6-Mavzu: Nutqning ifodaliligi va boyligi. (2 soat) Reja


Download 56.04 Kb.
bet2/10
Sana06.04.2023
Hajmi56.04 Kb.
#1330663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-Ma\'ruza (2) (2)

Metafora. Nutqqa obrazlilik, ekspressivlik berish niyatida narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanib, so‘z yoki iboralarni ko‘chma ma'noda ishlatish metaforadir.
Metaforani yashirin o‘xshatish deyish mumkin, chunki metaforada ham, o‘xshatishda ham, asosan, biror narsa yoki hodisa boshqasi bilan qiyoslanadi. Ayni bir so‘z turli predmetlarning ifodasi sifatida qo‘llanilib metaforalarni hosil qilishda asos bo‘ladi. Metafora faqatgina bir a'zodan tashkil topadi - unga o‘xshatilgan narsa qoladiyu, o‘xshagan narsa tushirilib qoldiriladi, ammo nutq matnidan tushirib qoldirilgan a'zoni bilib olish mumkin:
Temur Malik eng oldinda borayotgan kemada edi, u ikki qavat sovut va dubulga kiyib kema burniga chiqdi (M.Osim). Ko‘p og‘iz bir bo‘Isa, bir og‘iz yengiladi (Maqol). Buloq labiga o‘tirib, xovuchini ochganda, kaftida g‘ijimlanib yotgan ho‘l ro‘molchaga ko‘zi tushdi (M.Ismoiliy).Qandayin yorug‘lik kunlarga etdim (H.H.Niyoziy). Elmurod o‘zicha: «Demak, men o‘tmish zulmatidan ezilganlarning yorug‘ kelajagi uchun fidokor bo‘lishim kerak!» deb qo‘yadi (P.Tursun). Sodiq ham o‘lim yoqasida. Endi siz bilan ikkimizgina qoldik! (A.Qodiriy). Qudrat qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi (M.Ismoiliy).
Metaforalarni hosil qilishda asos bo‘luvchi so‘zlar predmet nomlari bo‘lsa-da, ular predmet ma'nosini emas, balki belgi ma'nosini ifodalaydi. Chunki bunda o‘sha so‘zlarning belgi-xususiyatlari asos qilib olingandir.
Metaforalarni hosil qilishda asos bo‘luvchi so‘zlar: hayvon, parranda va hasharotlarning, o‘simlikning, narsa-predmetning nomi inson xarakterini ifodalashga xizmat qilsa kollokvializmlar paydo bo‘ladi.
Masalan: Sen menga tulkilik qilma («Sharq yulduzi»). Ayiq akang bo‘lmaganda tulkining ahvoli voy edi (E.Raimov). Etov. o‘sibsiz, o‘sing (hammom tomonga ketayotib Ravshanga imlaydi). Lattalik qilma ... Ha ... Qani ... (Tuyg‘un).
Keltirilgan misollarda «ayiq» so‘zi zo‘r, kuchli, shayka boshlig‘i; «tulki» so‘zi ayyor, abjir, quv; «latta» so‘zi bo‘sh, noshud, lanj, g‘iybatchi ma'nosini bildirib kelayapti.

Download 56.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling