Huquqiy kompetentlik ko‘rsatkichlari:
qonunchilik normalarini bilish hamda ularga og‘ishmay rioya qilish;
ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatda samarali foydalana olish;
o‘z kasbiy faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
bolalarning huquqlari to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni bilish
va ularga rioya qilish;
ish yuritish bilan bog‘liq huquqiy asoslarga rioya etilishini ta’minlash;
qonunchilikka muvofiq ish yuritishning olib borilishiga javob berish;
mavjud tartibga muvofiq oldindan belgilangan muddatlarda ish yuritish sifatini ta’minlash;
ish yuritishda shaffoflik va ommaviylik tamoyillarini qo‘llash;
ta’lim muassasaning hisobot, shu jumladan moliyaviy hisobot masalalariga taalluqli qonunchilik bazasining bajarilishini ta’minlash.
Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlariga qo‘yiladigan malaka talablari.
Xalq ta’limi tizimi mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash ta’limining vazifasi yuqorida qayd etilgan umumiy va xususiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish qayta tayyorlash kursining o‘quv rejasiga kiritilgan o‘quv modul(fan)lari vositasida amalga oshiriladi. Qayta tayyorlash ta’limi o‘quv rejasiga kiritilgan modul(fan)lar bo‘yicha tinglovchilarga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilash va tasdiqlash vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
Xalq ta’limi tizimi pedagog xodimlarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar
1. Xalq ta’limi tizimi pedagog xodimlari quyidagilarni bilishi zarur:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari va ma’ruzalarida jamiyat rivoji hamda ta’lim-tarbiya masalalariga oid konseptual g‘oyalardan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni;
2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” doirasida siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmunini;
O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi isloh qilinishi bo‘yicha mazmun
va mohiyatini to‘g‘ri idrok etishni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror va ma’ruzalarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, xalq ta’limi sohasi xodimlari oldida turgan dolzarb muammolar, ularning yechimi, pedagogik mahoratni oshirish masalalarini;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishga tegishli konseptual g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar berishni.
2. Quyidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |