6-Mavzu: Nutqning ifodaliligi va boyligi. (2 soat) Reja
Download 56.04 Kb.
|
6-Ma\'ruza (2) (2)
Perifraza. Ko‘chim turlaridan biri perifraza sanalib, unda kishi va predmet nomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirilmasdan, balki unga xos asosiy belgilar, xususiyatlar nomini ifodalovchi so‘z va iboralar yordamida bayon qilinadi. Masalan, «o‘l» deyish o‘rniga «soqoling go‘rda chirisin», «ko‘r bo‘l» deyish o‘rniga «ko‘zing oqib tushkur», «ko‘zing teshilgur» kabi perifraztik ibora ishlatiladi: «Obro‘yimni yer bilan yakson qil, qomatimni buk, yana kelib: «Qomatingni ko‘tar»,- de! Bu yaraga tuz sepish. Ho‘, soqoling go‘rda chirigur («Yoshlik»).
Perifrazalar shartli ravishda fikrga aniqlik kiritish uchun xizmat qiladi. Bunda uning ma'nosi bog‘lanishli nutq va kontekstda oydinlashadi. Masalan, ovqatlandim so‘zi o‘rnida tamaddi qildim, anqov so‘zi o‘rnida ammamning buzog‘i, bajardim so‘zi o‘rnida bajo keltirdim, chidamoq so‘zi o‘rnida bardosh bermoq, jindak so‘zi o‘rnida bir shingil birikmalari ishlatiladi: Qani, shunaqa bemaza hazildan bir shingil ashula yaxshi (R.Fayziy). U hammasini bajo keltirishni istaydi, biroq, nima qilsa ham, vaqt yetmaydi (P.Qodirov). Epitet. Narsa voqelik yoki kishining biror belgi xususiyatini aniq, ravshan ko‘rsatib beruvchi obrazli so‘z qo‘llash vositasi epitet bo‘lib, u ana shunday belgi xususiyatlarni ifodalovchi so‘z va iboralar orqali ifodalanadi. Nutqda epitet narsa yoki shaxsning sifati va belgisini ko‘rsatibgina qolmay, balki uning ma'nosini to‘laroq, aniqroq ifodalaydi, emotsional ta’sirini kuchaytiradi. Masalan: So‘ylaguvchi devorlar Bola bo‘p qolgan chollar (H.Olimjon). Bazm ko‘rib nozli bulbullar Qalbiga sevinchlar ilgandir... Daydi ellar o‘ynab esganda, Jozibali kulib boqqandir (Uyg‘un). Epitetlar ot, sifat, ravish, ravishdosh, sifatdoshlardan tarkib topadi. Download 56.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling