Pedagogik jarayonlarni tashkil etishdagi uzviylik ta’moyili
Download 17.02 Kb.
|
2 5377577621875852760
- Bu sahifa navigatsiya:
- PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISHDAGI UZVIYLIK TA’MOYILI
- Foydalangan adabiyotlar
Ergashev Jamshid Qo’ldoshivich Jizzax Davlat pedagogika instituti, o’qituvchi jamshid.ergashev.1989@mail.ru +9987 484 4777 Toshpo’latova Nodira Nurillaevna Jizzax shahar XTB ga qarashli 14-maktab o’qituvchisi +998915681283 PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISHDAGI UZVIYLIK TA’MOYILI Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashning muhim omillaridan biri-bu ta’lim tarbiya jarayonini davr talablari asosida olib boorish, onglilik va faollik tamoyiliga asoslanib ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars o’tishdir. Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, uni yangi sifat bosqichiga olib chiqishning asosiy sharti, unga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish, sifat ko’rsatkichlariga erishishdir, chunki, ta’limdagi o’zgarishlar va unga bo’lgan etibor davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Ta’lim jarayonini tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o’quv tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almahinuvu va takomillashuvi jarayonida har bir insonning o’z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirish imkoniyatini yaratadi. Ta’limning bugungi vazifasi o’quvchilarni kun sayin o’sib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko’rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o’rgatishdan iborat. Bunda jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlashga, kerakli xulosa qabul qilishga, o’tilayotgan mavzularda egallagan bilimini qo’llay olishga, amaliy mashg’ulotlar va labaratoriya tajribalarini o’tkazish bo’yicha ko’nikmalar hosil qilishga o’rgatishdan iborat. Uzluksiz ta’lim-tizimini tashkil etish shartlari: -innovatsion ta’lim texnologiyasi talablaridan kelib chiqqan holda ta’lim mazmunini yangilash, uzluksiz ta’lim tizimida uzviylik tamoyilini metodik jihatdan ustuvor hisoblash; -o’tiladigan darslarning mavzularini zamonaviylashtirish; -fanlararo bog‘lanishni ta’minlashda turli o‘qitish metodlaridan foydalanish va takrorlanishlarga barham berish; -dars va mustaqil ta’lim mutanosibligini o‘rnatish; -fanlarni o‘qitishning tarbiyaviy yo‘nalishini kuchaytirish; o’quvchilarni darslik bilan mustaqil ishlashga, bilim olishga o‘rgatish. Pedagok hodimlarning metodik tayyorgarligini shakllantirishda Davlat ta’lim standartlari,o‘quv rejasi, o‘quv dasturi hamda darslik, qo‘llanma va metodik qo‘llanma mazmunini chuqur bilish, fanini uzviylik tamoyili asosida tahlil etish; fan dasturi mazmunidagi nazariya hamda qonunlarni aniqlay olish, samarali innovatsion texnologiya turlarini ajratish va ulardan foydalana bilish. O‘qitishning uzviyligi o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlari rivojlanishining asosiy omillaridan biridir. Bu bilim, ko‘nikma va malakalardagi uzluksiz bog‘lanishni ta’minlashni nazarda tutadi. Ma’lum o’quvchilarga amal qilinganda o‘qitish sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatiladi. Mashg‘ulotlarda o‘qitishning uzviyligi o’quvchilarga didaktikaning umumiy tamoyillarini asos qilib olish lozim. Bunda quyidagi shartlarga asoslanish kerak: -mashg‘ulotlar uchun tanlabolingan va o’quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan material ilmiy asoslangan bo‘lishi; - o‘qitish uzviyligi mazmuni o’quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilishi, mashg‘ulotlarining mazmuni, o‘tkazish usullari va tashkil etish shakllaridagi uzviylik o‘quv fanini o‘qitish maqsadlariga erishishga xizmat qilishi; -o‘qitish uzviyligi asosida tavsiyalar, didaktika tamoyillari asoslangan pedagogik-psixologik talablarga zid bo‘lmasligi; - darslarda o‘tilgan materiallarga muvofiq bo‘lishi va o’quvchilarda qiyinchilik tug‘dirmasligi. Uzviylikni ta’minlashga ichki va tashqi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ichki omil o’quvchilarning diqqat-e`tibori, maqsadlari, tayyorgarlik darajalari va qiziqishlariga bog‘liq. Tashqi omil o‘quv materialining hajmi, tuzilishi, tushunarliligiga bog‘liq. O‘quv materiali mazmunida uzviylikning amalga oshirilishi o’quvchilarning bilimlarni egallashi,ko‘nikma va malakalarining shakllanishini ta’minlaydi. O‘qitish texnologiyalarining tarkibiy tashkil etuvchisi hisoblangan mustaqil o‘quv faoliyati vaqt o‘tishi, tajriba ortishi, bilimlar egallanishi bilan uzluksiz ta’limning yuqori bosqichlarida yana rivojlanadi. Xulosa qilib aytganda, uzviylik bir paytning o‘zida ham pedagogik, ham psixologik muammo bo‘lib, pedagogdan asosli ravishda uni amalga joriy etishni talab etadi. Foydalangan adabiyotlar 1. Abduqodirov A., Pardayev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. Toshkent: Iste`dod, 2008. 2. Tojiev M. va boshqalar. Pedagogik texnologiya: Zamonaviy ilmiy – nazariy asosi. Toshkent. 2008 3. Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. Toshkent: TDPU, 2003 y. Download 17.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling