Pedagogik artistizm


Download 1.36 Mb.
bet3/55
Sana15.02.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1199633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
majmua artitizm

Ijodkor shaxs – ijodiy yo’nalganlikka, ijodiy qobiliyatga ega bo’lgan va faoliyatning original usullaridan foydalangan holda shaxsiy yoki (va) ijtimoiy ahamiyat va progressivlikka ega bo’lgan ob’ektiv va (yoki) sub’ektiv ma’naviy boyliklar yaratadigan shaxs. Ijodkor shaxs uchun ijodga barqaror, yuqori darajadagi yo’nalganlik, ijodiy qobiliyatlarning yuqori darajasi bilan birlikda namoyon bo’ladigan va unga faoliyatning bir yoki bir necha turida progressiv, ijtimoiy yoki shaxsiy ahamiyatli ijodiy natijalarga erishish imkonini beradigan motivatsion-ijodiy faollik xarakterlidir. Ko’p hollarda ijodkor shaxs faoliyatning qaysidir bitta yo’nalishida, masalan, musiqa, sport, matematika va sh.k. da katta muvaffaqiyatga erishadi [90/ 763].
Biroq, tarix inson faoliyatining bir qancha va xatto ko’plab sohalarida yuksak ijodiy natijalarga erishishga ko’plab misollarga guvoh bo’lgan (M.V.Lomonosov, Mikelanjelo va ko’plab boshqalar). Shu munosabat bilan har tomonlama barkamol rivojlangan shaxs xaqida so’z yuritish o’rinlidir.
Ijodiy faoliyat – shunday faoliyatki, ijod ustivor komponent sifatida uning maqsadi yoki usullari tuzilmasiga kiradi. Insonlarning butun faoliyatini ijodiy va ijodiy bo’lmagan (noijodiy) faoliyatga shartli ravishda bo’lish va uchta belgisiga ko’ra farqlash mumkin:
- natijasiga ko’ra: ijodkorlik yangi, avval ma’lum bo’lmagan sifatni olish bilan tavsiflanadi, ayni paytda «ijodsizlik» amalda ma’lum, standart, turkum (avval olinganiga printsipial o’xshash) nusxa (mahsulot) beradi;
- realizatsiyalash usuli (tuzilmasi)ga ko’ra: ijod natija tomon harakatlanishida betakror (betakrorlik yo tamomila yangi usul yaratish, yo harakat usullarining ma’lum kombinatsiyasi sifatida namoyon bo’ladi); «ijodsizlik» esa natijaga erishish usulining takrorlanishliligi (shablonligi) bilan tavsiflanadi;
- ahamiyatiga ko’ra: ijodiy faoliyat taraqqiyotning sifat jihatidan farq qiladigan bosqichlarini belgilaydigan uning bevosita harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo’ladi. Ijodsizlik esa tub o’zgarishlar, ya’ni ijod uchun sharoitlarni miqdoriy to’plash vositasi sanaladi. ijod va ijodsizlik – inson faoliyatining uzviy tomonlari, ularning har biri ikkinchisini belgilaydi, deb hisoblash kerak. Ijodiy ishlaydigan pedagog – o’quv-tarbiya ishlarining shakl, metod va usullarini takomillashtirish hamda yangi ilg’orlarini ishlab chiqishga intiladigan novator; xatto odatiy topshiriqda ham yangi muammoni ko’ra biladigan, o’quvchilar uchun ijodiy topshiriqni shakllantira biladigan, ularni mazkur topshiriqlarni hal qilish va tahlil etish bo’yicha mustaqil izlanishli-tadqiqotchilik faoliyatiga faol jalb qila oladigan kishi; o’z maqsadini tarbiyalanuvchilarini faqat bilim, malaka va ko’nikmalar tizimi bilan boyitishdagina emas, balki ularni psixik, aqliy rivojlantirish, ularni ijodiy faoliyatga tayyorlashda, deb biladigan pedagog.
Pedagogga ijodiy ishlashga to’sqinlik qiladigan sabablar: bolalarga, pedagogik faoliyatga muhabbatning yo’qligi; ijodiy pedagogik qobiliyatlarning rivojlanmaganligi; pedagogik ijodga o’rnatishning mavjud emasligi; ta’lim-tarbiya ishining eskirgan va kam samara beradigan shakl va metodlaridan voz kechishni istamaslik yoki uddalay olmaslik; kasbiy tayyorgarlik darajasining pastligi; mazkur fan (fanlar) bo’yicha ijodkor pedagoglarlar shaxsni shakllantirish uchun zarur o’quv-metodik komplekslarning (majmua)yo’qligi; pedagogning ijodiy faoliyatini real va moddiy rag’batlantirish bo’yicha maxsus ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning mavjud emasligi; ta’lim muassasasida boshqaruvning avtokratik uslubi, ma’muriyat va xalq ta’limi organlari tomonidan haddan ziyod nazorat («vasiylik») tizimi; ahil, uyushgan pedagogik jamoa va unda ijodiy muhitning mavjud emasligi; pedagogning o’quv dasturi va rejasi bilan «bog’lab qo’yilganligi»; guruhning bolalarlar bilan to’lib-toshganligi; o’z fani va uni o’qitish metodikasini yetarlicha bilmaslik (kasbiy darajaning pastligi) va b.
Mehnatga ijodiy munosabat shaxs tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur mehnat faoliyatini o’rganishga ongli, maqsadli intilishni, muammoni ko’ra bilish, o’z oldiga vazifa qo’ya bilish, uni hal qilish uchun zarur bilim va original yo’llarni izlash va foydalana bilishni ko’zda tutadi. Psixologlarning (M.S.Bershteyn, A.V.Brushlinskiy, T.V.Kudryavtsev, Ya.A.Ponomarev va b.) ijod yagona protsessual tuzilmaga ega ekani, ilmiy bilimlar sohasida inqilobiy o’zgartirish qiladigan olimdan ham, taklif qilingan masala yoki mehnat topshirig’ini o’zi uchun yangi usul bilan mustaqil yechadigan pedagogdan ham aynan bir xil psixologik holatlar va xarakterologik sifatlarni talab qilishi haqidagi xulosalari pedagogik ahamiyatli sanaladi.
O’quv-tarbiya jarayonini shunday qurilgan bo’lishi kerakki, uning davomida ijodkorning zarur sifatlari rivojlantirilsin, ijtimoiy ahamiyatli faoliyatning istalgan sohasiga ijodiy munosabatning shaxsiy asosi (zamini) yaratilsin. Bolalarda mehnatga ijodiy munosabatni tarbiyalashning asosiy maqsadi shundan iborat. Mehnatga ijodiy munosabat ko’rinishlari sirasida shaxsning ish jarayoniga ijtimoiy yo’naltirilgan bilishga qiziqishi, ijodiy mustaqillik (tashabbuskorlik, farosatlilik, shu jihatda orttirilgan bilim, malaka va ko’nikmalar bilan faol operatsiyalash) va tashkiliy-pedagogik talabni majburiy bajarishda qatnashishga doimiy intilish – ularning tobora to’liq namoyon bo’lishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratish kabi sifatlarini ajratib ko’rsatish mumkin.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling