Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha. Taʻlim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarning oʻrni va ahamiyati


Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin


Download 456.52 Kb.
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi456.52 Kb.
#1024060
1   2
Bog'liq
1-Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha (1)

Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
- oʻrgatuvchi dasturlar – talabalarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib
chiqib yangi bilimlarni oʻzlashtirishga yoʻnaltiradi;
- test dasturlari – egallangan bilim, malaka va koʻnikmalarni tekshirish yoki
baholash maqsadlarida qoʻllaniladi;
  • mashq qildirgichlar - avval oʻzlashtirilgan oʻquv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;
  • oʻqituvchi ishtirokidagi virtual oʻquv muhitini shakllantiruvchidasturlar

Pedagogik dasturiy vositalar anʻanaviy oʻquv nashrlariga qoʻyilgan didaktik talablarga javob berishi kerak. Biz quyida pedagogik dasturiy vositalarning didaktik imkoniyatlari haqida fikr yuritamiz:
  • Taʻlimda ilmiylik, fan-texnika va texnologiyalar soʻnggi yutuqlarining hisobga olinishi pedagogik dasturiy vositalar mazmunining chuqurligi va ishonchliligini taʻminlaydi. Oʻquv materiallarini pedagogik dasturiy vositalar yordamida oʻzlashtirish jarayoni oʻqitishning zamonaviy usullari asosida amalga oshiriladi. Masalan tajriba, taqqoslash, kuzatish, abstraktlash, umumlashtirish, yaxlitlashtirish, oʻxshashlik, tahlil va sintez, modellashtirish metodi, shu bilan birga matematik modellashtirish va tizimli tahlil metodlari.
  • Oʻqitishning erishuvchanlik talablari pedagogik dasturiy vositalar orqali amalga oshiriladi va taʻlim oluvchilarning yoshi hamda individual xususiyatlariga xos oʻquv materialini oʻrganishning murakkablik va chuqurlik darajasini aniqlash zaruratini bildiradi. Oʻquv materialini haddan ziyod murakkablashtirish va ortiqcha yuklash mumkin emas, aks holda taʻlim oluvchi bu materialni egallashga ojizlik qiladi

3. Oʻqitishning muammoliligini taʻminlanadi. Agar taʻlim oluvchi muammoli topshiriqlar va mashqlarni bajarishga harakat qilsa, uning fikrlash faolligi ortadi. Ushbu didaktik talabning pedagogik dasturiy vositalar yordamida bajarilish darajasi, anʻanaviy darsliklar va qoʻllanmalardan koʻra, sezilarli ravishda yuqori boʻladi.
4. Pedagogik dasturiy vositalar asosida oʻqitishning koʻrgazmaliligini taʻminlash – taʻlim oluvchilar tomonidan oʻrganilayotgan obʻektlar, ularning maketlari yoki modellarini sezgili qabul qilish va shaxsan kuzatishini hisobga olish zaruratini bildiradi.
5. Oʻqitishning ongliligi, taʻlim oluvchining mustaqilligi va faolligini taʻminlash talablari – oʻquv faoliyatining yakuniy maqsad va vazifalariga erishishda oʻquv axborotini jalb qilish boʻyicha taʻlim oluvchilarning mustaqil ishlashlari uchun pedagogik dasturiy vositalar bilan taʻminlashni koʻzda tutadi. Bunda taʻlim oluvchi uchun oʻquv faoliyati yoʻnaltirilgan maqsad va mazmunni anglatadi. Fanlar boʻyicha pedagogik dasturiy vositalar tizimli faoliyatli yondashuv asosida ishlab chiqilishi kerak. 6. Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishda oʻqitishning tizimliligi va ketma-ketligi – oʻrganiladigan fan sohasidan bilim va koʻnikmalarning taʻlim oluvchilar tomonidan tizimli oʻzlashtirilishini anglatadi.
7. Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishda bilimlarni mustahkam oʻzlashtirish – talabalarning oʻquv materialini mustahkam oʻzlashtirishlari uchun, ularning chuqur fikrlash, xotirada saqlash kabi qobiliyatlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
8. Pedagogik dasturiy vositalarda oʻqitishning rivojlantiruvchi va tarbiyaviy funksiyalari bajarilishi taʻlim vazifasidagi anʻanaviyligiga zaminyaratadi. Taʻlimni kompyuterlashtirish ikki yoʻnalishda davom etmoqda: kompyuter savodxonligini taʻminlash va kompyuterdan oʻquv fanlarini oʻqitishda foydalanish. Birinchi yoʻnalish boʻyicha maʻlum natijalarga erishilganligini qayd etgan holda, ikkinchi yoʻnalish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning qoniqarsiz ekanligini aytib oʻtish joiz: amaliyotda oʻrgatuvchi dasturlar deyarli yoʻq; PDVlarni yaratishga mutaxassis olimlar keng jalb qilinmagan; dastur vositalari va ulardan foydalanish texnologiyasidan maktab oʻqituvchilari deyarli xabardor emas; PDVni yaratish texnologiyasining oʻzi haligacha psixologik, pedagogik, didaktik, uslubiy jihatdan mukammal tadqiq qilinmagan, ilmiy asoslanmagan, talabalarning real bilish imkoniyatlariga moslashtirilmagan.
E’tibor uchun raxmat!
Download 456.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling