Педагогик компетентлик
O‘qituvchi-bakalavr tayyorlash sifatini baholash
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
uslubiy qo\'llanma
2.2. O‘qituvchi-bakalavr tayyorlash sifatini baholash
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil fevral oyidagi hay’at yig‘ilishida hal qilinishi zarur deb e’tirof etilgan masalalardan biri bo‘lajak mutaxacsisning kompetentligi ni aniqlash masalasi deb ta’kidlangan edi. Chunki yangidan kiritilayotgan Oliy ta’lim davlat ta’lim standartlarining “Bakalavr tayyorlash sifatini baholash” qismida OTMlar oldiga “talabalar bilimi va amaliy ko‘nikmalari darajasini, bitiruvchilar kompetensiyalarini ob’ektiv baholash protseduralari ni ishlab chiqish” vazifasi qo‘yilgan ( DTS..., 2011). Kompetentlik atamasi lotincha “competo” so‘zidan olingan bo‘lib, “erishayapman, munosibman” degan ma’noni anglatadi hamda ma’lum sohadan xabardorligini, bilishini va tajribaga ega ekanligini bildiradi (O‘zME, 2002). Rus olimlari E.Zeer, D.Zavodchikovlar (2007) “kompetentlik” atamasiga mutaxassisning o‘z faoliyatini samarali tashkil qilishga qaratilgan xatti-harakatlar yig‘indisi deb qarashadi. Ogayo shtati universiteti olimlari “kompetentlik” tushunchasini shaxsning ma’lum sohada samarali ishlashi uchun kerak bo‘lgan ko‘nikma va malakalar to‘plami deb hisoblaydilar (Ivanov, 2007). Ushbu sohaning yetakchi tadqiqotchilaridan biri bo‘lgan amerika olimi R.Meyers “kompetentlik - bo‘lajak mutaxassisning qandaydir ma’lum kriteriylarga javob berishi emas, balki uni amaliyotda qo‘llab, isbotlay olishidir”, – degan xulosani beradi (Ivanov, 2007). 44 Rus olimasi M.M.Shalashovaning (2008) fikricha, mutaxassis ning kompetentligi uning integrallashgan shaxsiy xususiyati bo‘lib, hayotda va ish faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni o‘z bilimi, tajribasi va shaxsiy iqtidori asosida hal qila olish qobiliyati tushuniladi. Odatda malakaviy amaliyotda mutaxassisning kompetentligi quyidagi ko‘rsatkichlarga qarab aniqlanadi: • kasbiy layoqatlilik; • o‘z sohasini yaxshi bilishi; • kasbiy malakasini muntazam oshirib borishi; • o‘z ustida ishlab borishi; • o‘zining qabul qilgan qarorlariga mas’ulligi. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassis kompetent ligini aniqlash nihoyatda muhim masala sanaladi. Chunki bo‘lajak mutaxassisning ta’lim-tarbiya jarayonida faoliyat yuritishi uning kompetentligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Hozirgi kunda Rossiya va ayrim qo‘shni davlatlarning OTMlarida talabani mutaxassis sifatida shakllanganlik darajasini uning o‘qish davridagi faoliyatini kompleks baholash orqali amalga oshirish taklif qilinmoqda. Bu holda talabaning quyidagi ishlardagi ishtiroki hisobga olinadi: • kurs ishlari himoyasi natijasi; • bitiruv malakaviy ish himoyasi natijasi; • talabaning ilmiy-tadqiqot ishlardagi ishtiroki; • talabaning turli tanlov, ko‘rgazma va boshqa yig‘inlardagi qatnashuvi; • pedagogik va ishlab chiqarish amaliyot yakunlari; • talabaning fan olimpiadalari, respublika va xalqaro konferensiyalar, ilmiy seminarlardagi ishtiroki va erishgan natijalari; • talabaning sport va boshqa sohalarda erishgan yutuqlari. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarni kompleks baholash natijasida bitiruvchi talabaning kompetentligini aniqlash mumkin deb hisoblanadi. Bizning ko‘p yillik kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, “kompetentlik” tushunchasi shaxsning kasbiy va shaxsiy xususiyatlari 45 bo‘lib, egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini amaliyotda qo‘llay olishi hamda qo‘yilgan muammo va vazifalarni mustaqil hal qilish layoqatiga ega ekanligi bilan tavsiflanishi lozim bo‘ladi. U o‘zida bitiruvchining mustaqil va ijodiy ishlash qobiliyatlarini ham mujassamlashtiradi. Kompetentlikni shakllanishida asosiy o‘rinni talabalar mustaqil ta’limi egallaydi. Chunki bo‘lajak mutaxassis faqat bilim va ko‘nikmaga ega bo‘libgina qolmay, uni amalda qo‘llay olishi talab qilinadi. Bunga esa ta’lim jarayonida talabalarni muammoli topshiriq va vazifalarni mustaqil holda hal qilishga o‘rgatish orqali erishish mumkindir. Ushbu umumiy maqsaddan kelib chiqqan holda mustaqil ta’lim bo‘lajak mutaxassislarni har qanday sharoitda va holatda o‘zlarining aqliy salohiyatlarini to‘la ishga solish, zarur bo‘lgan bilimlarni izlab topish, amaliy faoliyatlarida tatbiq etishga odatlantirib boradi. Bir so‘z bilan aytganda ijtimoiy hayotda va ta’lim-tarbiya jarayonida to‘laqonli, raqobatbardosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritishga tayyorlaydi. Talabalik davrida o‘qituvchining hamkorligida, maslahatlariga suyangan holda mustaqil bilim olish ko‘nikma va malakalari tarkib topadi. O‘quv rejasi, dastur va darsliklarda belgilangan o‘quv materiallari o‘zlashtiriladi. Amaliy faoliyatda qo‘llashga, kafolatlangan natijalarga erishishga o‘rgatiladi. Bu jarayonda imkon qadar talabaning mustaqil faoliyat yuritishiga e’tibor qaratish ijobiy natija beradi. Oliy o‘quv yurtidagi mustaqil ta’limning foydali tomonlaridan biri shundaki, talaba o‘quv dasturi va darsliklaridan tashqaridagi kasbi va ixtisosligiga aloqador bo‘lgan bilimlarni ham izlab topishga, tajriba- sinovlar o‘tkazgan holda yanada boyitishga erishadi. Bu, o‘z navbatida, tashabbuskor, bunyodkor va ijodkor kadrlarning shakllanishiga turtki bo‘ladi. Mustaqil ta’lim talabalar o‘rtasida ijobiy ma’nodagi raqobatni keltirib chiqaradi. Bir-biridan ibrat olgan holda o‘zlarining aqlini, kuchini, vaqtini foydali faoliyat bilan shug‘ullanishga yo‘naltiradilar. Turli xil tanlovlarga tayyorgarlik ko‘rish, fan olimpiadalarida ishtirok etish va g‘olib bo‘lishga intilish, ilmiy-ijodiy ko‘rgazmalarda qatnashish orqali talaba iste’dodining noma’lum qirralari ochiladi. Talabaning o‘ziga, aqli va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchi ortadi. 46 Mustaqil ta’lim yoshlarning shaxs sifatida kamol topishlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Unda xarakter xususiyatlarining barqarorlashuvi, ayniqsa, irodaviy sifatlarning mustahkamlanishi, o‘z-o‘zini boshqarish kabi fazilatlarning takomillashuvi ro‘y beradi. Atrof-muhitdagi narsa va hodisalarga befarq bo‘lmaslik, ularni to‘g‘ri baholay olish, o‘zlarining mustaqil fikrlarini bildirish va dalillashga odatlanadilar. Mustaqil ta’lim OTMlarda o‘quv reja va dasturga amal qilgan holda tashkil etilsa-da, talabalar bilim doirasini keng va chuqur bo‘lishiga, amaliy faoliyatga tatbiq etgan holda zarur natijalarni qo‘lga kiritishiga imkon yaratadi. Bizning nazarimizda, mustaqil ta’lim yoshlarni ertangi kunning murakkab muammolariga qiynalmas dan javob topishga tayyorlashning omili bo‘lib xizmat qiladi. Yoshlarning mustaqil bilim olishlari oliy o‘quv yurtlarida o‘quv reja va dasturda aniq belgilangan. Xuddi shunday tartib umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida ham amal qilinsa bilim egallashdagi izchillik va uzluksizlik yanada takomillashadi. Ayrim hollarda umumiy o‘rta ta’limidagi tartib-qoidalar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidan farqlanadi. Xuddi, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bosqichida o‘quvchining bilim olishi oliy o‘quv yurtlaridagidan keskin farq qiladi. Ushbu tafovutlar talabalarning bilim olishi va kasb egallashlarida muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, bo‘lajak mutaxassisning kompetentligi shakllanishi uchun ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligi, izchilligi, tizimliligi katta ahamiyatga ega ekanligini unutmasligimiz kerak. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, bo‘lajak mutaxassis ning kompetentligini shakllanishida yuqori kurslardagi malakaviy amaliyotlarning o‘rni ham benihoya kattadir. Shuning uchun OTM larda malakaviy amaliyotlarning o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va uni samaradorligini oshirish masalalarini hal etish zarur hisoblanadi. Shuningdek, talabaning kasbiy va tashkilotchilik tomonlarini hisobga olgan holda malakaviy amaliyotdagi faoliyatini baholash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayniqsa xozirgi axborot asrida talabaning axborot kommunikatsion texnologiyalar dan erkin foydalana olishi va chet tilida muloqot qilishi ham uning to‘laqonli mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim 47 o‘rin egallaydi. Shu sababli bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlaridagi chet tilini o‘qitish uslubiyotini tubdan isloh qilish zarur. Hozirgi kunda Respublikamizning tayanch OTMlarida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining topshirig‘iga ko‘ra DTSlari talablaridan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasasi bitiruvchi larining kompetentligini aniqlash mezonlarini tayyorlash yuzasi dan ishlar boshlab yuborildi. Oliy ta’lim muassasasining bitiruvchisi amaldagi DTS talablariga ko‘ra o‘quv rejasida ko‘rsatilgan fanlarni o‘zlashtirishi, soha uchun kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi hamda ma’lum o‘quv fanlari bo‘yicha davlat attestatsiyasi, bakalavr uchun bitiruv ishi himoyasini bajarishi talab qilinadi. Davlat attestatsiyasi komissiyalari yuqoridagilarni hisobga olgan holda bitiruvchilarga kvallifikatsiya berish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Ammo bu ko‘rsatkichlarni bitiruvchining kompetentlik darajasini aniqlashda yetarli emasligini ko‘pchilik tan olmoqda. Ikkinchi tomondan, kompetentlik ko‘p jihatdan shaxsning intellektual - psixologik xususiyatlari bilan ham chambarchas bog‘liq bo‘ladi. OTMlarda talabalarning kompetentligini aniqlash mezonlari: • talabaning fan bo‘yicha egallagan bilimi, ko‘nikmasi va malakasini amalda qo‘llay olishi; • intellektual qobiliyati; • psixologik xususiyatlari; • muammoni mustaqil hal qila olishi; • yangiliklarga intiluvchanligi va o‘z ustida ijodiy ishlashi; • o‘z fikrini ayta olishi va himoya qilishi. Ushbu mezonlar talabaning kompetentlik darajalarini ishlab chiqishda tayanch OTMlar kafedralarining professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari tomonidan e’tiborga olinishi lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling