Pedagogik jarayonni tashkil etishda o'qituvchi muloqot madaniyatining imkoniyatlari


O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqot olib borish yullari


Download 77.5 Kb.
bet3/5
Sana14.05.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1458108
1   2   3   4   5
Bog'liq
PEDAGOGIK JARAYONNI TASHKIL ETISHDA O\'QITUVCHI MULOQOT MADANIYATINING IMKONIYATLARI

O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqot olib borish yullari. O’qituvchining ish faoliyati davomida o’quvchilar bilan muomala – munosabatlari katta urin egallaydi. Bu jarayonda bola insoniyat tuplagan bilimlarni, muomala qilish tajribalarini egallab oladi. O’qituvchi esa pedagogik jarayonda asosiy shaxs bo’lib xizmat kiladi, unga yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. Shuning uchun ham o’qituvchiga bolaning muomalasiga, axloqiga, xulqiga nisbatan aloxida, katta talablar kuyilgan.
O’qituvchi xayotga endigina kadam kuyayotgan bolalar bilan doimo muloqotda bo’ladi. Bolalar o’qitish va tarbiyalash jarayonida umuminsoniy va milliy urf – odat mezonlarini o’zlashtiradilar. O’quvchi muomala odobini, muloqot olib borish yulini asosan o’qituvchi timsolida anglab oladilar. Muallim bola uchun bir umr ideal, ibrat, namuna bo’lib qoladi.
Afsuski, hamma muallimlar ham bolalar nazarida shunday bo’lib kolmaydi. O’zining ko’pol muomalasi bilan o’quvchini ukishdan sovitib, dilini ranjitadigan o’qituvchilar ham axyon – axyonda uchrab turadi, albatta. Xayotda, amaliyotda bunga ko’plab misollar topiladi. Bunday o’qituvchilar bolalar orasida obru orttira olmaydilar.
O’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muloqotni tartibga soluvchi talablardan biri bolaning xulqini, muomalasini, bola bajargan ishini odilona to’g’ri baholashdir. Xulqi, muomasida esa bolaning biror kishi yoki narsaga munosabati ham ifodalanadi.
Pedagogik faoliyatda sinfdan va maktabdan tashkari ishlar o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muloqotning muxim soxalaridan biri xisoblanadi. Sinfdan va maktabdan tashkari ishlarning turi nixoyatda ko’p bo’lib, o’qituvchi tomonidan muloqot jarayonida u ishlarni xususiyati va bajarish jarayoni, natijasi haqida tulik tushuntirishiga bog’liqdir.
Muloqotlar jarayonida o’qituvchi ayrim talablarga rioya qilishiga to’g’ri keladi:
O’z ishi jarayonida o’qituvchi har bir o’quvchining kadr – kimmatini inson sifatida xurmat qilishi, o’quvchiga nisbatan ishonch;
Bolaga mehribon, gamxur bo’lishi, shodligiga ham, tashvishlariga ham sherik bo’lish;
Bolalar bilan har qanday muloqot jarayonida aloxida yondoshish, pedagogik taktni saklash.
O’qituvchi faoliyatida sharkona umuminsoniy kadriyatlardan foydalanish. Muallimlik kasbi shunday sharafli, ishonchli va olijanob kasblardan bo’lganligi uchun ham Milliy dasturdan, ta‘lim to’g’risidagi Qonundan kelib chikadigan vazifalarni maktab o’quvchilari, o’quv yurtlarining pedagog xodimlari, professor o’qituvchilari bajaradilar. Shuning uchun ham «Qonun»da pedagog xodimlar o’zlarining kasb – kor sha‘ni va kadr – kimmatlarini ximoya qilishlari : odob – axloq koidalariga rioya etishlari, bola, o’quvchi va talaba, o’qituvchi – o’quvchi shaxsning kadr – kimmatini xurmatlashlari; ularni mexnatga, qonunlarga, ota – onalar va xotin – kizlarga, ma‘naviy – tarixiy, madaniy – milliy va umuminsoniy kadriyatlarga xurmat ruhida atrof – muxitga extiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalashlari, o’zlarining butun faoliyatlari va shaxsiy namunalari bilan umuminsoniy axloq koidalariga, xakikat, adolat, vatanparvarlik, yaxshilik va bashqa xayrli xislatlarga nisbatan xurmatni qaror toptirishlari; usib – ulgayib kelayotgan avlodni bir – birini tushunish, xalqlar o’rtasida, shuningdek barcha elatlar, millatlar va diniy guruhlar o’rtasida tinchlik, axil – inoklik ruhida tarbiyalashlari lozim.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning deyarli barcha asarlarida, so’zlagan nutklarida o’zbek xalqining ko’p asrlik ma‘naviy – milliy, madaniy kadriyatlarni, uning odob – axloqini belgilab beruvchi Ko’r‘oni Karim, Xadisi Shariflar, Imom al Buxoriy, Imom at – Termiziy, Baxouddin Nakshband, az – Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Axmad Yassaviy, Sufi Olloyor, Sulaymon Bakirgoniy kabi mutafakkirlarning bebaxo merosini, Al Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Maxmud Koshgariy, Yusuf Xos Xojib, Axmaj Yugnakiy, Mirzo Ulugbek, Amir Temur, Bobur, Alisher Navoiy, Kamoliddin Bexzod kabi allomalarning jaxon fani va madaniyatiga kushgan ulug va bebaxo xissalarini o’rganish, shu asosda yosh avlodni tarbiyalash zarurligi ta‘kidlanadi.
Prezidentning ta‘kidlashicha, yoshlarni umuminsoniy kadriyatlar asosida tarbiyalashda islom ta‘limotining ahamiyati katta. Islom dini -- bu ota – bobolarimiz dini, biz uchun ham iymon, ham diyonat, ham ma‘rifatdir.
Tarixga nazar tashlar ekanmiz, odamlarni o’z – o’zini idora etishga, yaxshi xislatlarni ko’paytirib, yomonlardan xalos bo’lishga chorlagan. Har bir insonga, oila, jamoa, xalqka raxnamo bo’lgan. Kishilarni ogir sinovlarga bardosh berishga, yorug kunlarga intilib yashashga da‘vat qilgan, ishontirgan. Bunday da‘vat o’z navbatida odamlarga kuch – kuvvt bagishlagan, irodasini mustaxkam qilgan, bir – biriga mehr – oqibatini oshirgan. «Demak, din xalq ma‘naviyatining yuksalishiga katta xissa kushib kelgan ekan. Bugungi davlatchiligimiz haqida so’z yuritganda, rejalar to’zganda dinni eng avvalo, ham milliy, ham umuminsoniy kadriyat sifatida e‘tiborga tutishimiz lozim. (I.A.Karimov. O’zbekiston siyosiy – ijtimoiy va iktisodiy istikbolining asosiy tamoyillari. «Xalq so’zi» gazetasi. 1995 yil. 24 fevral). Hamma gap ana shu umuminsoniy va milliy kadriyatlarni uygunlashtirib xayotga tadbik etishda.
Islom ta‘limoti utmishda yaratilgan barcha iloxiy bilimlarning, insoniy tajriba va fazilatlarni umuminsoniy kadriyat sifatida o’zida mujassamlashtirdi. Ko’r‘oni Karim va Xadisu Sharifda bayon etilgan kishilarni yaxshilikka undovchi goyalar, insoniyat madaniyati xazinasiga kushilgan ulkan xissa ekanligi jaxon mikyosida allakachon tan olingan.
Islom ta‘limotida yoshlar barkamol inson bo’lib yetishishlari, ayol va erkak turmushda, jamiyatda o’z mavkelarini, vazifalarini bilib, pokiza xayot kechirishlari lozimligi ta‘kidlanadi. Erkaklarda gurur, ayollarda sharm – xayo, kizlarda iffat, bolalarda mehr – oqibat, xalol bilan haromning farqiga borish kabi fazilatlarni tarbiyalash islom ilmining mazmunini tashkil etadi.
Shuningdek, Xadislarda yomon xulq, razolat, kibr – xavo, adovat, xasad, xiyonat, yolgonchilik, munofiklik, poraxurlik, bo’zuklik kabi illatlar koralanadi.
«Pedagogik mahorat» fanimizning 3 – mavzusida «O’qituvchi irodasi, sabr – tokati, o’z – o’zini idora qilish, xis – tuygularini, kayfiyatini bashqara olish, rostguylik» kabi talablar mavjud. Bu talablarni bajarishda xuddi ana shu islom ta‘limotidan foydalanish kul keladi.
Islom ta‘limotida yaxshilik qilish insonning tabiiy exsoni bo’lib, Ollox insonga o’z ne‘matlarini exson qilganidek, inson ham bashqalarga yaxshilik qilish, saxovatli bo’lish kerakligi ta‘kidlanadi. Yoki sabr – tokatli bo’lish yuksak axloqiy fazilat sifatida uluglanadi. Sabr hamma fazilatlarning onasi, har bir fazilatning asosidir. Bu fazilat qiyinchiliklarni yuqotish yulida uchraydigan har narsaga chidamlilik, insonlardan kelayotgan aziyatni yuqotish kabilarga bardoshli bo’lish fazilatidir.
Maktabda, oliy o’quv yurtlarida ham har bir o’qituvchi xayotida ko’plab karama – karshiliklar, kelishmovchiliklar bo’lib turadi. Ana shunday vaziyatlarda ham o’qituvchi islom ta‘limotlaridan javob topadi.
Insonga xos olijanob professional sifatlardan biri kechirimli bo’lishdir. Bu sifat keng qalbli, birovlarning adovati va aziyatiga chiday oladigan kishilarda bo’ladi. Insonlar ko’pincha xato kiladilar va xatolarning kechirilishiga muxtojlik sezadilar. «Yomonlikni yaxshilik bilan kaytaringlar» deyiladi Rayd‘ surasining 22 oyatida. Yoki rostguylik jamiyatning barqarorligi va kishilar o’rtasidagi ishonchni ta‘minlaydigan eng muxim sifatdir.
Kishilar o’rtasidagi munosabatlarda ko’pgina muammolar uylamasdan, extiyotsizlik bilan aytilgan ko’pol so’zdan kelib chikadi. O’qituvchining chiroyli so’zi esa yaxshi muomala, mehr – oqibat kalitidir. O’qituvchi shirinso’zligi va xushmuomalaligi shartlaridan biri ovozni baland ham, past ham kilmay, me‘yorida gapirishdir. Shirinso’zlik va go’zal munosabat xech kachon, xech kaerda sotilmaydi. Bunga erishmoklikning birgina yuli bor, bu ham bo’lsa, tinimsiz shirinso’zni mashk qilishdir. Bu esa tinimsiz kitob ukish va axborotlarni tinglashdir, ko’p eshitish va taxlid qilishdir. Muomala o’qituvchining kimligini ko’rsatuvchi ko’zgudir.
Pedagogik mahorat fani o’qituvchisining maksadlaridan biri – komil insonni o’qitish va tarbiyalash natijasidir. Komil inson goyasi -- ham milliy, ham umumbashariy moxiyat va kadriyatga ega bo’lgan goyadir. Odamzodga xos eng yuksak ma‘naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan olijanob goyadir.
O’qituvchiga ishonib topshirilgan bu vazifa nafaqat aloxida shaxslarni, balki butun – butun xalqlarni yuksak tarakkiyot sari yetaklagan, ularning ma‘rifat va madaniyat soxasida tengsiz yutuklarga ilxomlantirgan.
Komil insonni tarbiyalash goyasi azal – azaldan xalqimizning ezgu – orzusi, uning ma‘naviyatining o’zviy bir kismi bo’lib kelgan. Barkamol inson haqidagi yuksak, umuminsoniy goyalar Abu Nasr Forobiy va Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarimizning asarlarida, ayniksa teran ifoda etilgan.
Xazrat Navoiyning «Kamol et kasbim, olam uyidin Senga farz ulmagay gamnok chikmok. Jaxondin notamom utmak biaynix. Erur hammomdin nopok chikmok», degan fikrlari har bir inson komillikni o’ziga shior kilib olishi zarurligini anglatadi.
Erkin fukarolik jamiyatini ma‘naviy barkamol, ezgu goyalar xayotiy e‘tikodi bo’lgan insonlargina bunyod eta oladi.
Shuning uchun ham yangilanayotgan jamiyatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta‘lim – tarbiya dasturini tubdan islox qilish, ta‘lim – tarbiya jarayoniga milliy, umuminsoniy kadriyatlardan unumli foydalanish, o’qituvchi faoliyatidagi ana shu ulugvor maksadni amalga oshirish yulidagi muxim kadamlardir. O‘zbeklar mentalitetida muomala madaniyati ko‘pchilik hollarda o‘zaro salom-alik qilish, ahvol so‘rash, oiladagi ahvol bo‘yicha axborotlarga qiziqish ko‘rsatish kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ammo aslida muomala madaniyati – o‘zga insonga bo‘lgan munosabat madaniyati bilan belgilanadi. Faqat salom-alik qilgandagiga emas, balki hayot tartibida, har kunlik hayot tarzida insonga ko‘rsatiladigan hurmatli va e’zozli, samimiy va to‘g‘ri munosabatni anglatadi. Ichki madaniyatga ega bo‘lgan odamgina har turli vaziyatlarda har qanday boshqa insonga nisbatan doimiy to‘g‘ri, samimiy va aniq munosabat ko‘rsata oladi. Muloqot madaniyati insondan boshqa insonga nisbatan har doim bir tekis munosabat ko‘rsatilishini talab etadi. Qarshingizda turgan odam boymi, qambag‘almi, qishloqlikmi, yoki shaharlikmi, mansabdormi, yoki oddiy o‘qituvchimi, bundan qat’iy nazar unga to‘g‘ri munosabat ko‘rsata olish haqiqiy insonparvarlik mezoni bo‘lib kelgan. Ammo muloqot madaniyati insondan o‘z ustida muntazam ish olib borishni talab etadi. Muloqot madaniyati o‘z o‘zidan vujudga kelib qolmaydi.
Hayotda ko‘pincha odamlar orasidagi muloqotda ularning rasmiy, xushomadgo‘y, kibr-havoli munosabatlari shohidi bo‘lamiz. Ba’zan inson yuqori martabaga erishsa, u o‘zini boshqalardan ustunligini ko‘rsatish uchun, ko‘pchilik bilan salom-alik ham qilmay qo‘yadi. Asl madaniyatda esa aksincha, insonning qanchalik martabasi ko‘tarilsa, shunchalik oddiy insonlarga o‘zining yaqinligini ko‘rsatish zarur hisoblanadi. Shu bilan birga muloyimlik, xalimlik, ochiqlik, samimiylik, to‘g‘rilik va boshqa bir necha tamoyillar ulug‘lanadi va targ‘ib qilinadi. Yoki, yigit taraf qudalar qiz tarafdagilarga sal yuqoridan turib, buyruq berib gapirishadi. Boyvuchcharoq qarindoshlar o‘zining moddiy tarafdan muhtoj qarindoshlariga nisbatan kerilib, boshqa tarafdan ularning moddiy tarafidan uyalibroq munosabat ko‘rsatishadi. Bunday vaziyatlarning barchasi – noto‘g‘ri holatlar hisoblanadi.
Demak, real hayotda, odam yoshligidanoq muloqot madaniyatiga oid ma’lum insoniy qadriyatlarning buzilayotganligi bilan to‘qnash keladi. Oqibatda, bola hayotida ikki xil standartlar holati vujudga keladi. Bir tomondan, bola muloyim bo‘lishi lozim. Ikkinchi tarafdan esa, atrofidagi ko‘pchilik odamlar, xatto-ki eng yaqin va xurmatli kishilar ham bu tartib-qoidalarga rioya qilmaydi.
Masalan, “so‘kinish” – erkaklar rioya qilmaydigan noto‘g‘ri holat, “qarg‘ash” - ayollar rioya qilmaydigan noto‘g‘ri holat. O‘g‘il bolalar “so‘kinish”ni odatda o‘z otalaridan meros qilib oladilar. Ko‘pchilik “so‘kinish” yomonligi biladi, ammo ishlataveradi. Uning yomon odatligini o‘ylab ham ko‘rmaydi. Uni ishlatganda betarbiya odamlar ichki g‘urur xis qiladi, aslida birovlarni kamsitish, ularni mensimaslik, birovlarga aziyat ulashayotganligini bilmaydi. Ayollar esa ba’zan o‘z farzandlarini “qarg‘ab” turib ularga ish buyuradi, yoki ularni jazolaydi. Aslida ayol kishiga mayinlik, mehribonlik xos bo‘lishi lozimligini ular unutib qo‘yishadi. Agar, haqiqatda ham bolalari bilan biror noxush hodisa yuz bursa, ular kuyinishi aniq. Ammo til hamma narsani ko‘taraveradi deb, og‘izlariga erk berib yuborishadi. Doimiy jerkib, behurmat qilib, faqat o‘zinikini o‘tkazib, bolaning erkini bo‘g‘ib yaxshi hulqli, idrokli, ma’naviyatli, barkamol farzandni tarbiyalab bo‘lmaydi. Demak, muloqot va muomala madaniyatining ham hayotda o‘z o‘rni va ahamiyati mavjud.
Shunday qilib, muomala madaniyati nima va konflikt vaziyatlarda mana shu muomala madaniyati talablariga rioya etish ziddiyatni yengishga ko‘mak beradimi, degan savollar dolzarblik kasb eta boshlaydi.
Muomala madaniyati bo‘yicha bilimlar ziddiyat ichida tomonlarni bir biriga yaqinlashtirish, ular orasidagi muloqotni yangitdan bir tizimga tushirish, tomonlarning o‘zaro axborot olishlarini yengillashtirish uchun xizmat qiladi. Muomala madaniyati birovni eshitish va birovga o‘z axborotlarini to‘g‘ri yetkazish qaoidalari va tartiblaridan iboratdir. Shu bois, konflikt yechimi tartiblariga muomala madaniyati bo‘yicha ma’lum qoidalar kiritiladi.

Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling