Perifraza va frazeologik birliklarning umumiy va farqli xususiyatlari


Download 210.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana13.12.2022
Hajmi210.97 Kb.
#1000634
  1   2   3
Bog'liq
308-31 1.PDF



Integration of Pragmalinguistics, Functional
Translation Studies and Language Teaching Processes
http://www.conferenceseries.info 
308 
International Scientific Conference, December 18-19, 2021 
Perifraza va frazeologik birliklarning umumiy va farqli xususiyatlari 
 
S.B. Abdurahmonova 
(BuxDU 2-bosqich magistranti) 
Email: sidiqa.abdurakhmonova@gmail.com 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz va o'zbek tillaridagi perifraza va frazeologik 
birliklarning umumiy va farqli xususiyatlari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, maqolada 
perifrazalarning nutqda ishlatilishi, olimlarning perifraza haqidagi turli nazariyalari va 
frazeologik birliklarning o'ziga xos xususiyatlari haqidagi fikrlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: perifraza, parafraza, frazeologiya, frazeologik birlik, ma'no, toifa, 
komponent. 
Tilshunos olimlarning fikricha, perifrazalarning frazeologizm bilan umumiy va xususiy jihatlari 
bir-biriga yaqin turadi, ammo perifraza predmet - hodisani qayta nomlaydi, frazeologizm esa 
belgini, holatni dalillaydi. Hamda perifraza ham frazeologizmlar singari til fakti sifatida tan 
olinishi lozimligini uqtiradi. Frazeologik birikmalarning asosiy xususiyatlaridan biri ularning 
turg'unligidadir. Ya'ni frazeologik birikmalar barqarordir. Endi frazeologiya, frazeologizmlarning 
semantik-grammatik xususiyatlari haqida fikr yuritamiz.
Tilshunoslikning keyingi davrida frazeologiya keng va har tomonlama tadqiq qilinmoqda. 
Frazeologiya muammolari chet el tilshunosligi rus va o'zbek tilshunosligida ham ancha 
o'rganilgan. Ammo frazeologik birliklarning nazariy asoslari, ularning mezon va belgilari 
frazeografiya masalalari va boshqa bir qator amaliy muammolar haqida frazeoit - tilshunoslar 
o'rtasida ancha munozarali o'rinlar mavjud.
Ma'lumki, frazeologiya terminining asosiy poydevori shvetsariyalik olim Sh.Balli yaratdi. Uning 
bevosita davomchilari B.B. Atoyeva, A.I. Babkin, A.G. Nazaryan, A.I. Momotxoklar 
frazeologiyaning jyda ko'p nazariy masalalarini tinglab chiqdilar. O'zbek tilshunosligida I. 
Qo'chqortoev, E. Umarov, X. Berdiyorov, A.E. Mamatovlarning asarlarida o'z aksini topgan. 
Frazeologiya - bu hozirgi zamon frazeologik sistemasining asosiy birligi bo'lib, tildagi so'z 
birikmalarining umumiy hisobidan nutq qiyinchilik bilan farqlanadigan, murakkab ko'p aspektli til 
hodisasi hisoblanadi. Frazeologiya nazariyasiga bag'ishlangan ilmiy ishlarni o'qib, tahlil qilgach, 
frazeologiyaga berilgan turlicha ta'rif va talqinlarga duch kelamiz.
Jumladan Sh. Balli frazeologiyaning asosiy belgisi uning o'rnini o'sha iboraning ma'nosiga to'g'ri 
keladigan so'z bilan almashtirish mumkin emasligi deb ta'riflasa A.I.Babkinni esa uning asosiy 
belgisi frazeologik birliklarni tashkil qiluvchi alohida so'zlarning ma'nosidan o'sha birliklarning 
umumiy ma'nosining kelib chiqmasligi deb hisoblaydi. A.A. Reformatskiy frazeologik 
iboralarning boshqa tillarga so'zma-so'z tarjima qilinishi mumkin emasligi uning yetakchi 
belgisidir, degan fikrni bildiradi. 
Ayrim tilshunoslar frazeologiyaning farqli belgilar deb ularning nutqqa tayyor holda kiritilishi
ularning ma'no jihatdan yaxlitligi, hammasining bir butunligi, frazeologizmlarni tashkil etishdagi 
alohida komponentlarning farqlana olmasligi leksemalar birikishining cheklanganligi deb 
ko'rsatadilar. I.B. Arnold esa frazeologizmlarning umumiy belgilari, ularning turg'unligi, 
ma'nolarining yaxlitligi va komponent tarkibining alohida-alohida rasmiylashishi deb hisoblaydi. 
A.B. Kupin frazeologizmlarga lo'nda qilib quyidagicha ta'rif bergan:


Integration of Pragmalinguistics, Functional
Translation Studies and Language Teaching Processes
http://www.conferenceseries.info 

Download 210.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling