Pedagogik kasbi haqida sharq va g’arb olimlarining qonunyatlaridan foydalanish


Download 19.7 Kb.
Sana18.11.2023
Hajmi19.7 Kb.
#1783420
Bog'liq
10. Pedagogik kasbi haqida sharq va g’arb olimlarining qonunyatlaridan foydalanish

Pedagogik kasbi haqida sharq va g’arb olimlarining qonunyatlaridan foydalanish



Reja:

  1. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy til va nutqqa oid qarashlari

  2. Abdulla Avloniyniung yosh avlodga tarbiya berish haqidagi qarashlari

  3. Yan Amos Komenskiyning maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlantirishiga

  4. merosida oilada farzand tarbiyasi masalasining yoritilishi




Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy til va nutqqa oid qarashlari.


Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi – bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi.Ta’lim va tarbiya muammosi juda qadimdan mavjud. U o‘rta asrlardagi g‘arb va sharq mutafakkirlarining asarlarida ko‘rib chiqilgan. O‘sha davrlarning buyuk mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Jaloliddin Dovoniy, Alisher Navoiy va boshqalar feodal zulm va mutaasib ruhoniylarning qattiq qarshiligiga qaramasdan jahon fani, madaniyati, maorifiga beqiyos hissa qo‘shdilar.
O‘tgan davrlarda mehnatkashlaring o‘z munosabatlarini uning yoshlarga tarbiyaviy ta’sirini yanada kuchaytirish maqsadida yo‘lga qo‘yish borasidagi tajribalarini nafaqat xalq pedagogikasining qator shakllari, usullarini qayta tiklash uchun, balki shaxsni shakllantirishni boshqaruvchi obyektiv umumiy ijtimoiy qonunlar, xalq turmush tar- zini tushunish uchun ham o‘rganish lozim.
Sharqning qomusiy mutafakkiri Abu Nasr Forobiy (873–950) insonni har tomonlama takomillashtirish, ularni umumiy baxt- saodatga yetaklash yo‘llari va usullarini o‘zining ijtimoiy-siyosiy ta’limoti markaziga qo‘yadi, bu esa uning dunyoqarashlarning umuminsoniy asosga egaligidan dalolat beradi. Aynan shunday maqsadlar Forobiyning shaxsni tarbiyalash va ta’lim berish, uni takomillashtirish hamda uning ijtimoiy muammolarni hal etishdagi faol roliga nisbatan dunyoqarashlarining bosh mazmunini tashkil etadi.Uning fikriga ko‘ra, ta’lim va tarbiya oilada, o‘qituvchi yordamida maktabda va yaxshilikka asoslangan jamiyatda uning rahbari yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Forobiy fikriga ko‘ra ta‘lim – bu nafaqat aqliy rivojlanish, balki umuman ma’naviy rivojlanish, shu jumladan axloqan rivojlanish poydevoridir. Ta’lim va tarbiya o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lib, ular shaxsni ma’nan kamolotga yetkazuvchi turli yo‘llar hisoblanadi.
Forobiy ijtimoiy tarbiyani tartibga solish, uni boshqarish masa- lalariga alohida e’tibor bergan. U mehnat faoliyati tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi, degan xulosaga keladi.
Forobiy inson baxt – saodatga erishuvi uchun ularni baxtli – sao- datli qila oladigan jamoa rahbari bo‘lishi kerak deydi. U fozil shaharni boshqaradigan hokim tabiatdan:

  1. – sog‘-salomat bo‘lib, o‘z vazifasini bajarishda hech qanday qi- yinchilik sezmasligi;

  2. – tabiati nozik, farosatli; 3 – xotirasi mustahkam,

  1. – zehni o‘tkir,

  2. – o‘z fikrini tushuntira oladigan notiq,

  3. – bilim-ma’rifatga havasli,

  4. – taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o‘zini tiya oladiga bo‘lishi (qimor yoki boshqa o‘yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo‘lishi,

  5. - haq va haqiqatni, odil va haqgo‘y odamlarni sevadigan, yolg‘onni va yolg‘onchilarni yomon ko‘radigan,

  6. – o‘z qadrini biluvchi va oriyatli bo‘lishi,

  7. – mol dunyo ketidan quvmaydigan,

  8. – adolatparvar,

  9. – qatiyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo‘lishi muhimligini qayd etadi.

Forobiy bu fazilatlarni har bir yetuk insonda ko‘rishni istaydi.


Ibn Sino (980–1037) pedagogika masalalariga ijodiy yondashgan. U bola tabiatini nafaqat tabib, balki yetuk pedagog sifatida ham chuqur bilishini namoyon qilgan. Olimning bolalarga ta’lim va tarbiya berish haqidagi ko‘plab fikrlari o‘zining chuqurligi, insonparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilganligi va tarbiyadek murakkab muammoni to‘g‘ri talqin qilishi bilan kishini lol qoldiradi.
Ibn Sino taklif qilgan tarbiya va ta’lim mazmuni aqliy tarbiya, jismoniy sog‘lomlashtirish, estetik tarbiya, axloqiy tarbiya va hunar o‘rgatishni o‘z ichiga oladi. Ibn Sino bola tarbiyasining butun mashaqqati va murakkabliklarini juda chuqur tushungan. «Tib qonunlari»ning «Tarbiya haqida» nomli bo‘limida qo‘yilgan masalalar aniq hal etiladi, bola xarakterini tarbiyalash haqida qimmatli fikrlar bildiriladi.
Ibn Sinoning ilmiy pedagogik ijodida oilaviy tarbiyaga alohida e’tibor qaratiladi va bunda bosh rol oila boshlig‘i – ya’ni otaga beriladi. Ibn Sino nima uchun bolani onasi emas, balki tarbiyachi tarbiyalashi lozimligini tushuntirib beradi. Uning fikrlariga qaraganda, bolaning onasi o‘z farzandi tarbiyasida ko‘proq hissiyotlarga beriladi va bola tarbiyasida to‘g‘ri yo‘lni tanlay olmaydi. Ibn Sino tarbiyachi oldiga aniq vazifalarni qo‘yadi: u o‘z shogirdini qachon jazolashi yoki rag‘batlantirishi mumkinligini yaxshi bilmog‘i lozim.
Ibn Sino bola shaxsini hurmat qilish, bolaning tabiiy yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda uning qiziqishlarini o‘rganishga chaqiradi. U yoshga qarab davrlarga bo‘lib chiqishga harakat qilgan. O‘smirlikkacha bo‘lgan davrni u beshta davrga bo‘lgan: chaqaloqlik (bola tug‘ilganidan boshlab yo‘lga yurib ketgunicha bo‘lgan davr); bolalik davri (yo‘lga yurgandan so‘ng); organizm chiniqqani va qoziq tishlari chiqqanidan keyingi davr; o‘smirlik va jinsiy yetilish davri; o‘smirlik davri (o‘sish to‘xtatuguncha bo‘lgan davr).
Ibn Sino bola tarbiyasining barcha murakkabliklari va qiyin- chiliklarini tushungan. U jismoniy jazoning me’yoridan ortib ketishiga qarshi chiqqan. Uning fikriga ko‘ra, risoladagidek tarbiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bolalarga insoniy munosabatda bo‘lish darkor. Tarbiyachining o‘zi bola shaxsini hurmat qilishi, uni sevishi va bola bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi lozim.
Ibn Sino tarbiya omilining ahamiyatini chuqur anglagan va ijobiy omil ahamiyatini juda qadrlagan, uni tarbiyaning asosiy vositalaridan biri deb bilgan.
Ayniqsa, Alisher Navoiy asarlari besh yuz yildan buyon ko‘plab avlodlarni hayajonga solib keladi. Insonparvarlik, muhabbat g‘oyalari, insonning oliy maqsadlarini kuylash Navoiy merosida asosiy o‘rin tutadi. Navoiyning pedagogik qarashlari o‘ta insoniyligi bilan ajralib turadi. U bola shaxsini shakllantirish va tarbiyalash masalalariga juda katta ahamiyat bergan, Navoiy farzandni oilaga quvonch va baxt keltiruvchi shamchiroq, deb bilgan.
Navoiy bolaga uning yoshiga qarab eng kichik yoshdan to‘g‘ri tar- biya berish zarur, fanlarni o‘rganishni iloji boricha barvaqt boshlash lozim, deya ta’kidlagan.

Abdulla Avloniy (1878–1934) – jamoat va siyosat arbobi, shoir hamda pedagog bo‘lib, Abdulla Avloniyning yosh avlodga tarbiya berish haqidagi qarashlari


Abdulla 1908-yilda kambag‘allarning farzandlari uchun maktab ochadi. Uning o‘zi shu maktabda yangi ta’lim usullarini qo‘llagan holda ona tilidan dars beradi.
Avloniyning xalq ta’limi sohasidagi faoliyati uning yozuvchi va shoir, iqtidorli yoshlar teatrining tarbiyachisi hamda sahnalashtiruvchi rejissyori sifatidagi faoliyati bilan uzviy bog‘liqdir. 1916-yilda Rossiyada va Turkistonda milliy ozodlik harakatlari avj ola boshlaydi. A. Avloniy bunda harakat rahbarlaridan biri sifati da faol ishtirok etadi. 1917-yilning yozidan boshlab Avloniy «Turon» gazetasini chiqara boshlaydi. Ushbu gazeta sahifalarida Avloniyning xalq maktabini tashkil etish, o‘qituvchi kadrlarni tayyorlash va darsliklar chop etish masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalari bosiladi. Ayniqsa, u o‘zbek qizlariga ta’lim-tarbiya berish va ular uchun maxsus maktablar tashkil etish muammosiga alohida e’tibor beradi. Ushbu yillarda Avloniy «Adabiyot» (I–IV kitoblar), «Turkiy gulis- ton», «Maktab gulistoni» kabi kitoblarini yozadi va chop etadi.
A.Avloniy dunyoqarashining shakllanishida ilg‘or rus adabiyoti va madaniyati muhim rol o‘ynaydi. U A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, M.Gorkiyning ijodiy meroslariga katta hurmat bilan munosabatda bo‘lgan va K.D.Ushinskiyning pedagogik merosini yuqori baholagan.
U muayyan muddat mobaynida Turkiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining matbuot bo‘limini boshqargan, so‘ngra xalq ta’limi bo‘limlari ishini boshqarishga o‘tib, ko‘plab yangi maktablar qurilishiga rahbarlik qiladi, o‘qituvchilarni savodsizlikni bartaraf etish ishlariga jalb qiladi. Avloniy pedagogika bilim yurti, O‘zbekiston O‘lka ma’rifat instituti, Toshkent harbiy bilim yurti, O‘rta Osiyo davlat universitetida ishlagan kezlari ham ma’rifat tarqatish ishiga butun kuch g‘ayratini sarfladi.
Tarbiya qiluvchi muallimlarning o‘zlari ilmlariga olim bo‘lib, sho- girdlariga ham bergan darslarini amal ila chaqishtirib o‘rgatmoqlari lozim. Bu ta’lim ila berilgan dars va ma’lumot shogirdlarning diliga tez ta’sir qilib, ular ilmli, odobli bo‘ladilar. Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo‘lib, amalsiz bo‘lsa, bu shogirdlar axlo- qiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbek olimi, shoiri, professor, jamoat arbobi Abdulla Avloniy – o‘gitlaridan namunalar: «Hayo, nomus omonat dalildur, Hayosiz doimo xoru zalildir». «Ko‘paygan so‘zni bo‘lg‘ay to‘g‘risi oz, Shakarning ko‘pidan ozi bo‘lur soz».
«Aql egalari, vijdon sohiblari har vaqt ko‘rgan, qilgan va bilgan- larining haqiqatini va to‘g‘risini so‘zlaydilar»…
«G‘azabning avvali jinnilik, oxiri nadomatdir».
«Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir».
«Dars ila tarbiya faslida bir oz farq bo‘lsa ham, ikkisi bir-biri- dan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur».
«Turkiy guliston yoki axloq», «Maktab guliston» va boshqa asarlar muallifi. Yan Amos Komenskiyning maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga oid qarashlari.
Buyuk slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592–1670) G‘arbning buyuk olimlaridan biri hisoblanadi. Uning pedagogik tizimi o‘sib kelayotgan avlodni insoniylik, tinchliksevarlik, tenglik va birodarlik ruhida tarbiyalash g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan.Yan Komenskiyning pedagogik merosi ulkan va ko‘p qirralidir. Olimning chop etilgan falsafiy va pedagogik asarlari uning tarixiy ahamiyatini belgilab berdi. «Onalar maktabi»da qayd etilgan bolani dastlab oilada tarbiyalash va rivojlantirish g‘oyalari bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Hajmi kichik, biroq mazmuni juda chuqur bo‘lgan mazkur asarni unda qo‘yilgan muammolarning dolzarbligi va ahamiyatliligi, ularni amalga oshirish uchun taklif qilinayotgan yo‘llar va vositalarning soddaligi hamda ishonchliligi, nihoyat oila, ayollar, bolalar va ularni tarbiyalashga bo‘lgan munosabatning insoniy yo‘nalishga egaligi bo‘yicha uni mumtoz asarlar sirasiga kiritish mumkin. «Inson zotini himoyalash eng avvalo beshikdan boshlanishi lozim». Bundan ortiq sodda va dono fikr bo‘lmaydi. Uddaburon olimlar qaysi bir ijtimoiy tarbiya tizimini kashf qilmasinlar, baribir bolalar hayot kechiradigan, ular jismonan va ma’nan rivojlanadigan muhit sifatida oila eng samarali tarbiya tizimi hisoblanadi. Qatorlashgan g‘oyalar tizimiga ega bo‘lgan «Onalar maktabi»ni bir- lamchi oilaviy tarbiya bo‘yicha birinchi asar deb hisoblash mumkin.
«Onalar maktabi»ning bosh g‘oyasi – oiladagi birlamchi tarbiyaning bola uchun quvonchli bo‘lishi, uning kelajagini baxtli, ota-onalar uchun yoqimli va umidbaxsh, jamiyat uchun foydali qilishdan iboratdir.

Komenskiy tabiiy iqtidorni ilk yoshdan boshlab har tomonlama rivojlantirish g‘oyasidan kelib chiqqan holda onalar maktabi oldiga qiyin vazifalarni, ya’ni: bolalarga bilish (bilimga ehtiyojmandlikni tarbiyalash, bilimga chanqoqlik)ni, harakat qilish (mehnatkash bo‘lish, o‘zini boshqara olish va yaxshi amallar qilish)ni va gapirish (nutq va fikrlashni rivojlantirish)ni o‘rgatish vazifalarini qo‘yadi. Shu munosabat bilan u aqliy, jismoniy va ma’naviy tarbiyalash, nutq va fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha aniq maslahatlar beradi. «Onalar maktabi»dagi alohida bir bob qanday qilib bolalarga nutqni mashq qildirish lozimligiga bag‘ishlangan. Komenskiy aql va nutqni rivojlantirish uchun bir xil harakat qilish zarur deb hisoblagan. U aql va nutqqa organik birikma sifatida qaragan. Bu tasodifiy emas, zero, bola nutq tufayli o‘z fikrlarini ifodalaydi va atrofdagi odamlar bilan muloqotga kirishadi, nutqni egallash orqali u atrofni o‘rab turgan olamni anglaydi. Bolada nutq va fikrlash rivojlanadi.

U sensor rivojlantirish va tarbiyalashga alohida e’tibor bergan, chunki usiz aql va nutqni muvaffaqiyatli rivojlantirib bo‘lmaydi. Buyuk pedagogning mazkur qoidaga rioya qilishni «didaktikaning oltin qoidasi» deb atagani ham bejiz emas.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati




  1. D.R. Babayeva “Nutq o‘stirish metodikasi”T.: Fan va texnalogiyalar 2009yil.O‘quv qo‘llanma.

  2. D.R. Babayeva “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi” T.:TDPU 2016yil. O‘quv qo‘llanma

  3. F.R.Qodirova Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi ruhiy omillari. T.: “ISTIQLOL”, 2006y. O‘quv qo‘llanma.

  4. F.R.Qodirova Bolalarni chet tilga o‘rgatish nazariyasi va metodikasi. T.: “ Sanostandart” 2009y.O‘quvqo‘llanma.

  5. Shodieva Q. S. “O‘rta guruh bolalari nutqini o‘stirish“ o‘quv qo‘llanma T.: “O‘qituvchi” 1993 y. O‘quv qo‘llanma.

  6. D.R. Babayeva “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi” T.:”Barkamol avlod” 2018 yil. Darslik

  7. F.R.Qodirova «Nutq o‘stirish metodikasi» O`UM T.;2012y.

Download 19.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling