6-Mavzu: Nutqning ifodaliligi va boyligi. (2 soat) Reja


Download 56.04 Kb.
bet6/10
Sana06.04.2023
Hajmi56.04 Kb.
#1330663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-Ma\'ruza (2) (2)

Allegoriya. Troplarning bir ko‘rinishi bo‘lgan allegoriya (majoz)da mavhum tushuncha yoki ideallarni konkret obraz orqali ifodalaydi. Allegoriya xalq og‘zaki ijodida va badiiy ijodda asarning badiiy qiymatini, ta’sir kuchini oshirishga xizmat qiladi.
Nutqda ayrim so‘z va iboralar ma’joziy ma’noda qo‘llaniladi. Masalan, tulki so‘zining ayyorlik ifodasi uchun ishlatilishi: Ko‘z bo‘yamachi tulki bo‘ladi, xalq ichida kulgi bo‘ladi (Maqol). Haqiqatda esa bu tulkilar uni laqillatadilar (A.Qahhor). Bo‘ri so‘zi ochko‘zlik, yovuzlik ma'nosini ifodalashda qo‘llaniladi: Sizni og‘zi qon bo‘ri dedim,

  • chunki sizda rahm yo‘q (A.Qodiriy). Biz hamma bo‘rilarni, hamma qonxo‘rlarni, zolimlarni yanchib tashlaymiz (Oybek).

Xullas, apostrofa, jonlantirish, allegoriya nutqda obrazli so‘z qo‘Ilash usullaridandir.
Sinekdoxa. Metanomiyaning bir ko‘rinishidan iborat ko‘chim bo‘lib, unda bir qism yoki bo‘lak orqali yaxlit, butun narsa bildiriladi yo aksincha, butun narsa, hodisa orqali bo‘lak haqida fikr ifodalanadi.
Masalan: Nikolay zamonida ostonam tuyoq ko‘rmagan (Oybek). Bunda tuyoq so‘zi uy hayvoni, mol ma’nosidadir. Ertasi kun, yoki shu kun kechasi ikki qo‘llarini burunlariga tiqib, ho‘l quruq xo‘jayinlarining huzuriga bordilar (A.Qodiriy). Misolimizda qo‘l so‘zi qism ma’nosida (ikki qo‘llarini burunlariga tiqib) va butun ma'nosida (ho‘l quruq) ishlatilgan.
«Sinekdoxa yo‘li bilan ko‘chirishning o‘ziga xos xususiyati miqdoriy xarakteristikaga asoslanishidir». Nutqiy uslubda sinekdoxa usuli bilan kollokvializmlar hosil bo‘ladi.
Sinekdoxa usuli bilan hosil bo‘lgan kollokvializmlarning quyidagi turlarini ko‘rish mumkin:

  1. Butunni ifodalash uchun qism nomi ishlatiladi. Bunda quyidagi turlami farqlash mumkin:

  1. kishiga murojaat qilganda uning nomini aytmasdan, uning tashqi ko‘rinishidagi biror belgi nomi bilan aytish. Masalan, oqsoch, oqsoqol, qorin, kalla, soqol, burun, uzun (daroz), kal kabi: Asqar ota ham turmoqchi, oqsoqol etib kelib elkasidan bosdi (A.Qahhor). U daroz, menga bir qara («Sharq yulduzi»). Qorinboy! Bugun ham oshqozondan nariga o‘tolmadingiz! (E. Musayev). Biznikining sopi sinib qoldi, demaysanmi, ey kalla! (E.Musayev). So‘rang, soqolvoy, so‘raganning aybi yo‘q deyishadi («Sharq yulduzi»).

  2. kiyim nomini odam yoki boshqa biror tirik mavjudotni ifodalash uchun qo‘llaniladi: qizilishton, shapka, shlyapa. Masalan: Ey shapka, bir daqiqa to‘xta! («Sharq yulduzi»).

v) qurol nomini shu qurolni ishlatadigan kishini ifodalash uchun ishlatiladi: nayza, qilich, tig‘ so‘zlari «jangchi» ma’nosida keladi. Masalan: Eski shahardan ellik nayza etib keldi («Sharq yulduzi»).
g) hayvonlar biror a'zosining nomi o‘sha hayvonni ifodalash uchun eshlatiladi: bosh, tuyoq, shox kabilar. Masalan: Chorva tuyog‘i ko‘paydi, mollarning naslini yaxshilash, qishlovga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalasida ham anchagina ishlar qilindi (A.Rahmat).
d) meva nomini shu mevani beradigan daraxtni anglatish uchun qo‘llaydilar: olma, anor, nok, yong‘oq, anjir kabi. Masalan: Bir yomon anjir kesar, ikki yomon zanjir kesar (Maqol). Adolat chiroqlarni yoqib yuborib, yong‘oq tagidagi supaga joy qildi (I.Rahim).

  1. Qismni anglatish uchun butun nomi ishlatiladi: qo‘y, echki, tulki so‘zlari shu hayvonlarning terisi ma'nosida, qo‘l so‘zi barmoq ma'nosida foydalaniladi. Masalan: Besh qo‘l baravar emas (Maqol). Tulkidan tikilgan telpagini bostirib olib serrayib turar edi («Yoshlik»).


Download 56.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling