Dastur nomi
|
Ishlab chiqarish amaliyoti.
|
Ajratilgan soat
|
180
|
O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
|
24
|
Dasturning maqsadi
|
Amaliyotni o‘tash ta’lim muassasasi bilan avtokorxona va birlashmalar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq avtokorxonalarda o‘tkaziladi. Amaliyotning maqsadi:
-“Avtomobil kuzovini tamirlash chilangari ” kasbi fanlarini o‘qib tugatilgach uni amaliyot orqali mustahkamlash va korxonalardagi ish uslubi hamda tajribalarni o‘rganishdan iborat.
-Amaliyotni o‘tish davrida talabalar avtokorxonaning bo‘limlari bilan tanishadila.
Tasarruf xizmati ishini chuqurroq o‘rganadilar. Xarakat xavfsizligi va texnika xavfsizligi bo‘limlari ishini o‘rganadilar. Amaliyotning vazifasi:
Talabalar avtokorxonada bajargan ishlarini o‘z kundalik daftariga qayd qilib boradilar. Amaliyot davrida o‘rgangan bilimlari va ishlarini xisobot tariqasida yozib amaliyot so‘ngida kasb-hunar maktabiga toshiradilar. Amaliyot xisobotini talaba, kasb-hunar maktabidan amaliyot rahbari, avtokorxonadan amaliyot rahbari o‘z familiya va imzosi bilan tasdiqlaydilar va avtokorxona muxri qo‘yiladi. Amaliyot hisobotini kasb-hunar maktabidagi amaliyot rahbari qabul qiladi va kasb-hunar maktabi arxiviga topshiradi.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
-avtomobil kuzov va ramalariga , tashhis qo‘yish;
-avtomobil, kuzov va ramalariga texnik xizmat ko‘rsatish;
-avtomobil, kuzov va ramalarini ta’mirlash;
-yengil, yuk avtomobillarning kuzov va ramalariga servis xizmat ko‘rsatish;
|
O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi
|
fizika, matematika va kimyo shuningdek elektrotexnika va elektronika asoslari, texnikaviy chizmachilik, chilangarlik ishilari, Avtomobillar tuzilishi, avtomobil kuzovini ta’mirlash va bo‘yash
|
|