XALQARO NORDIK UNIVERSITETI
|
|
“TASDIQLAYMAN”
_______________________
Xalqaro Nordik universiteti rektori
Sh.Mustafakulov
202__-yil __-____________
|
PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA
FAN SILLABUSI
Bilim sohalari:
|
300000
|
–
|
Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot
|
Taʼlim sohalari:
|
310000
|
–
|
Ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar
|
Taʼlim yoʻnalishlari:
|
70310102
|
–
|
Pedagogika va psixologiya
|
Toshkent – 2023
FANNING OʻQUV DASTURI (SILLABUS)
Akademik
daraja
|
Magistr
|
Taʼlim yoʻnalishi
|
Pedagogika va psixologiya
|
Fan kodi
|
PedDiag E 175
|
Modul
|
1-semestr
|
Fan nomi
|
Pedagogik diagnostika
|
Modulning davomiyligi
|
16 hafta
|
Kredit hajmi
(1 kredit=30 soat)
|
ECTS: 7,5
|
Tayyorladi
|
DSc., dotsent D.Mamatov
|
Ajratilgan soat hajmi
|
225
|
Sana
|
2023-yil 10-mart
|
68 (aud)
|
157
(must)
|
4
(naz)
|
Oʻqituvchining qabul vaqti
|
Dushanba: 17:00-18:00
Chorshanba: 17:00-18:00
|
FANNING MAQSADI
Ushbu sillabus fanning maqsad va vazifalarini tavsiflaydi. Bu magistrantlarni oʻquv-tarbiya jarayonini tashxis etish va korreksiyalash hamda diagnostik-korreksion faoliyatga tayyorlash. Magistrantlarni pedagogik diagnostika va korreksiyaning funksiyalari, tamoyillari va umumiy metodlari bilan qurollantirish; pedagogik jarayonni tashxis etish va korreksiyalash koʻnikmalarini shakllantirish; pedagogik jarayonni tashxis etish va korreksiyalash metodikalarini samarali qoʻllashga oʻrgatishdan iborat.
Maqsadlar magistrlarga quyidagilarni oʻrganish imkonini beradi:
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy siyosatida milliy oʻzlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni oʻzlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat oʻrtasida uygʻunlikni vujudga keltirish, ehtiyojlarning xususiylikdan umumiylikka oʻsib oʻtishining qondirilishi har jihatdan oʻquvchi va talabalar qobiliyatlari, isteʼdodlarini, ichki imkoniyatlarini, oʻziga xos individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq etishni, shuningdek rivojlantirishni talab etadi.
Ushbu dastur pedagogik diagnostika va korreksiyaning predmeti va tarixiy rivoji; oʻquv-tarbiya jarayonida pedagogik diagnostika va korreksiyaning oʻrni; pedagogik diagnostika va korreksiya metodlari tasnifi; oʻquvchi shaxsi rivojini tashxis etish va korreksiyalash metodikasi kabi masalalarni oʻz ichiga qamrab olgan.
FAN BOʻYICHA TALABANING BILIM, KOʻNIKMA VA MALAKASIGA
QOʻYILGAN TALABLAR
Ushbu fanni muvaffaqiyatli tugatib, talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlishlari kerak:
Fanni oʻzlashirish natijasida magistrant quyidagi kompetensiyalarga ega boʻladi:
turli yosh davrlarida rivojlanish, muloqot, faoliyat diagnostikasi va korreksiyasiga doir metodlardan foydalanishga tayyorlik;
axborotlar, pedagogik-psixologik kuzatish va diagnostik natijalarni toʻplash va dastlabki ishlov berish qobiliyatiga egalik;
diagnostik vositalar asosida taʼlim oluvchilarning rivojlanganlik darajasini aniqlash va tuzatish kiritishga qobiliyatlilik.
Do'stlaringiz bilan baham: |