Pedagogik faoliyatning axloqiy jihatlari
Download 70 Kb.
|
Pedagogning axloqiy sifatlarining mazmuni.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axloqiy ma‘rifatlilik
Pedagogning axloqiy sifatlarining mazmuni. Reja: 1. Axloqiy ma‘rifatlilik 2. Axloqiy tajriba 3. O’z-O’zini axloqiy tarbiyalash O’qituvchilik faoliyati o’z mohiyatiga ko’ra axloqiy xarakterga ega. Pedagogik faoliyatning bunday xususiyati barcha fan o’qituvchilariga, tarbiyachilar, sinf va maktab rahbarlariga birdek taalluqlidir. Barcha pedagogik xodimlarning har bir so’zi va amaliy xatti-harakatlari o’quvchilarga, tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy axloqni singdirish maqsadiga xizmat qilishi lozim. Bu ish, o’z navbatida, muallim va o’quvchilardan axloq nazariyasi, axloqiy tasavvur va tushunchalar, o’qituvchi odobiga doir bilimlarning muntazam ravishda oshirib borishni; muhokama, mulohaza qilib, uning mohiyatini tushunish, mag’zini chaqishni talab etadi. Murakkab axloqiy hodisalarning mohiyatini o’quvchilarga tushuntirish mas‘uliyatli ish bo’lib, buning uchun muallim o’quvchilarning yoshi, saviyasiga mos, ular tushunadigan axloqiy faktlar, misollarni izlab topishi, tanlab olishi kerak. Pedagogik faoliyat o’qituvchidan axloqiy-ma‘rifatli, yaxshi xulq egasi bo’lishni; axloqiy tajribaga ega bo’lishni, o’z-o’zini muntazam ravishda axloqiy jihatdan tarbiyalab borishni talab etadi. Shu bilan birga, muallim o’quvchilarga muntazam ravishda axloqdan saboq berib, ularning axloqiy bilimli qilishi; bolalarga yaxshi xulqiy odatlarni amalda bajartirib, mashq qildirib, axloqiy tajriba orttirishlariga ko’maklashishi; o’quvchilarni ham o’z-o’zini tarbiyalab borishlariga erishishi zarur. Axloqiy ma‘rifatlilik Axloqiy ma‘rifat pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi bo’lib, uning maqsadi umuminsoniy va milliy axloqning mohiyatini, qonuniyatlarini, uning tamoyillari, talablari, qoidalariga doir bilimlarni, axloqning odamlar hayotidagi o’rni va rolini muallimning o’zi anglab olishi va tarbiyalanuvchilarga, o’quvchilarga singdirishidir. Pedagogik xodimlarning hammasi, barcha fan o’qituvchilarining faoliyati shu maqsadga qaratilishi zarur. O’zbekiston maktablarida “Odobnoma” o’quv predmeti sifatida o’qitilayotgani ham o’quvchilarni axloqiy-ma‘rifatli qilishdek muhim vazifani tuzukroq bajarishga, o’quvchilarning axloqiy tarbiyasini yaxshilashga da‘vat etilgan. O’quvchilarni axloqiy-ma‘rifatli qilish bu, ularning axloqqa doir muammolar, axloqiy baho mezonlari bilan tanishtirish; kishi biror ishni qilayotganda fikri, so’zi, xulqi, xatti-harakatlarida mas‘uliyatini va erkinlik darajasini bilishi, har bir harakatining xulq-atvorining oqibatini ko’z oldiga keltirish lozimligini yoshlarga anglatishdan iborat. Shu tariqa o’quvchilar hayotining ma‘nosi, yashashdan maqsad baxt nima ekanligini anglab olishlari lozim. Bu muammoli masalalarni boshqalarga tushuntirish uchun o’qituvchi axloq nazariyasi sohasida chuqur bilimga ega bo’lishi, umuminsoniy va milliy-axloq bilan sinfiy axloqning farqi va o’xshash tomonlarini ajrata bilishi lozim. O’quvchilarning to’g’ri javob berish uchun muallimning ko’p vaqti ketadi, u ko’p kuch sarflaydi. Lekin bu jarayonda o’qituvchining axloqqa doir bilimlari, ma‘naviy saviyasi ham orta boradi. Axloqiy ma‘rifat shaxsni axloqiy tarbiyalashning birinchi bosqichi bo’lib yoshlarni axloq to’g’risida falsafiy ta‘limotlarning mazmuni va mohiyati, progressiv axloqiy g’oyalar, tamoyillar, qoidalar bilan tanishtiradi. Kishi xulqiga bilimdan ko’ra ham e‘tiqod ko’proq to’rtki bo’ladi. Axloqiy bilimlar hali e‘tiqod degani emas. Ayrim o’qituvchilar buning farqini ajrata olmay, axloqiy bilim berishni-axloqiy tarbiya berish deb tushunadilar. Shuning uchun ham ular ko’pincha bolaga nasihat qilish, axloqqa doir mavzularda suhbatlar o’tkazish bilan cheklanib, bolalarga yaxshi ishlarni amalga oshirishga, axloqiy ko’nikma va malakalar hosil qilishga kamroq e‘tibor beradilar. Maktablar tajribasini kuzatish shunday dalolat beradiki, o’quvchilar “Odobnoma” darslarida, shuningdek jamiyatshunoslik, gumanitar fanlarni o’qitish jarayonida “Axloq”, “Odob” so’zlarining ma‘nosini bilib oladilar. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy urf-odatlari, axloq-odobi, tarixini, Avesto, Qur‘oni Karim Hadislarga doir bilimlarni o’rganadilar. Ona Vatan tarixi, Spitamen, Malika Tumaris, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur vatan fidoiylarining jasoratlari bilan tanishadilar. Insoniy munosabatlari bilan tanishadilar. Insoniy munosabatlar odobi-salomlashish va xayrlashish qoidalari, so’zlashuv va muosharat odobi qoidalarini bilib oladilar. Shuningdek, insoniy fazilatlar-tozalik, ozodalik, poklik, soch-soqqolni parvarish qilish, pardoz-andoz odobi qoidalarini; halol, harom nimaligini,chekish, ichkilikbozlik, giyohvandlik kabi zararli odatlardan saqlanish haqidagi tushunchalarni; oilaviy hayot odobi va psixologiyasiga doir bilimlarni o’rganadilar. Bularning barchasi o’quvchilarni axloqiy jihatdan ma‘rifatli qilishga qaratilgan. Shu bilan birga ularda umuminsoniy va milliy va milliy axloq qoidalari, talabalariga mos ravishda harakat qilgan bo’lishi zarur. Odobnoma mashg’ulotlarini hayot bilan bog’layman deb, sinfdagi o’quvchining biror nojo’ya xatti-harakatini takror-takror misol sifatida keltiraverish, uni qoralayverish ham yaxshi natija beravermasligini unutmaslik darkor. O’quvchilarni axloqiy ma‘rifatli qilish vositalaridan biri ularga pand-nasihat berishdir. Nasihatni albatta, o’rni bilan va me‘yorida ishlatish lozim. Aks-holda u nasihatbozlikka aylanib ketadi. “Keksalar sizdek paytida unday qilgan edilar, bunday qilgan edilar. Siz urush nimaligini, qiyinchilik nimaligini ko’rmagansiz, bashang kiyinasiz, tayyorga ayyorsiz” qabilida ta‘na toshlarini otish, minnat qilish yoshlarning g’ashini keltirib, nafratini qo’zg’atishi mumkin. Keksalar haqida, ularning yaxshi an‘analari, odatlari haqida gapirish bilan birga yoshlarning ham ibratli ishlari, yaxshi xulqini ma‘qullash, xolisona baholash kerak. Shuni unutmaslik lozimki, jamiyat hamma vaqt olg’a qarab taraqqiy etadi. Yoshlar ota-onalaridan ko’ra ilgarilab ketadilar. Ular xulqida biror salbiy hodisa yoki odobsizlik uchrasa, buning sabablarini aniqlash lozim. Ko’pincha bolaning yomon xatti-harakatiga ota-ona, kattalar sabab bo’lishi, bu noto’g’ri tarbiya oqibati ekanligi ma‘lum bo’ladi. Muallim biror axloqiy qusurni o’quvchilar bilan tahlil etayotganida, iloji boricha, sinfda turgan o’quvchini misolga keltirmasligi yoki “o’quvchilardan qaysi biri bunga o’xshaydi” deb, darsni bo’shroq o’zlashtiradigan yoki sho’xroq bolaga ishora qilmasligi lozim. Bunday “axloqiy ma‘rifat” bolani haqoratlashga aylanishi, yomon oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. Bolalarni axloqiy ma‘rifatli qilish uchun muallim o’quvchilarning hissiyotiga ta‘sir o’tkazadigan vositalardan foydalanishi kerak. Bunda badiiy adabiyot, ayniqsa, she‘riyat juda qo’l keladi. Masalan, Hadislarning mazmunini ifodalagan she‘rlar-Alisher Navoiyning “Qirq hadis”i, Abdulla Oripovning “Haj daftari”, Anvar Hojiahmadning “Jannat kaliti” (Muhammad Alayhissalomning 33 masaladagi 333hadislariga 333 she‘riy iqtibos. Toshkent, “Cho’lpon”, 1994, 96-bet) va boshqalardan foydalanish axloqiy saboq mashg’ulotlarini jonlantiradi, tarbiyaviy ta‘sirini oshiradi. O’quvchilarni axloqiy ma‘rifatli qilishda “Odobnoma” darslari muhim rol o’ynaydi. O’zbekiston maktablarida T. Qurbonovning “Odobnoma” (Toshkent, “O’qituvchi”, 1991, 1995) darsligi bo’yicha o’tkazilayotgan mashg’ulotlar bunga yaqqol misol bo’la oladi. Muallimning axloqiy-ma‘rifiy faoliyati samarali bo’lishi uchun u o’quvchi yoki talabaning axloqqa doir bilim darajasidan xabardor bo’lishi kerak. Bolalar bilan yakkama-yakka suhbatlar o’tkazish, savol-javob kechalarini tashkil etish, mashg’ulotlar jarayonida axloqqa doir savollar berish kabilar bunda qo’l keladi. O’qituvchi bolalarni axloqiy ma‘rifatli qilish jarayonida shuni esda tutishi lozimki, “Hayotning ma‘nosi nimadan iborat”, “Kimni baxtli deyish mumkin?” “Baxtlilikni ulchaydigan toshu tarozi, mezonlar bormi?” kabi axloqiy masalalarga yoshlar hamma vaqt qiziqqanlar va qiziqadilar. Shuningdek, oilaviy hayot jinsiy odob muammolarining ahloqiy jihatlari ham sinfdagi biror bolaning salbiy xatti – harakati haqida gap ochilgan bulsa, juda ehtiyot bo’lish, bolaning shaxsiga tegmaslik, aksincha mualim bola shaxsiga va uning qadr –qimmatiga inson sifatida qarashi, hurmat bilan yondoshshishi zarur. Muallim o’quvchilarni axloqiy ma‘rifatli qilishda “Otalar so’zi -aqlning ko’zi”, “Ma‘rifatnoma” kabi teleko’rsatuv materiallarini ham foydalanishi muhimdir. O’quvchilarga axloqiy saboq berishda kino – film va telefilmlardan qo’l keladigan tanlay bilish lozim. Shu bilan birga teleekran, kinoekranlarda namoyish etilayotgan ayrim chet el filmlari xalqimizning tarixan qaror topgan milliy qadriyatlari, urf –odatlari, axloqiga to’g’ri kelmasligi ham o’quvchilarga tushuntirish lozim. Download 70 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling