6-Mavzu: Nutqning ifodaliligi va boyligi. (2 soat) Reja
Download 56.04 Kb.
|
6-Ma\'ruza (2) (2)
Metanomiya. Bunda bir-biridan farqlanuvchi predmet, hodisaning o‘zaro yaqinligi, aloqadorligi tufayli dastlabki predmet nomi boshqa predmet nomi o‘rnida qo‘llaniladi.
Masalan, yon so‘zining cho‘ntak, hamyon; samovar so‘zining choyxona; kosa so‘zining ovqat; dasturxon so‘zining noz-ne'mat, oziq- ovqat; joy so‘zining oila, xonadon ma’nolarida kelishi metanomiyaga asoslangan: Yormat bir yildan buyon qizini munosib joyga uzatishga tirishadi (Oybek). Qani mehmon, dasturxonga qarang («Sharq yulduzi»). U samovarda ulfatlari bilan kechgacha o‘tirdi («Sharq yulduzi»). Hamma bir kosadan ichdi («Sharq yulduzi»). Nutqda metanomiyaga asoslangan so‘z va so‘z birikmalari ishlatiladi. Bular: 1) zamon munosabatiga ko‘ra nomlanadi: o‘nga - «o‘n yoshga»; ellikka — «ellik yoshga»; yarim yillik- «yarim yillik imtihon», yozgi - «yozgi imtihon sessiyasi» kabi. Masalan: Uning kenjatoyi endi o‘nga qadam qo‘ygan edi («Yoshlik»). muallif bilan asari o‘rtasidagi doimiy bog‘lanishga asoslanadi: Nekrasovni bering - «Nekrasovning kitobini bering». Masalan: Ra'no Anvarga xat yozib yuboradi va «gapning qolganini Fuzuliydan o‘qirsiz» - deydi (A.Qodiriy). tashkilot nomi bilan tashkilot so‘zi orasidagi doimiy aloqaga tasdiqlanadi: Gektar-gektar sanalgan yerda «Hakimzoda» kolxozchisining To‘q turmushi kezib yuradi (H.Olimjon). Bunda Hakimzoda so‘zi Hamza Hakimzoda nomidagi kolxozni bildirib kelmoqda, ya'ni kolxoz tushunchasi «Hakimzoda» so‘ziga ko‘chirilgan. ‘ 4) kishilar so‘zi ma'nosi bilan ular yashab turgan joy, davlat orasidagi aloqaga asoslanadi: Majlisga butun qishloq keldi (A.Qahhor). Download 56.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling