Pedagogik fan


Badiiy asarni o’qishga tayyorgarlik


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/228
Sana11.11.2021
Hajmi1.23 Mb.
#173563
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   228
Bog'liq
K Qosimova darslik 66142

Badiiy asarni o’qishga tayyorgarlik 
 
Asarni  o’qishga  kirishishdan  oldin  o’quvchilarni  badiiy  asarni  o’qishga 
tayyorlash lozim bo’ladi. CHunki o’quvchilar asar mazmunini to’g’ri idrok etishlari 
uchun  hayot  haqida  ma’lum  tasavvurga  ega  bo’lishlari  zarur.  Buning  uchun 
tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi.  
Ma’lumki,  sinfda  o’qish  asosida  badiiy  va  ilmiy-ommabop  matnlar  turadi. 
O’quvchilarni matn bilan tanishtirish o’qishga tayyorgarlik bosqichidan boshlanadi. 
Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida ma’lumot berish, o’quvchilarni asarda 
tasvirlanadigan  voqea-hodisalarni  idrok  qilish,  asar  pafosini  his  etish,  notanish  va 


 
47
ko’p  ma’noli  so’zlar,  murakkabroq  tarzdagi  obrazli  ifodalarni  izohlash  kabi 
masalalarni  o’z  ichiga  oladi.  Agar  asar  yil  fasllari  haqida  bo’lsa,  tabiat  qo’yniga 
sayohat uyushtirish ham sinfda o’qish muvaffaqiyatini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Tayyorgarlik  shakllaridan  biri  −  ekskursiyadir.  Bu  ish  turidan  tabiat  tasviriga 
bag’ishlangan  yoki  ishlab  chiqarish,  qurilish,  shahar,  qishloq  hayotiga,  kasbga  doir 
mavzular va tarixiy asarlar o’rganilganda foydalanish mumkin.  
Ishlab  chiqarish  korxonalariga,  muzey  va  boshqa  joylarga  ekskursiyalar  esa 
tarixiy  voqealarning  to’g’ri  idrok  etishlarini  ta’minlaydi,  kattalar  mehnati  bilan 
tanishtiradi, o’quvchida mehnatga muhabbat uyg’otadi, kasbga yo’naltiradi. 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling