6-Mavzu: Nutqning ifodaliligi va boyligi. (2 soat) Reja


Download 56.04 Kb.
bet1/10
Sana06.04.2023
Hajmi56.04 Kb.
#1330663
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-Ma\'ruza (2) (2)


6-Mavzu: Nutqning ifodaliligi va boyligi. (2 soat)
Reja:
1.Nutqning psixologik madaniyati va uning mazmundorligi;
2. Nutqning obrazliligi, ta’sirchanligini ta’minlovchi vositalar (metafora, o‘xshatish, sifatlash, metonimiya, sinegdoxa, mubolag‘a, kuchaytirish, kinoya, allegoriya, jonlantirish, perifraza) troplar;
3. Nutqning hissiy ta’sirini oshiruvchi vositalar: Takror, antitezo, gradatsiya, ellipsis, jim qolish, ritorik so‘roq, bog‘lovchisizlik.
Mavzu bo‘yicha tayanch atamalar: Troplar: Metafora, o‘xshatish, sifatlash, metonimiya, sinogdoxa, mubolag‘a, kuchaytirish, kinoya, allegoriya, jonlantirish, perifraza. Uslubiy figuralar: Takror, antitezo, gradatsiya, ellipsis, jim qolish, ritorik so‘roq, bog‘lovchisizlik.
Adabiyotlar:
1.Begmatov E., Boboyeva A., Asomiddinova M., Umrqulov B. O‘zbek nutqi madaniyati ocherklari.
2.B.O‘rinboyev., A.Musayev. O‘zbek nutqi madaniyati asoslari (o‘quv qo‘llanma). Jizzax, 2005.
3. N.Mahmudov O‘qituvchi nutq madaniyati. Toshkent, 2007.
4. B.O‘rinboyev. O‘zbek tilshunosligi tarixi. Samarqand, 1999.
5. B.O‘rinboyev., A.Musayev. Umumiy tilshunoslik (uslubiy qo‘llanma). Jizzax, 2010.
6. U.Tursunov., B.O‘rinboyev. O‘zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1998.
7. Qo‘ngurov R. v b. Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari. T., O‘qituvchi 1982.

1.Nutqning psixologik madaniyati
Nutqning psixologik madaniyati til vositalari yordamida talaffuz qilish jarayonida yozma va og‘zaki nutqni tushunarli, ifodali va ta'sirchan qiladi.
Nutqning psixologik madaniyati uning mazmundorligi, tushunarliligi va ta'sirchanliligini o‘z ichiga oladi.
Nutqning mazmundorligi, avvalo, ma'lum qilinayotgan faktlarning ijtimoiy, ilmiy va badiiy qimmatiga va muallifning umumlashtirish qobiliyatiga bog‘liqdir. Bayon qilinayotgan ma’lumotning dolzarbligi va hayotiy qimmati bilan ham nutqning mazmundorligi belgilanadi.
Nutq mazmuni notiqning so‘zlar va gaplardan foydalana bilish qobiliyatiga ham bog‘liqdir. Albatta, bu nisbiy tushuncha, u avvalo, kishining hayotiy tajribasi, qiziqishlari, uning notiq gapirmoqchi bo‘lgan narsalarni tushuna olish qobiliyatiga ham bog‘liqdir.
Nutqning tushunarli bo‘lishi, bir tomondan, til xususiyatlarining mazmuniga va nutq o‘rtasidagi munosabatlarga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, tinglovchilarning tayyorgarlik darajasiga ham bog‘liqdir. Tinglovchilarning qiziqishlari va hayotiy talablariga yaqin bo‘lgan nutqqina juda tushunarli bo‘ladi.
Nutqning ifodaliligi til shaklining mazmuniga, tinglovchilarga murojaat qilingan so‘zning naqadar to‘g‘ri ifoda etilganligiga, ushbu sharoitning naqadar to‘g‘ri e'tiborga olinganligiga va nutqning kimga qaratilganligiga ham bog‘liq.
Ifodali nutqning fonetik vositasi juda xilma-xil. Tubdan farq qiluvchi to‘g‘ri adabiy talaffuz, intonatsiya va hokazolar shular jumlasidandir.
Ifodali nutqning leksik vositalari ham turlicha. So‘zlarni to‘g‘ri tanlash, ularning ma'nolarini e'tiborga olish, ko‘chma ma'nodagi so‘z va iboralardan hamda obrazli so‘zlardan foydalana bilish ana shunday leksik vositalar hisoblanadi.
Nutqning obrazliligi, ta'sirchanligini ta'minlovchi vositalar troplar va figuralar deb ikkiga bo‘linadi.
Ifodalilik, aniqlilik va obrazlilikni ta’minlash maqsadida biror narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko‘chirish, o‘xshatish yoki so‘zlarni shu maqsadda umuman ko‘chma ma'noda ishlatish troplar deb ataladi. Metafora, o‘xshatish, sifatlash, metanonimiya, sinekdoxa, mubolag‘a, kuchaytirish, kinoya, allegoriya, jonlantirish, perifraza kabi usullar troplarning turlari sanaladi.

Download 56.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling