Pedagogik faoliyatda loyiha texnologiyasidan foydalanish
Ta’lim berish jarayonida zamonaviy ta’lim teхnologiyasining konseptual asoslari
Download 1 Mb.
|
10 Interaktiv texnologiyalar asosida informatikani o\'qitish
2.1. Ta’lim berish jarayonida zamonaviy ta’lim teхnologiyasining konseptual asoslari.
Konsepsiya – umumiy g‘oya yoki biror-narsa to‘g‘risida tasavvur, tushuncha, fikrlar tizimi. Ta’lim texnologiyasi aniq pedagogik g‘oya asosida ishlab chiqilib, uning negizini quyidagilar tashkil etadi: (1) muallifning aniqlangan metodologik, falsafiy yo‘nalishi; (2) pedagogik, psixologik va ijtimoiy fanlar hamda pedagogik amaliyot-konseptual asoslari. Ta’lim tizimi boshqa barcha xorijiy mamlakatlar singari falsafa, psixologiya va pedagogikada insonparvarlik yo‘nalishidagi tamoyillar asosida tuziladi. Pedagogikada bu yo‘nalishning asosiy farq qiladigan jihati shundaki, ta’lim oluvchining o‘zligi, uning shaxsi, mustaqil tanqidiy fikrlashini ongli rivojlanishiga aniq yo‘naltirilgan, ularning xususiyat va imkoniyatlarini hisobga olgan har bir ta’lim oluvchining mustaqil bilish faoliyatiga bog‘liq hisoblanadi. Ta’lim texnologiyasini loyihalashining konseptual asoslari: Psixologiya va pedagogikada insonparvalik yondashuv; Shaxsga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi ta’lim; Axborot texnologiyalari; Faoliyatli yondashuv; Suhbatli yondashuv; Tizimli yondashuv; Hamkorlikdagi ta’lim; Muammoli ta’lim. I.2.1. An’anaviy ta’limning zamonaviy ta’lim teхnologiyalariga asoslangan ta’limdan farqi
Tizim – o‘zida yaxlit borliqlikni namoyon etib, bunda o‘zaro bog‘liq va o‘zaro harakat qiluvchi qismlarning o‘zgarmas tartibi uning ichki tuzilmasini yaratadi. Bu harakat qiluvchi tuzilma bo‘lib, bunda faoliyat aniq maqsadlarga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik tizim quyidagi tarkiblardan iborat: 1. Ta’lim beruvchi - o‘qituvchi, ishlab chiqarish ta’limi ustasi. 2. Ta’lim oluvchi - talaba, o‘quvchi, tinglovchi. 3. Ta’limiy maqsad – bu ta’lim berishni biror narsaga intilishi. 4. Natija – (1) ushbu davr ichidan chiqishda ta’lim oluvchini bilishi, uddalashi, qadrlashi zarur bo‘lgan, ta’lim berishni biror narsaga kelishidir; (2) ta’lim jarayonini samarali borishini namoyon qilib, maqsadga erishish darajasini tavsiflaydi. Natija belgilangan maqsadga mos kelsa, qo‘ish o‘rgatish jaryoni tugallangan hisoblanadi. 5. O‘quv axboroti mazmuni – fan bo‘yicha o‘qitish mazmunini tashkil etuvchi, adabiyot matnlari va o‘quv qo‘llanmalar, lug‘at va boshqa axborot manbalaridan iborat bo‘ladi. O‘quv dasturi asosida aniqlanadi va maqsadni belgilashdan kelib chiqib ta’lim beruvchi tomonidan o‘zgartirish kiritiladi. 6. Ta’lim texnologiyasi – (1) o‘qitish- usul, shakl va vositalar; (2) muloqot, (3) axborot va (4) boshqaruvning yo‘l va vositalari. 7. Tahliliy-natijaviy tarkib – ta’lim texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar samaradorligini o‘lchashning yo‘l va vositalari. Agar pedagogik tizimning tarkibiy tashkil etuvchilaridan bittasi ham bo‘lmasa, unday holda ta’lim jarayonining o‘zi ham bo‘lmaydi, yoki u kuchsiz xususiyatga ega bo‘ladi. Har qanday holatda ijobiy natija bo‘lsa ham, u tasodifiy bo‘lishi mumkin. XULOSA Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublardan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, etibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi. O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri joriy etilishi o‘qituvchining bu jarayonida asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talabadan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Har qanday pedagogik texnololgiyaning o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llanilishi shaxsiyxarakterdan kelib chiqqan holda, talabani kim o‘qitayotganligi va o‘qituvchi kimni o‘qitayotganiga bog‘liq. Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va mummolariga o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi mummolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin firlaydigan shaxslar kerak. Shuning uchun ham ta’lim muassalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limida qo‘llanishiga oid bilimlar, tajriba talaba (yoki o‘quvchi)larni bilimli va yetuk malakaga ega bo;lishlarini ta’minlaydi. Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘quv mashg‘ulotlarni interfaol metodlardan foydalanib tashkil etish, talaba-o‘quvchilardagi bilim va ko‘nikmalarni, ularning fikrlash qobilyatini, hozir javoblilik darajasini o‘sishiga sababchi bo‘lmoqda. O‘qituvchi tomonidan rejalashtirilgan maqsadga, kafolotli natija erishish koeffetsenti oshadi. Ta’lim beruvchi (o‘qituvchi) o‘quv mashg‘ulotlarni tashkil etishda uni olib borishda, asosan texnologik xaritani auditoriya holatidan, undagi o‘quv va texnik vositalarning barqarorligidan kelib chiqib rejalashtirmog‘i va tuzmog‘i lozim. Ta’limni tashkil etishda kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichlari talablariga binonan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan, turli xil metodlardan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning faolligi oshadi, darsga bo‘lgan qiziqishi ortadi, muloqotga kirishish ko‘nikmasi shakllanadi. Metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir yo‘la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy, salbiy tomonlari, afzalliklari va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Bu interfaol metodlar tanqidiy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. Informatika fanini o‘qitishda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. Tajriba mashg‘ulotlari bevosita kompyuter bilan jihozlangan xonalarda olib boriladi. Ushbu kurs ishi “Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi” deb nomlanib, u ikki bobdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Kurs ishining birinchi bobida ta’lim texnologiyasining mohiyatli belgi va xususiyalari, an’anaviy va zamonaviy ta’limning yutuq va kamchiliklari, talabalarning bilimini baholash turlari va ularning avzallik hamda kamchiliklari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Ikkinchi bobda informatika fanining o‘quv mashg`ulotlarida qo‘llash mumkin bo‘lgan interfaol usullar va ularning qo‘llash uslublari haqidagi ma’lumotlar o‘z aksini topgan. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling