Pedagogik artistizm
Download 1.36 Mb.
|
majmua artitizm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umuminsoniy funksiya
Individlararo funktsiya – kishilar orasida muloqot vositasi ekani. Bu holda nutq og’zaki – monolog, dialog, polilog (bir necha kishining suhbati) ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Individ ichi funktsiyasi – nutq shaxsga ko’plab psixik jarayonlarni (tafakkur, diqqat, xotira, tasavvur va b.) amalga oshirish, ularni yorqin anglash darajasiga yetkazish va psixik jarayonlarni boshqarish va nazorat qilish imkonini beradi. Umuminsoniy funksiya – nutq har bir insonga umuminsoniy ijtimoiy-tarixiy tajriba xazinasidan axborot olish imkonini beradi. Bu holda nutq – grafik ramz va belgilarda amalga oshiriladigan yozma shaklda bo’ladi. Yorqin va o’tkir notiq, so’z san’atini to’laqonli egallagan shaxs sifatida e’tirof etilgan akademik O.V.Klyuchevskiy yozgan edi: «O’qitishda eng qiyini va eng muhimi – o’zini eshitishga majbur qilish». Nutq mexanik tarzda qayta yaratiladigan tovush qatorga nisbatan anchagina keng hodisa. Nutq – umuman olganda, inson. Har bir fikr (ibora) insonning butun tajribasi, xaraktyori, maqsadlari va hissiyotining lahzalik kashf etilishidir. Og’zaki nutq zamonaviy tarbiyachi kasbiy mahoratining eng muhim elementi bo’lib, nafaqat o’quv vazifalarini hal etishga xizmat qiladi. Ifodali nutq pedagogga jamoaviy estetik kechinma muhitini, estetik kommunikatsiya vaziyatini yaratish imkonini beradiki, bunda o’quv muloqoti badiiy mantiq qonunlariga bo’ysunadi. Tarbiyachi darsliklarning qo’ng’ir, ,ehtirossiz tilini chetlab, o’z hikoyalarida aniqlik va batafsillikni obrazlilik, emotsionallik, o’z individualligi xususiyatlari bilan birlashtira olgandagina ta’lim oluvchilar fan estetikasini his qiladi va tushunadi. Faqat shundagina fan shtamplardan xoli, qiziqarli shaklda namoyon bo’ladi. Nutqiy tarbiya uzluksizravishda amalga oshirib boriladi. Tilning obrazli vositalari, nutqning ifodaliligini egallashning pedagogik ahamiyati ularda insonning dunyoga baholash munosabati, ta’lim oluvchilarga intellektual-emotsional ta’sirining eng muhim omillari bo’lib xizmat qiladigan modellashtirish va mazmuniy talqin ifodasini topgani bilan belgilanadi. V.A.Suxomlinskiy o’qitishda tarbiyachining jonli so’zi, bayonning badiiy uslubiga katta o’rin ajratadi. «Men har qadamda so’zning go’zalligi, poetik kuchi, ifori, eng nozik qirralarini, musiqasini ochib bermaganimda, bolalarga eng go’zal va eng sirlisini so’zda ifoda etish istagi bo’lmaganida tarbiyachi degan nomga haqli bo’lmasdim» . Afsuski, ayrim yosh mutaxassislar (o’qituvchi, tarbiyachilar), ba’zan xatto tajribali tarbiyachilarning ham nutqlari «quruq», monoton, tushunarsiz, mantiqiy urg’u bilan to’la, zero tarbiyachiga undagi hammasi muhim ko’rinadi. Unda so’zlarning mantiqiy markazlar atrofida aniq mantiqiy guruhlanishi mavjud emas. Mazmun mantiqi bilan emas, balki nafasni to’g’ri taqsimlay bilmaslik bilan belgilanadigan ixtiyoriy sukutlar, frazaning alohida qismlari o’rtasida intonatsiona aloqaning yo’qligi og’zaki fikr mazmunini idrok etishga xalal beradi. Maqsadning aniq emasligi shunga olib keladiki, nutqiy ifoda alohida qismlarga taqsimlanadi, ularning har biri mustaqil ahamiyatli bo’lib, butun fikrni idrok etishning yaxlitligini buzadi. K.S.Stanislavskiy yomon diktsiyaning tinglovchida qoldiradigan taassuroti haqida obrazli qilib aytgan edi: «Harflari almashtirilgan so’z menga … og’iz o’rnida qulog’i, quloq o’rnida ko’zi, burun o’rnida barmog’i bo’lgan odamdek tuyuladi. Boshlanishi yutib yuborilgan so’z boshi yo’q odamdek. Oxiri tushirib qoldirilgan so’z esa oyoqlari amputatsiyalangan odamdek… so’zlar bitta shaklsiz massaga birlashsa, asalga qo’ngan pashshalarni esga olaman» [109/ 123]. Pedagoglar nutqning tinglovchilarga ta’siri qaysi omillarga bog’liq ekanini bilishi kerak. Bu omillarga quyidagilar kiradi: - ishontira olish malakasi, nutqning mantiqiy qurilishi; - nutq texnikasini: nafas olish, ovoz, diktsiyani egallaganlik; -ekspressiv malakalar: nutqning obrazliligi, uning intonatsion ifodaliligi, mantiqiy aktsentlar va pauzalar (sukutlar, nutqning metodikasi; - yordamchi (ektosemantik) vositalar: imo-ishora, mimika, plastika, ma’lum poza, muloqot masofasi, «vertikal-diagonal» balansidan foydalanish; - munozara qilish malakasi yoki faoliyatni tinglovchilar bilan birga axloqiy-psixologik konstruktsiyalash; -pertseptiv, tinglovchilar reaktsiyasini hisobga olish, ko’rgazmalilikdan foydalana bilish bilan bog’liq malakalar. Tan olingan so’z ustalarining (adiblar, jamoat arboblarining) fikricha, yaxshi nutq quyidagi kabi belgilar bilan xaraktyorlanadi: - nutqning to’g’riligi, ya’ni ma’lum paytda qabul qilingan adabiy normalarga qat’iy mos va muvofiqligi; - nutqning intensivligi – pedagog tomonidan axborot uzatish sur’atining o’zgartirilishi; - nutqning assotsiativligi, ya’ni tinglovchilarni emotsional va ratsional xotiraga murojaat qildirish bilan ularda hamkechinmalik va fikr uyg’otish; - nutqning ifodaliligi, ya’ni fikrga qator ottenkalar (qirralar) baxsh eta bilish, nutqiy shtamplarning yo’qligi, badiiy obrazliligi, intonatsion boyligi; - nutqning aniqligi – uning tinglovchi tushunishi uchun qulayligi; - nutqning mantiqiyligi – uning mantiq konunlariga muvofiqligi; - nutqning soddaligi – uning tabiiyligi, sun’iylikdan xoli ekani, so’z hashamdorligi, ortiqcha bezaklarning yo’qligi; - nutqning boyligi – aynan bir xil til birliklarining kam takrorlanishi, foydalaniladigan birliklarning rang-barangligi; - nutqning ixchamligi – ortiqcha so’z, o’rinsiz takrorlarning yo’qligi; - nutqning tozaligi – uning kelib chiqishi noadabiy bo’lgan, jargon, vulьgar, alohida zaruratsiz qo’llanayotgan xorijiy so’zlardan xoli ekani; - nutqning jonliligi – unda shablonlarning yo’qligi, uning ifodaliligi, obrazliligi; - nutqning yoqimliligi – uning eshitish uchun yoqimli jarang talablariga mosligi, so’zlarni ularning tovush tomonini hisobga olgan holda tanlanganligi. Istalgan san’at turi va fanda bo’lgani kabi, nutqni egallashda ham tabiat tomonidan tegishli iqtidor va qobiliyat berilgan pedagoglar tobora katta muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Ma’noli gapirish ko’pchilik tarbiyachilarning qo’lidan keladi. Chiroyli, ishonchliligi bilan bolalarni maftun qiladigan darajada gapirish – rassom o’z qalami bilan tasvirlaganni so’z yordamida amalga oshira oladigan, artistik tarbiyachilarning ishi. Ularning nutqi hamisha badiiylik ottenkasiga ega. U ifodali va yangi, siyqasi chiqmagan. Ko’p hollarda nutqning go’zalligini ma’lum bir shaxsning iste’dod individualligi bilan izohlash mumkin. Ba’zida shunday bo’ladiki, kishi rangin gapirolmaydi, ammo uni tinimsiz tinglash mumkin. Noordinar, ma’nan boy shaxslar og’zaki muloqot magiyasiga (sehriga) ega. Ularning obrazi, xulq maneralari, ovozning intonatsion bo’yog’i, ko’zlarining flyuid porlab turishi nutqiga nazokat baxsh etadi. Bunday kishilardan, ular so’zlaganda, taralgan allaqanday toklar kishilar ko’ngiga yo’l topadi. Bu kishilar insonlarning emotsiyalarini boshqaradi, inson idroki hayratomuz mexanizmini ishga tushirib yuboradi. Bu – nutqiy artistizmni egallagan kishilar. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling