ruhiy kuch talab etadi” bu kuchlar unga sarflangan mehnat o‘rniga yashashi va rivojlanishi uchun muhim vositalar omili sifatida namoyon bo‘ladi. Bu ta’rifni yanada batafsil yoritirib, kasb bu – kasbiy faoliyatning sifatli tarixiy rivojlanuvchi tizim va shaxsning o‘zini namoyon etish sohasi deb ta’riflaydi.V.G.Makushinning fikricha, kasb – bu shunday faoliyatki, uning yordamida shaxs jamiyat hayotida ishtirok etadi va uninyashashi uchun moddiy vositalar asosiy manbasi bo‘lib xizmat qiladi. Mavjud ta’riflarni umumlashtirib, kasb tushunchasiga quyi-dagicha zamonaviy ta’rif beramiz. Kasb mehnat faoliyatining paydo bo‘lgan shakli bo‘lib, texnika va texnologiyalarning rivojlanishi jarayonida mazmunan va shaklan o‘zgarib boradi, ularni bajarish uchun inson albatta ma’lum kasbiy kompetensiyalarga, maxsus qobiliyatlar va muhim kasbiy sifatlarga ega bo‘lishlari kerak.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling