Pedagogik artistizm


Quvonch ishonch va shaxsiy ahamiyatlilik, ham kechinmalilik tuyg’usini shakllantiradi, xavotirlilikni pasaytiradi. Qiziqish


Download 1.36 Mb.
bet7/55
Sana15.02.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1199633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55
Bog'liq
majmua artitizm

Quvonch ishonch va shaxsiy ahamiyatlilik, ham kechinmalilik tuyg’usini shakllantiradi, xavotirlilikni pasaytiradi. Qiziqish jonlanish hissi orqali bilish va ijodiy faollikni rag’batlaydi, bu «berilganlik» hissi. Qiziqishning asosiy determinantalari – yangilik va o’zgarish. Hayratlanish – nerv yo’llarini oldingisidan farq qiladigan yangi faollik uchun ochadigan emotsiya.
Tarbiyachining ekspressiyasi – mashg’ulotni emotsional boyitish vositalaridan biri xolos.
Tarbiyachi tanlagan pedagogik ta’sir metodlari va usullari tizimli, uyg’un, muvofiqlashtirilgan, o’zaro hamohang bo’lishi; ta’lim oluvchi shaxsi va jamoa xususiyatlariga, shuningdek tarbiyachining o’zining ijodiy individualligiga mos kelishi kerak. Bunda ham pedagogik artistizm komponentlari: xulq-atvor erkinligi, tabiiyligi, maqsadga muvofiqligi va uyg’unligi, uning vaziyatga, pedagogning vazifasi va yuqori vazifasiga muvofiqligi namoyon bo’ladi.
D.I.Uznadzening fikricha, «O’qishda bizga muayyan ko’nikma yoki muayyan mazmundagi bilim ko’rinishida taqdim qilinadigan mahsulot emas, balki ta’lim oluvchi kuchlarining ma’lum yo’nalishda rivojlanishi asosiy o’rinni egallaydi» . Hech nimaga o’rgatib bo’lmasligi, balki o’rganish mumkinligi bois, ta’limning vazifasi – o’rganish imkonini beradigan sharoit yaratish.
Bundan kelib chiqadiki, ta’lim oluvchilarda dunyoviy demokratik davlat, zamonaviy mehnat bozori va raqobat qonunlariga adekvat bo’lgan mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish zarur. aytilganlarning hammasi birgalikda o’ziga xos mazmunga ega bo’lgan ijodiy intellektual faoliyatdir, u quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- bilim va malakalarni yangi vaziyatga mustaqil ko’chirish;
- tanish vaziyatda yangi muammoni ko’rish;
- ob’ektning yangi funktsiyasini ko’rish;
-faoliyatning ma’lum usullarini yangisiga kombinatsiyalash;
-ob’ekt tuzilmasini ko’rish, bu ob’ekt elementlarining jiddiy va jiddiy bo’lmagan nisbatlarini ilg’ay olish;
- muqobil fikrlash, ya’ni mavjud muammoning ehtimoliy yechimlarini, yechimning turli usullarini, ziddiyatli dalillarni, boshqacha qilib aytganda esa, ob’ekt, muammoni har tomonlama ko’ra bilish;
- yechimning boshqa ma’lum bo’lgan usullaridan farqli yoki ma’lum bo’lgan usullari kombinatsiyasi sanalmaydigan printsipial yangi usulini qura bilish (M.A.Danilov, M.N.Skatkin) .
Yuqorida bayon qilinganlar psixologik-pedagogik fan tomonidan shakllanib ulgurgan pedagogik kadrlar tayyorlash amaliyotini tanqidiy qayta anglash, ta’limga qo’yiladigan eng yangi talablarni hisobga olgan holda qurilgan zamonaviy pedagogik ta’lim kontseptsiyasini ishlab chiqish, uning o’qitish tizimini va bo’lajak pedagog shaxsini rivojlantirish maktabi bo’lishi zarurligidan dalolat beradi.
O’zbekistonda va xorijda (Rossiyada) qator ishlar qilinganki, ularning mualliflari (N.N.Azizxodjaeva, SH.Kurbanov, E.Seytxalilov, R.X.Djuraev, A.A.Abdukadirov, S.K.Annamuratova, F.R.Yuzlikaev, V.A.Slastenin, O.A.Abdullina, A.K.Markova, A.I.Mishchenko, V.I.Slobodchikov va b.) oliy pedagogik ta’lim tizimining holatini tahlil qiladi. Yondashuvlardagi barcha tafovutlarga qaramay, tadqiqotchilar uning mohiyatini ta’riflashda deyarli hamfikrlar: OTM fan o’qituvchisi – «mutafakkir», ilmiy bilim asoslari translyatorini tayyorlashga yo’naltirilgan. V.A.Slasteninning fikricha, «Pedagogik ta’limning yuzaga kelgan tizimi bo’lajak pedagogga kadrlarni ommaviy qayta ishlab chiqarish ob’ekti sifatida qaraydi, uni psixik va kasbiy rivojlanish sub’ekti sifatida inkor etadi, uni kasbning shaxsiy ahamiyatli mazmunini izlash, kasbiy o’z-o’zini tahlilga undaydigan sharoitlar yaratmaydi, uni pedagogik refleksiya tashuvchisi sifatida shakllantirmaydi». Yu.V.Senko o’z tadqiqotida klassik, pedagogik OTM larida pedagogik ta’limning ommaviy amaliyoti texnokratik tip bo’yicha qurilgani, «fanni o’rganish» (V.S.Bibler) mantiqi bo’yicha kengayib borishini, begonalashgan va «aqliy» shakl (E.Fromm) bilan cheklanishini ta’kidlaydi. «Pedagogika Yangi davr qonunlariga muvofiq sub’ektiv, shaxsiy momentlar istisno qilingan ob’ektiv bilimlarning favqulodda ratsional tizimi sifatida rivojlangan va bugun ham rivojlanishda davom etyapti». Aslida chinakam ta’lim asosini hamma vaqt mavjudlikning mazmuni, asosiy qadriyatlarini izlash jarayonidagi kishilarning shaxsiy munosabatlari va kishilar o’rtasidagi munosabatlar tashkil etadi. Ta’limda ularni egallashga uyg’otish, hamma tartibga solingan tizimlardan hamisha chiqib ketadigan insonning sub’ektiv olami murakkabligiga ehtiyotkorona munosabat muhim. Faqat fan mazmuni va pedagogik texnologiyalarnigina egallagan pedagog bu vazifani hal qilishi juda mushkul.
Aynan bugun, emotsional reaktsiyalarning keng diapazoniga ega bo’lgan, ta’lim oluvchilarga insoniy madaniyat boyliklarini ijodkorona yetkazib bera oladigan artistik pedagoglar har qachongidan-da ko’proq kerak.
Zamonaviy realiyalar hamisha pedagogni tez tarqalayotgan va ta’lim oluvchilarga tobora qulay bo’lib borayotgan boshqa axborot manbalari bilan raqobatga kirishish zarurati oldiga qo’yadi. Uning mazkur kurashda raqobatbardoshligi ko’p jihatdan pedagogning ta’lim oluvchini qiziqtira olishi, o’z fani muammolari va vazifalarini uning qiziqishlar olamiga yaqinlashtira olishi, muloqot mazmuni va muhitini hamda pedagogik faoliyatni tashkil etishga yondashuvlarni to’g’ri tanlay bilishi; pedagog bilan muloqot bolalar uchun yorqin, rang-barang, ijodga va o’zini o’zi rivojlantirishga chorlaydigan bo’lish yoki bo’lmasligiga bog’liq.
E.R.Russkayaning fikriga ko’ra, «Kattalar, pedagoglar va ota-onalar ko’pincha aytadigan narsasi yo’qligidan emas, balki ularni tinglash qiziq bo’lmaganidan e’tiborini yo’qotadi. Agar bugun bizdan «Maktabda eng sevimli faningiz qaysi edi?» deb so’rashsa, qaysi fan nomini aytmaylik, javoblarimizda bitta o’xshashlik bo’ladi: bu fan o’qituvchini yoqtirganimiz uchun eng sevimli bo’lgan». Kuzatishlarimiz, so’rov va intervyular Ye.R.Russkayaning sevimli fan tanlovi bilan pedagogga munosabat o’rtasidagi korrelyatsiya haqidagi xulosasini tasdiqlaydi.
Ko’pchilik pedagoglar tomonidan inkor qilinadigan, pedagogik jarayonga ijodiy salohiyatning rivojlanishi va o’z individualligini emotsional soha orqali kashf qilishga olib keladigan estetik yondashuv pedagogik ta’sirni jonlantirish, ruhlantirish uchun noyob imkoniyatdir. Aynan u hozirgi kunda pedagogikani pedagogika tili – jadal o’zgarayotgan dunyoda bilish va ta’lim sari yo’l ochadigan jonli muloqot tili, ijod va refleksiya tili ekanini yurak-yurakdan his qilish imkonini beradigan ma’naviylik sohasi sifatida qarashga yordam beradi.
Kasbiy pedagogik yo’nalganlik, pedagogik vazifalarni hal qilishga ko’maklashadigan bilim, ko’nikma va malakalarning shakllanishi ro’y beradigan kasbiy tayyorgarlikning «o’z-o’zini belgilash» bosqichi o’z iqtidorini uyg’otish va o’z tafakkuri hamda xulqida obrazlilik va mantiqiylikni birlashtirishga o’rganish uchun eng maqbul davr sanaladi. Agar shaxsning ijodiy ochilishi uchun qulay sharoitlarni maqsadli tarzda yaratilsa, pedagogik qobiliyatlarning ma’lum darajada rivojlanishiga erishish mumkin. Buning uchun esa ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) tomonlarni takomillashtirish zarur. «Ichki texnika» bilan qurollanish o’zida yaxshi kayfiyat uyg’ota bilish, ta’lim oluvchiga (bolaga, o’quvchiga, talabaga) beriladigan vazifalar uning rivojlanishi, o’zining yuksak vazifasini anglab yetishi, obrazli fikrlashi va emotsional nozikligi kontekstiga yo’g’rilgan bo’lishi ustida qayg’urish zarur. Tashqi texnikani shakllantirishning maqsadi jismoniy apparatni ichki impulьslarga mos keladigan qilishdan iborat.
K.S.Stanislavskiyning aytishiga ko’ra, «Samimiy tuyg’u bilan yashashni boshlashning o’zi yetarli emas, uni aniqlay, ifodalay bilish lozim. Buning uchun butun jismoniy apparat tayyorlangan va rivojlantirilgan bo’lishi kerak, u oxirgi darajagacha sezgir bo’lishi va har xil anglashilmagan kechinmalarga javob qilishi hamda ularning barcha nozikligini ifodalashi zarur, toki artist kechinmalari ko’rinadigan va eshitiladigan bo’lsin». Jismoniy apparat deganda yaxshi qo’yilgan ovoz, yaxshi rivojlangan intonatsiya, fraza, nozik gavda, ifodali harakatlar, mimika ko’zda tutiladi.
Insonning ichida iroda, aql, hissiyot, tasavvur, ong osti yashaydi va ishlaydi, tana esa eng sezgir barometr kabi ularning ijodini aks ettiradi .
Demak, pedagog kasbini egallash va ijodiy individuallikni rivojlantirish qator shaxsiy sifatlarni tarbiyalashni ko’zda tutmog’i kerakki, ular, o’z navbatida, kasbiga aylanadi. Ular sirasiga pedagogik artistizm asosini tashkil etadigan tavsiflar emotsionallik, intuitsiya, empatiya, tasavvur, kuzatuvchanlik, improvizatsiyalash qobiliyati va boshqalarni kiritish mumkin. Artist-pedagog o’z faoliyatida o’z ijodiy individualligining betakror xususiyatlarini realizatsiyalaydi, ular esa kasbiy sifat va tavsiflarga aylanadi.
Teatr pedagogikasi nafaqat teatrning nazariy poydevori, balki ijod sirlarini o’rganishga ko’maklashadigan amaliy vosita ham sanaladi. Uning tomonidan idrok, diqqat, tasavvur jarayonlarini optimal muddatlarda, tobora samarali egallash, shuningdek, ijodiy tafakkurni, emotsional noziklikni va barqarorlikni, ijodiy jarayonda katta ahamiyat kasb etadigan improvizatsiyalash qobiliyatini rivojlantirish imkonini beradigan ish usullari ishlab chiqilgan va sinovdan o’tkazilgan.
Teatr pedagogikasi elementlarini o’rganish, ularga OTM pedagogikasi nuqtai nazaridan alohida nigoh tashlash pedagogik ijodni rivojlantirishning samarali yo’llaridan biri. Buni insonning shaxsiy sifat va qobiliyatlari kompleksini rivojlantiradigan faoliyat shakllaridan foydalanilgani bilan izohlash mumkin. Bu sifat va qobiliyatlar ijodiy qonuniyatlar prizmasi orqali pedagog ijodiy faoliyati jarayonining kasbiy xususiyatlarini, bundan tashqari, tarbiyaviy o’zaro ta’sir mohiyatini anglab yetish, talabaning eng muhim – «Men – pedagogman» pozitsiyasini, o’z-o’zini tahlil, avtokorrektsiya, o’z-o’zini rivojlantirishga asoslangan pozitsiyasini shakllantirish uchun sharoit yaratishga imkon beradi. O’z kasbi «ustidan» va o’z «ustidan» pozitsiya egallay olgan o’qituvchi ta’lim muassasalarida joriy etiladigan yangiliklarga tayyor bo’ladi. Qolaversa, rivojlanish – o’z-o’zini rivojlantirish jarayoniga kirishib, uning o’zi ham pedagogik innovatsiyalar «etakchisiga» aylanishi mumkin.
Teatr pedagogikasida so’z yuritiladigan voqelik va insonlar xalq-atvorini baholash kategoriyalarini bilish bo’lajak pedagogga nima beradi?
Ularni o’z xulqida va rang-barang faoliyat turlarida hisobga olishga intilish talaba – bo’lajak pedagogga:
- shaxsning estetik ibtidosi, obrazli tafakkur, estetik xotirani rivojlantirish;
- o’zini nafaqat axborot uzatish va o’quvchilar bilan hamkorlik «qurilmasi», balki avvalo, ma’naviy qadriyatlarni yetkazuvchi inson sifatida anglab yetish;
- ta’lim muassasasi amaliyotini xulq-atvor xususiyatlarini ifoda etadigan kategoriyalarda (do’stonalik-dushmanlik, hujum-himoya, ko’ch-ojizlik va b) ko’rish;
- ta’lim oluvchi xalqini «o’qish», uning maqsadlari va kechinmalarini «shifrovkadan chiqarish», sinfda (auditoriyada) ishchanlik (ishsizlik) muhiti belgilarini pedagoglarning tovush «analizatorlari», mimika va pantomimikasi, nutqiy o’zaro ta’sir ritmi o’zgarishiga ko’ra aniqlash; pedagogning ta’lim oluvchilar va o’z xulqi haqidagi tasavvurlarini yanada aniq, konkret, batafsil qilish malakasini takomillashtirish;
- pedagogik texnikaning boshlang’ich usullari va pedagogik mahorat asoslarini eng yangi pedagogik vazifalarni qilish uchun egallash;
- asta-sekinlik bilan pedagogik maqsadga muvofiq xatti-harakatlarga va xalqqa, ijodiy ishchan kayfiyatga, estetik tashqi qiyofaga kelish imkonini beradi .
Yuqorida bayon qilinganlardan ko’rinadiki, ruhiy (ma’naviy) aloqa san’atini darslikdan o’rganib yoki uni qoidalar yig’indisiga tenglab bo’lmaydi. Uning eng muhim omili – boshqa insonni, boshqaning fikrini hurmat qilish va qadrlash, insonning sezgirligi va ko’ngli ochiqligi, nimadir yangi va g’ayriodatiyni tushunish va qabul qilishga tayyorligi. Agar bo’lajak o’qituvchi ma’naviy madaniyatni egallamas ekan, uni hech bir texnika qutqara olmaydi, ya’ni emotsiyalarni «o’ynab berish» mumkin emas, ularni boshdan kechirish lozim. Pedagog texnik usullarni o’zlashtirish yo’li bilan yaratuvchi bo’lib qolmaydi. Buni qanday amalga oshirish kerakligini bilgani tufayli u artistik bo’la olmaydi, zero bu cheklangan jarayon. Pedagogik artistizmning o’z kasbining vazifasini, uning oliy mazmunini, o’zining bundagi missiyasini chuqur tushunadigan insonning ma’naviy boyligi ko’rinishidagi asosi bo’lmog’i kerak.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling