Pedagogik dasturiy vositalar
Xalq ta’limi tizimi pedagog va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash ta’limi o‘quv yuklamasining hajmi
Download 267.42 Kb.
|
4-ma’ruza Pedagogik dasturiy vositalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalq ta’limi tizimi pedagog va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlashga qo‘yiladigan talablar mazmuni
Xalq ta’limi tizimi pedagog va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash ta’limi o‘quv yuklamasining hajmiXalq ta’limi tizimi pedagog va mutaxassis qayta tayyorlash vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalar va o‘quv dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘quv yuklamasini rejalashtirishda tinglovchilarning mustaqil ishlashiga alohida e’tibor qaratiladi. Xalq ta’limi tizimi pedagog va mutaxassis xodimlarini kasbiy qayta tayyorlash dasturlarini o‘zlashtirish muddati kursning maqsadi, tinglovchilarning tayyorgarlik darajasi, kursning o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar soni hamda ularning yuklamalari hajmidan kelib chiqib 972 soat hajmda belgilanadi. Nazariy va amaliy dars mashg‘ulotlarining haftalik yuklamasi eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi. Xalq ta’limi tizimi pedagog va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlashga qo‘yiladigan talablar mazmuniXalq ta’limi tizimi pedagog va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlashga qo‘yiladigan talablar majmuasi ta’lim oluvchilar (tinglovchilar) tayyorgarligining yetarli, minimal zarur saviyasini belgilab beradi. Xalq ta’limi tizimi pedagog va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash ta’limi mazmuni ta’lim tizimiga “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq belgilanadi hamda ularda ta’lim jarayonini tashkil etishni, uning mazmunini, metodik ta’minlashni, sifat va samaradorligini oshirishni takomillashtirishga doir talablar qo‘yiladi, jamiyat va davlatning davr talabiga mos taraqqiyoti shakllantirayotgan ijtimoiy buyurtmasi bilan belgilanadi hamda qayta tayyorlashga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari tomonidan kafolatlanadi. Xalq ta’limi xodimlarning malaka oshirish bo‘yicha ehtiyojlarini doimiy o‘rgangan holda elektron platforma orqali ularning individual kasbiy rivojlanish traektoriyasini tuziladi, malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish tajribasi, psixologik tayyorgarligi va individual kasbiy rivojlanish traektoriyasiga mos keladigan tabaqalangan variativ malaka oshirish dasturlari bo‘yicha o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Qayta tayyorlash ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya ishlari qayta tayyorlash ta’limining namunaviy (tayanch) o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi. Mazkur davlat ta’lim talablari o‘quv fanlari (modullari) sohalari ro‘yxatini, qayta tayyorlash ta’limining minimal mazmunini, namunaviy (tayanch) o‘quv rejasi vositasida o‘qish davri davomiyligini belgilab beradi. Xalq ta’limi tizimi pedagog va mutaxassis xodimlarining tayyorgarligi va kompetentligiga qo‘yiladigan umumiy talablar Xalq ta’limi tizimi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarining kasbi va lavozimi xususiyatlaridan kelib chiqib qator kompetensiyalarni egallaganliklari talab qilinadi. Mazkur kompetensiyalarning aksariyati xalq ta’lim mutaxassis xodimlarining barcha toifalari uchun bir xil bo‘lgani, xodimlarning mehnat faoliyatiga bog‘liq holda ayrim kompetensiyalar turli toifalar uchun farqlanishi mumkin. Download 267.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling