Pedagogik innovaciya va innovacion faoliyat-ta'lim sifatinining kafolati


Download 20.7 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi20.7 Kb.
#1636770
Bog'liq
Dilnaz tezis


Pedagogik innovaciya va innovacion faoliyat-ta'lim sifatinining kafolati
Pedagogika kafedrasi assisstent oqıtıwshısı: D.Dauletnazarova
Pedagogika fakultet oqıw isleri boyınsha
dekan orın basarı: R.Turǵanbekov.
Hozirgi vaqtda «Innovaciya tushunchasi» manosi keng qo'llanilmoqda. Innovaciya so’zi inglizcha so’z bo’lib — «innovacion» yangilik kiritish dagan manoni bildiradi, yáni tizim ichki tuzilishini o’zgartirish, deb táriflanadi. Innovaciya amaliyot va ish faoliyatining muhim qismi bo’lib, ijtimoiy- madaniy ob'ekt sifatlarini yaxshilashga yo’naltirilgan ijtimoiy sub'ektlarning harakat tizimidir. Innovaciyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo’lib, bitta tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir. Ular toshhabbuslar va yangiliklar asosida tuǵilib, ta'lim mundarijasini rivojlantirish uchun istiqbolli bo’ladi.
Shuningdek, umuman ta'lim tizimi rivojiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Innovaciya — malum bitta faoliyat moydonidagi yoki ichlab chiqarishdagi texnalogiya, shakl va metodlar, muammoni echish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo’llash, undan ancha muaffaqiyatga erishishiga olib keluvchi natijalardan biri hisoplanadi. Bugun ta'lim tizimidagi innovaciyalarni quyidagicha tasniflash mumkin: — faoliyat yo’nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi) — kiritilgan ozgarishlarning tavsifiga ko’ra (lokal, modulli, tizimli) turlarga ajraladi.
Innovaciyalar pedagogik jarayonning uzluksiz yangilanib borishiga olib keladi. «Yangiliklarni joriy qilish» tushunchasi bizningcha, yangilik, ham ana shu yangilikni amaliyotga joriy etish jarayonidir.
Yangilik — bu olohida shaxs uchun yangi bo’lgan ǵoyadir, bu ǵoya ob'ektiv ravishda yangi yoki yangi emasligi ahamiyat kasb etmaydi, biz uni vaqt bo’yicha — yangilik ochilgan undan birinichi marta foydalanilgan vaqdta aniqlaymiz.
Yangilikni joriy qilish predmet mundarijasiga ko’ra uchta asosiy guruhga bo’linadi: 1) texnik- texnologik; 2) mahsuliy; 3) ijtimoiy. O’z navbatida bularga quyidagilar kiradi: iqtisodiy, tashhkiliy- boshqaruv, xususiy- ijtimoiy, huquqiy.
Ta'lim tizimidagi har qanday yangilik innovaciya bo’la olmaydi. Shu sababli «novaciya» va «innovaciya» tushunchalari o'rtasidagi asosiy farqlarni ko’rsatib o'tish zarur. Buning uchun islohot faoliyatining aniq shakli, mundarijasi va ko’lami asos bo’lib xizmat qiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli bo’lsa va yaxlit tizim xususiyatiga ega bo’lmasa, muayyan tizimdagi faqat bázi unsurlarini ozgartirishni vazifa qilib qo’ygan bo’lsa, u holda biz novaciya bilan muloqot qilayotgan bo’lamiz. Agar faoliyat malum konceptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan bo’lsa va uniń natijasi o’cha tizim rivojlanishiga yoki uning printsipial ozgarishiga olib kelsagina innovaciya deya olamiz. Har ikkala tushuncha mezonlari quyidagicha: innovaciya amaldagi ish va amoliyat doirasida amalga oshiriladi, ko’lam va vaqt bo’yicha chegaralanadi, metodlar yangilanadi va natijasi avvalgi tizimni takomillashtiradi. Innovaciya esha tizimli, yaxshi va davomli bo’ladi, malum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi, amaliyot sub'ektlari mavqelarini to’la yangilaydi. Bunda faoliyatning yangi yo’nalishlari ochiladi, yangi texnologiyalar yoratiladi, faoliyatning yangi sifat natijalariga erishiladi, natijada amaliyotning o’zi ham yangilanadi. Innovaciyaning amaliyotga kiritilishi innovacion jarayonlarda amalga oshiriladi. Innovacion jarayon deb — innovacion o’zgarishlarga toyyorgarlik ko’rish va uni amalga oshirish jarayoniga aytiladi.
Innovacion jarayon — bu pedagogik yangiliklar, bu yangiliklarning pedagogik hamjamiyat tamonidan o’zlashtirilishi va ulardan ilmiy asosda amaliyotda foydalanishning o’zgarib boruvchi yaxlitligidir. Ta'lim yarayonidagi innovacion o’zgarishlar, ta'lim tizimiga har qanday yangilikning kiritilishi bevosita o’qituvchi faoliyatini yangilash va o’zgartirish orqali amalga oshirilishi ham otroflicha o’rganilgan.
Innovacion faoliyat — bu uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ichlash bo’lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi. O’qituvchi innovacion faoliyati xususiyatlarini o’rganib chiqqan pedagogik fikrlariga tayangan holda, quyidagilarni innovacion faoliyatning asosiy belgilari deb hisoblash mumkin: — ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish; — pedagogik tadqiqot metodlarini egallash; — mualliflik koncepciyalarini yoratish qobiliyati; — tajriba — sinov ichlarini rejalashtirish va amalga oshirish; — o’zidan boshqa tadqiqotchi — pedagoglar tajribalarini qo’llay olish; — hamkasblar bilan hamkorlik; — fikr almashish va metodik yordam ko’rsata olish; — ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish; — yangiliklarni izlab topish va ularni o’z sharoitiga moslashtirib borish.
Innovacion faoliyat davrida yangiliklar, innovaciyalar, tom manoda ta'lim jarayoniga kirib keladi. Shu sababli ta'lim tizimidagi innovaciyalarni pedagogik jarayonga kiritish 4 bosqichda amalga oshiriladi: 1. Muammoli tahlil asosida aniqlash. 2. Mo’ljallanayotgan ta'lim tizimini loyihalash. 3. O’zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish. 4. O’zgarishlarni amalga oshirish. Innovacion faoliyatga toyyorlashdan maqsad — o’qituvchining yangilikka intiluvchanligini, mustaqil o’z ustida ichlash ko’nikmasi va malakasini shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanib, dars va darsdan tashhqari mashǵulotlarni o'tkazish malakasini takomillashtirishdan iborat.
Xulosa qilib aytganda, innovacion faoliyat — yangi ijtimoiy talablar bilan meyorlarning mos kelmasligi yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan meyorining yuzaga kelgan meyor bilan to’qnashuvi natijasida vujudga kelgan qator muammolarni echishga qaratiladi. Innovaciyalar doimiy ravishda pedagogik faoliyatga yangiliklar olib kirish orqali ta'lim rivojiga hissa qo’shadi, pedagogik faoliyatga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Oqituvchining innovacion faoliyati pedagogik mahoratni harakatga keltiruvchi, unga boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuch vazifasini bajaradi va ta'lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. Shuning uchun ham innovaciyani har bitta oqituvchi tushunib, o’qib va o’rganib, o’zining pedagogik faoliyatiga olib kira olsa, ta'lim standartlarida ko’rsatilgan meyoriy talablar amalga oshadi. O’qituvchi innovaciya faoliyatga toyyor bo’lib, darsga eng so’nggi yangiliklarni olib kirib, o’quvchiga qiziqarli va uni ehtiyojiga mos ravishda tashkil etsagina, sifat va katta rivojlanishlarni kafolatlashi mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Omonov N.T. , Xo’jayev N., Madiyorova S., Eshchanov E.Pedagogik texnologiya va pedagogik
mahorat.- T:”IQTISOD-MOLIYA” ,2009 y.
2. А.В. Хуторский, Педагогическая инноватика –М: “Akademiya” 2008.
3. Xo’jayev B.X., Zufarov Sh.N Pedagogik innovatika.- T: “Fan va texnologiya” nashriyoti 2010.
Download 20.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling