Pedagogik artistizm
Pedagog shaxsi tuzilmasida artistizm
Download 1.36 Mb.
|
majmua artitizm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktyorlik qilish
- Pedagogik mahorat
- Pedagogik texnika
Pedagog shaxsi tuzilmasida artistizm.
Tarbiyachida uning kasbiy faoliyati uchun muhim sifatlarni tasvirlaganda, pedagoglar (ishlab kelayotgan va bo’lajak pedagoglar ham) pedagogning o’z fanini bilishi, pedagogik ta’sir metodikasini egallaganligi, rivojlangan psixologik-pedagogik tafakkurni birinchi o’ringa qo’yishadi. Bunda artistizm nafaqat pedagog uchun zarur sifatlar ro’yxatidan tashqarida qoladi, hatto pedagogik faoliyatga salbiy ta’sir o’tkazadigan omillar sifatida tilga olinadi. «Artistizm», «aktyorlik qilish», «pedagogik mahorat» va «pedagogik texnika» tushunchalarini farqlab olish zarur deb topdik. Bu o’rinda terminologik aniqlik zarur. Aktyorlik qilish – soxta artistizm. Bu tarbiyachi mashg’ulotda yaxshi va saxiy «buyuruvchi» rolini o’ynab darsda pedagogni «tasvirlaydi», homiylarcha ohangda gapiradi, o’zining ta’lim oluvchilar ustidan hukmronligidan zavqlanadi, o’z MENining beaybligiga o’ynaydi. Bu kabi «artistizm»ni pedagog uchun zarur sifatlar sirasiga kiritish qiyin. U avvaliga ta’lim oluvchilarni «og’dirishi» (sotib olishi), keyin o’z ko’rinishlari bilan qo’rqitishi va ta’lim oluvchini pedagogdan va ta’lim muassasasidan uzoq muddatga bezdirishi mumkin. Pedagogik mahorat – pedagog professiogrammaga muvofiq ega bo’lishi lozim bo’lgan barcha sifatlarning yuqori darajasi ifodasi, shaxsning kasbiy faoliyatda o’z-o’zini tashkil qilishni ta’minlaydigan xususiyatlari kompleksi, shuningdek ayrim pedagogik sifatlarning yuqori darajada bo’lishi natijasi. Bu mahorat poydevori pedagogning umumiy madaniyati, uning nazariy bilimlari va pedagogik texnikani egallaganligi sanaladi. Pedagogik texnika – tarbiyachiga o’zini chuqurroq, yorqinroq, iste’dodliroq ifodalashda, ishda optimal natijalarga erishishda ko’maklashadigan malakalar kompleksi. Pedagogik texnika elementlari yadrosini quyidagilar tashkil qiladi: - pedagogik muloqot malakasi; - nutq texnikasi va madaniyati (ovoz, nafas olish, diktsiya, intonatsion bo’yoqdorlik, savodxonlik va sh.k.); - hislar va munosabatlarni ifodali ko’rsata bilish (mimika, pantomimika, tashqi qiyofa); - pedagogning o’z pedagogik holatini o’z-o’zi boshqarishi (o’z-o’zini nazorat qilish, sabot va sh.k.). Yuqorida ta’kidlanganlardan ko’rinadiki, pedagogik texnika tarbiyachi tomonidan ma’lum qilinayotgan axborot naqshi, ya’ni tarbiyachiga idrokning vizual va dolzarb tomonlari orqali tarbiyalanuvchilariga o’z hislari va fikrlarini yetkazishiga ko’maklashadigan malakalar sanaladi. bundan tashqari, ular tarbiyachining ijodiy xulqi va bolalar bilan samarali o’zaro ta’sir qilishiga ko’maklashadi. Pedagogikaga nisbatan qo’llanganda, artistizm quyidagilarni anglatadi: - pedagogik jarayon sharoitida organik (uyg’un) mavjud bo’lish qobiliyati; - qiyofasini o’zgartirish qobiliyati, o’ziga torta bilish, jonlilik, keskinlik, ekspressiya; - imo-ishoralar va mimikasining boyligi; - hikoyachilik iqtidori; - yoqimtoy bo’la olish; - ilhomlanish, ruhlanish; - ichki erkinlik hissi; - ichki nazokat, obrazli tafakkur; - obrazli assotsiatsiyalar orqali nostandart yechimlarga (qarorlarga) intilish; - psixika xususiyatlari, nerv tizimi tipi. Bayon qilinganlar pedagogik artistizm – pedagogik ijod jarayonining barcha bosqichlarida u yoki bu darajada faol bo’lgan fenomen ekani haqida xulosa qilishga imkon beradi. O’qitishda artistizmning o’rni va roli tarbiyachining kasbiy faoliyati takomillashgani sari o’zgarib borishi mumkin. U shaxsning sifati tarzida namoyon bo’lishi, kasbiy tajriba ortib borgani sari esa pedagog ishining barcha tarkibiy qismlariga integratsiyalashi, uning butun faoliyatini sintezlashi va yaxlit qilishi mumkin. Artistik pedagogning vazifasi – ta’lim oluvchilarga emotsional ta’sir o’tkazish; ularnig qalbida iz qoldirish, ma’lum kechinmalar uyg’otish; bolalar ongi va shuurida o’ziga ishonchni mustahkamlash; o’z munosabati, hissiyoti bilan taassurot uyg’otish; tasavvurini ishga solish. Bunda pedagogning asosiy maqsadi ta’lim oluvchida bilimlar yig’indisi, bolalarning o’quv jarayoniga ma’lum munosabati, ta’lim oluvchining o’z-o’zini realizatsiyalash uchun o’z vositalarini tanlashidangina iborat bo’lmaydigan e’tiqodlar tizimi asosida shaxsiy pozitsiyasining (nuqtai nazarining) shakllanishiga ko’maklashishdan iborat. Pedagogik artistizm ta’lim oluvchilar bilan aloqa o’rnatish, ma’lum ma’noda avans tariqasida bolalarning ishonchini qozonish, keyin mazkur dars, mashg’ulotning barcha holatlarini (sharoitlarini) hisobga olgan holda ish ko’rishga yordam beradigan ma’naviy va jismoniy sifatlarning murakkab qorishmasi sanaladi. Pedagogik artistizm tuzilmasi ikki: ichki va tashqi tomondan iborat. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling