Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. Reja
Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari haqida tushuncha
Download 191.95 Kb.
|
4-Mavzu Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. R
Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari haqida tushuncha.
Hukm ham ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalarni ongda aks ettiruvchi tafakkurning o’ziga xos shakli bo’lib, u sub’ekt faoliyatining ajralmas qismidir. Bu aks ettirishning o’ziga xosligi nimada? Hukmlarda narsalar, hodisalar, ularning belgilari, munosabatlari haqida tugal bilimlar aks etadi; ularning ma’lum xususiyatga ega ekanliklari ma’qullanadi yoki rad etiladi. Narsalar va hodisalarning belgilari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deyiladi. Masalan, “O’zbekiston mustaqil davlatdir”; “Hamma mustaqil davlatlar o’z konstitutsiyasiga egadir”; “Inson ongli mavjudotdir”; “Hech bir inson orzu - umidsiz yashamaydi”; “Hech bir jism harakatsiz turmaydi”, desak, narsa va hodisalarning biror xususiyatga ega ekanligini tasdiqlaymiz va inkor etamiz. Oddiy hukmlar va ularning tarkibiy tuzilishi. Hukmning tarkibi - mantiqiy ega (sub’ekt - subjectum), mantiqiy kesim (predikat - Pradicatum) va mantiqiy bog’lovchidan tashkil topadi. Sub’ekt - fikrimiz qaratilgan narsa yoki hodisadir; predikat esa sub’ektga xos bo’lgan xususiyatlarni ko’rsatadi. Mantiqiy bog’lovchi ega bilan kesim o’rtasidagi aloqadorlikni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Ya’ni, sub’ektning kesimda aks etgan xususiyatiga ega bo’lishini, kesimda aks etgan xususiyatlar sub’ektga daxldor ekanligini ko’rsatadi. Hukmning sub’ekti lotincha Subektum so’zining birinchi harfi S bilan, predikatni esa lotincha Predikatum so’zining birinchi harfi - P bilan belgilanadi. Mantiqiy bog’lovchi “dir”, “emas” qo’shimchalari yordamida ifodalanadi. Ba’zan bu qo’shimchalar tushib qolishi ham mumkin. Masalan, “o’simlik tirik organizm”. Bunda “dir” qo’shimchasi tushib qolgan bo’lsada “tirik organizm” ekanlik o’simlikka xos bo’lgan xususiyatligi mantiqan anglashiladi. Hukmning qismlarini tushunish uchun misollar keltiraylik. “O’zbekiston Markaziy Osiyodagi eng katta davlat”; “Oltin o’zidan elektr tokini o’tkazadi”; “Samarkand Amir Temur davlatining poytaxti”; “Ulug’bek bosqinchilik urushlari olib borgan emas”; “Qanoat besabr odamning ishi emas”. Birinchi hukmda “O’zbekiston” - sub’ekt, “Markaziy Osiyodagi eng katta davlat” - predikat. Bunda Markaziy Osiyodagi eng katta davlatlik xususiyati O’zbekistonga xos ekanligi e’tirof etilgan. Keyingi misolda qanoat besabr odamga xos emasligi ko’rsatilgan. Misollarning birinchisida O’zbekiston ega (sub’ekt), qolgan qismi kesim (predikat); ikkinchisida qanoat - ega (sub’ekt), qolgan qismi - kesim (predikat) dir. Hukmning sub’ekt va predikasi hukmning atamalari deyiladi. Hukmlar tarkibiy tuzilishi jihatidan oddiy va murakkab hukmlarga bo’linadi. Oddiy hukmlar bir mantiqiy ega va bir mantiqiy kesimdan tashkil topadi. “Kitob bilim manbaidir” degan hukmda kitob - ega, bilim manbai - kesim; “Hech bir jism harakatsiz turmaydi” hukmida hech bir jism - ega, harakatsiz turmaydi - kesim. Oddiy hukmlarning tuzilishi quyidagi formula yordamida ifodalanadi: “S - P dir”, “S - R emas”. Murakkab hukmlar esa bir necha hukmlarning bog’lanuvidan tashkil topadi. Masalan, “Buxoro qadimiy va go’zal shahar”, “Jamol Kamol - ham olim, ham shoir” va hokazo. Oddiy hukmlar quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Atributiv hukmlar. 2. Munosabat hukmlar. 3. Mavjudlik hukmlar. Atributiv hukmlar narsa va hodisaning xususiyatlari haqida ma’lumot ifodalash uchun xizmat qiladigan hukmdir (attributuo - lotincha xususiyat, belgi ma’nolarini anglatadi). Ular biror xususiyatning narsa va hodisaga daxldor ekanligini e’tirof etadi yoki rad qiladi. Ya’ni belgi bilan narsa o’rtasidagi aloqadorlikni ifodalaydi. Masalan, “Toshkent go’zal shahar”, “Buxoro qadimiy shahardir”, “Zarifa a’lochi talabadir”. Munosabat hukmlardir. Narsa va hodisalar o’rtasidagi munosabatlarni aks ettiruvchi hukm munosabat hukm deyiladi. Narsa va hodisalar o’rtasida turli tuman munosabatlar bo’ladi. Bu munosabatlar hukmlarning ham turli - tuman shakllarda bo’lishini taqozo etadi. Bu munosabatlardan quyidagilarni alohida ko’rsatish mumkin: tenglik, notenglik, jinsdoshlik, makoniy, zamoniy, sabab - oqibatiy va hokazolar. Masalan, “A - B ga teng”, “S - D dan kata”, “Shoxrux - Ulug’bekning otasi”, “G’ijduvon Buxoroning shimolida”, “Ibn Sino Beruniyning zamondoshi”, “Issiqlikning oshishi qaynashning sababidir” va hokazo. Mavjudlik hukmlar (ekzistentsial - lotincha existentia so’zidan olingan bo’lib, mavjudlik degan ma’noni ifodalaydi). Ular hukmda aks etgan narsa va hodisalarning o’zlari mavjud emasliklari faktini aks ettiradi. Masalan, “Hukmlar predikatsiz bo’la olmaydi”, “Buxoroda Minorai Kalon bor”. Bunday hukmlarning predikati narsa va hodisalarning bor yoki yo’qligini ko’rsatuvchi tushunchalar bo’ladi. Mantiqiy bog’lovchi og’zaki nutqda ifodalanmayda. Yozuvda esa “dir”, “emas”, “voqedir”, “voqe emas” kabi qo’shimchalar yordamida ko’rsatiladi. Masalan, “Materiya mavjuddir” yoki Materiya (S) mavjud bo’lgan narsalar (R) dir (bog’lovchi). Hukmlarning sifati va miqdori. Har qanday hukm ikki jihati - sifati va miqdori bilan harakterlanadi. Ularda narsa va hodisalarning nechta ekanligi, biror - bir xususiyati bor yoki yo’qligi aks etadi. Hukmlar sifat jihatidan ikki xil - tasdiq va inkor bo’ladilar. Tasdiq hukmlarda narsaning biror - bir belgiga ega ekanligi e’tirod etiladi. Masalan, “O’zbekiston ko’plab xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqa bog’lagan”, “Hisobni bilmagan hamyonidan ayriladi”. Bu hukmlarni xosil qilishda – “dir” qo’shimchasidan, “bo’ladi”, “bor”, “mavjud”, “muqarrar” kabi e’tirof ma’nosini ifodalovchi so’zlarda foydalaniladi. Bunday hukmning formulasi “S - P dir” shaklida yoziladi. Inkor hukmlarda esa narsa va hodisalarning biror belgiga ega ekanligi rad etiladi. Masalan, “Suvsiz hayot bo’lmaydi”, “Hukm egasiz bo’lmaydi”, “Osmonda ustun bo’lmaydi” va hokazo. Bu hukmlar “emas”, “-maydi” kabi qo’shimchalar yordamida hosil qilinadi. Gap yordamida qanday shaklda ifodalanganligidan qaramay, narsa va hodisalarning biror belgiga ega ekanligini rad etsa, bunday hukm inkor sifatli bo’ladi. Masalan, “Bu talabada a’lochilik xususiyati yo’q”, “Bu talaba a’lochi emas”, “Bu talaba a’lo o’qiy olmaydi” va hokazo. Badiiy ijod jarayonida hukmlar qanday shaklga solinmasin, baribir, ularning sifati o’zgarmaydi. Inkor hukmlarning formulasi “S - P emas” shaklida ifodalanadi. Hukmning miqdori hukm aks etgan narsa va hodisalarning qancha ekanligini (Bir mantiqiy sinf tarkibida qancha o’rin egallab turganini) ko’rsatadi. Hukm miqdor jihatidan uchga bo’linadi: 1. Yakka hukm. 2. Juz’iy hukm. 3. Umumiy hukm. Yakka hukmda faqat bir narsa haqida bilim ifodalanadi. Masalan, “Amudaryo Orolga quyiladi”, “Abulqosim Firdavsiy “Shoxnoma” asarining muallifi”, “Abu Abdulloh Rudakiy Buxoroda yashagan”, “Bu tarixiy obida – “Minorai Kalon” va hokazo. Buning formulasi quyidagicha: “S - P dir” va “S - P emasdir” Juz’iy hukmlarda bir mantiqiy sinfga kiruvchi narsa va hodisalarning ma’lum bir qismi haqida fikr bayon qilinadi. Ularning biror belgiga ega ekanliklari tasdiqlanadi yoki inkor etiladi. Juz’iy hukmlarni hosil qilishda “ba’zi”, “ayrim”, “ko’pchilik”, “kamchilik”, “ko’p”, “kam”, “qism”, “ancha”, “uncha”, “uncha-muncha” kabi so’zlardan foydalaniladi. Masalan, “Kursimizning ko’pchilik talabalari yaxshi o’qiydi”, “Ba’zi odamlar xushyor emas”, “Ayrim talabalar darsga kelmaydilar”, “Talabalarning kamchiligi imtihondan a’lo baho oldi” va hokazo. Juz’iy hukmning formulasi quyidagicha: “Ba’zi S - P dir” va “Ba’zi S - P emas” Umumiy hukmlarda ma’lum sinf narsa va hodisalarning hammasi haqida biror fikr tasdiq yoki inkor tarzda aks etadi. Masalan, “Hamma dehqonlar hosilni yig’ib oldilar", "Hech bir talaba imtixon topshirmasdan qolmaydi", "O’zbekistonning barcha fuqarosi qonun oldida tengdir" va hokazo. Umumiy hukmlarning formulasi quyidagicha: "Hamma S - P dir" va "Hech bir S - P emas". Shu sababli hukm sifat va miqdor jihatidan birlashgan holda tasnif qilinadi. Bu jihatdan hukmlar 4 turga bo’linadi: 1. Umumiy tasdiq. Uning formulasi: “Hamma S - P dir”. Masalan, “Guruhimizning barcha a’zosi imtihondan muvaffaqqiyatli o’tdi”. A harfi bilan belgilanadi. (A - lotincha, affirmo - "tasdiqlayman" so’zining birinchi unlisidan olingan). 2. Umumiy inkor. Uning formulasi: “Hech bir S - P emas” (yoki “har qanday S - P emas”). Masalan, “Hech bir hukm sub’ektsiz bo’lmaydi”. Umumiy inkor hukmlar E harfi bilan belgilanadi (E - lotincha nego – “inkor qilaman” so’zining birinchi unlisidan olingan). 3. Juz’iy tasdiq. Uning formulasi: “Ba’zi S - P dir”. Masalan, “Ba’zi talabalar o’qish uchun chet elga bormoqdalar”. Bu hukmda o’qish uchun chet elga borish talabalar mantiqiy sinfining ayrimlarigagina xos ekanligi ko’rsatilgan. Juz’iy tasdiq hukmlar | harfi bilan belgilanadi. (I - lotincha, affirmo – “tasdiqlayman” so’zining ikkinchi unlisidan olingan). 4. Juz’iy inkor. Uning formulasi: “Ba’zi S - P emas”. Masalan, “Ba’zi jismlar elektr tokini o’tkazmaydi”. Bu misolda elektr tokini o’tkazish belgisi jismlarning ayrimiga tegishli emasligini ko’rsatadi. Juz’iy tasdiq hukmlar O - harfi bilan belgilanadi (O - lotincha, nego – “inkor qilaman” so’zining ikkinchi unlisidan olingan). Simvolik mantiq A, E, I, O hukmlarni belgilash uchun kvantorlarni, mantiqiy o’zgaruvchilarni, mantiqiy doimiylarni ifodalovchi maxsus vositaga ega. Murakkab hukm va uning turlari. Murakkab hukm deb, mantiqiy bog’lovchi yordamida ikki va undan ortiq oddiy hukmdan tashkil topgan hukmlarga aytiladi. Murakkab hukmlar “yo”, “yoki”, “yoxud”, “. . . sa, . . . bo’ladi” kabi bog’lovchilari yordamida hosil qilinadi. Mantiqiy bog’lovchi grammatik bog’lovchidan farq qiladi. Grammatik bog’lovchi oddiy gaplardan murakkab gaplar hosil qilish uchun qo’llaniladi. Biror - bir grammatik bog’lovchini qo’llash oddiy gaplar orasida ma’no jihatidan bo’ladigan aloqadorlikka bog’liq. Grammatik bog’lovchilar – “va”, “ham” ketma-ket keluvchi narsa va hodisalar haqida, “esa”, “biroq” - bir-biriga qarama-qarshi turuvchi, bir-biridan farq qiluvchi hodisalar haqida, “chunki”, “shuning uchun” - sababiy-oqibatiy munosabatda bo’lgan narsa va hodisalar haqida berilgan ma’lumotlarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Shundan keyingina murakkab hukmlarning turlarini o’rganishga kirishish mumkin. Murakkab hukm uch turga bo’linadi: 1. Birlashtiruvchi (kon’yunktiv) hukm. 2. Ayiruvchi (diz’yunktiv) hukm. 3. Shartli (implikativ) hukm. Birlashuiruvchi (kon’yunktiv) hukm. Birlashtiruvchi hukm “va”, “ham”, “hamda” bog’lovchilari yordamida hosil qilinadi. Mantiqiy bog’lovchi - "va" "/\" belgisi bilan ifodalanadi. Misol, “Qor yog’di va bir zumda hamma yoq oppoq bo’ldi”; Ayiruvchi (diz’yunktiv) hukm. Ayiruvchi hukmlar “yo”, “yoki”, “yoxud” bog’lovchilari yordamida hosil qilinadi. Ayiruvchi (diz’yunktiv) hukm deb, “yoki” mantiqiy bog’lovchisi yordamida oddiy hukmlardan hosil qilingan murakkab hukmga aytiladi. Masalan. Bu dehqon yo qattiq mehnat kilgani uchun, yo eri unumdor bo’lgani uchun yo bir vaqtning o’zida ham qattiq mehnat qilganligi, ham eri unumdor bo’lganligi uchun mul hosil olgan. Shartli hukmlar. Shartli hukmlar narsa va hodisalarning orasidagi sababiy aloqadorlikni ifodalaydi. Bunday hukmlarning birida sabab hodisa aks etsa, ikkinchisida oqibat hodisa aks etadi. Biror hodisaning kelib bunday hukmlar shart bo’lganligi sababli bunday hukmlar shartli hukmlar degan nom olgan. Shartli hukm deb, ikki hukmning “agar…u holda” mantiqiy bog’lovchisi yordamida bog’lanishidan hosil bo’lgan murakkab hukmga aytiladi. Misol, “agar kuesh nuri suv zarrachalaridan kesib o’tsa, unda kamalak hosil bo’ladi”. “Agar” bog’lovchisidan keyin boshlanib, “… u holda” gacha davom etadigan hukm shartli hukmning asosi deyiladi; “… u holda” dan keyin keladigan hukm shartli hukmning natijasi deyiladi. Agar, shartli hukmning asosini A harfi bilan, natijasini B harfi bilan belgilasak, unda shartli hukmning formulasi : “Agar A bo’lsa, u holda B” Hukmlar orasida doimiy munosabat bo’ladi. Bu olamdagi narsa va hodisalar orasidagi munosabatning tafakkurda aks etishidir. A, E, I, O hukmlari orasida quyidagicha munosabatlar bo’ladi: A – E orasida qarama-qarshilik (kontrarlik) I – O orasida quyin qarama-qarshilik (quyi kontrarlik) A – O orasida ziddiyat (kontradiktorlik) E – I orasida ziddiyat (kontradiktorlik) A – I orasida bo’ysunish E - O orasida bo’ysunish Bu munosabatlar mantiqiy kvadrat deb nomlangan sxema yordamida ifodalanadi. Kvadratning burchaklaridagi harflar hukmlarining turini ko’rsatadi, uning tamonlari va dioganallari esa hukmlar orasida bo’ladigan munosabatlarni ko’rsatadi. Download 191.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling