Педагогик компетентлик
Pedagogik mahorat va kompetensiya mezonlari
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
uslubiy qo\'llanma
1.5. Pedagogik mahorat va kompetensiya mezonlari
Ta’lim-tarbiya sohasining demokratlashuvi o‘quv yurtlarida turli model-andozalarni qo‘llash talabalar individual jihatlarini inobatga olgan holda o‘quv jarayonlarini tashkil etish imkoniyatlarini yaratadi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ko‘zda tutilgan va tatbiq etilayotgan me’yorlar esa o‘qituvchi va murabbiylarni ijodiy izlanishga, o‘z o‘quv kurslarini tashkil etishga, yangi innovatsion ishlanmalar yaratishga va keng qo‘llashga safarbar qilmoqda. Natijada bu sohada o‘qituvchilarni professional tayyorlashning turli modellari va andozalarini tatbiq etish sharoitlari yuzaga keldi. O‘qituvchilarni professional tayyorlashning didaktik modeli (ta’lim- tarbiya andozasi) asosan ikki jihatni o‘zida jamlagan: birinchisi, o‘zgarmas umumiy asos (barcha modellar uchun tatbiq etiluvchi didaktik jihat); ikkinchisi esa, o‘zgaruvchan muhitdan iboratdir. Umumiy didaktik model ta’lim tizimining asosini tashkil etib, sohaning maqsadiga itoat qiladi. O‘zgarmas model esa asosan fundamental ta’limga yo‘naltiriladi. Bunda o‘qituvchilar tayyorlashning umummilliy asoslari jamlangan bo‘lib, ma’lum bir qolipda butun jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. 35 O‘zgarmas tizimning bosh bo‘lagi texnologik tayyorgarlik sanaladi hamda o‘quv va ta’lim yo‘nalishiga qarab moslashtiriladi. Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini uch guruhga bo‘lish nazarda tutiladi: bular umumiy ta’lim, innovatsion va maxsus ta’lim maktablaridir. Yangi avlod o‘qituvchilarini tayyorlashning asosi, bizningcha, oliy pedagogik ta’limning fundamentallashuvi va o‘zgarib borishida ko‘zga tashlanadi. Jumladan, ijtimoiylashtirish, tabaqalarga bo‘lib o‘rgatish va innovatsion-pedagogik texnologiya larni ishlab chiqish hamda ularni hayotga keng tatbiq qilish ana shular jumlasidandir. Hozirgi zamon oliy pedagogik ta’lim tizimining o‘ziga xos asosiy xususiyati uning uzluksizligi va davomiyligidir. Bakalavr, magistr, mutaxassis kabilar shular sirasiga kiradi. O‘qitishning yangi shakllari eksterant, distatsion — ya’ni, masofadan turib ta’lim olish, internet-ta’lim va shu bilan birga, yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatlarga mos turli ko‘nikma, bilim va tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tayyorlash zarurati har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi. Ana shunday o‘qituvchilar tayyorlash modeli zamon va ijtimoiy hayot talablariga mos mutaxassislar tayyorlash va ularning kasbiy mahoratlarini oshirishni ko‘zda tutadi. Universitetlar, gimnaziya, ma’lum predmetlarni chuqur o‘rgatishga mo‘ljallangan maktablar va ixtisoslashtirilgan guruhlarga o‘qituvchilar tayyorlashni nazarda tutgan holda faoliyat yurgazishlari lozim. Pedagogik universitetlar esa umumta’limning barcha maktablari uchun, birinchi navbatda, metodik va psixologik-pedagogik tartiblarni nazarda tutgan holda mutaxassislar tayyorlashlari darkor. Texnik (tarmoq) oliy o‘quv yurtlari esa litsey va kollejlar uchun, ma’lum ixtisosliklarni nazarda tutgan holda o‘qituvchilar tayyorlashlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yuqorida taklif qilingan modellarning eng muhim jihatlari turli ta’lim muassasalari talablaridan kelib chiqqan holda mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirishdan iboratdir. Fanning tezkor suratlarda rivojlanishi bilan jamiyat buyurtmalari o‘rtasidagi nomutanosiblik, o‘qituvchilar tayyorlashga qo‘yilayotgan talablarning yanada o‘sishi, bu sohada quyidagi asosiy shartlarni 36 ko‘ndalang qo‘yadi: bunda zamonaviy ta’lim tajribalaridan kelib chiqib, o‘qituvchilar tayyorlashning turli yo‘nalishlarini qamrab olgan model tavsiya etiladi, bu ishga turli sohalarga ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv muassasalari jalb qilinadi. Davlat tomonidan tavsiya etilgan umumiy ta’lim modelining instrumental qismi, ya’ni qo‘llanmalar tayyorlash bo‘limi alohida qayta tashkil etishga molik. Chunki o‘qituvchining bugungi kun talab darajasidagi tayyorgarligi masalasi shunga bog‘liqdir. O‘qituvchi faoliyatining ilmiy-metodik ehtiyojlari turli yo‘nalish va sohalaridagi ta’lim maskanlariga moslashtiriladi. Oliy pedagogik ta’lim tizimida qo‘llanib kelinayotgan mavjud model qolipi barcha uchun umumiy hisoblanadi. Uning talablari omma uchun tushunarli bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Qo‘llashda esa aniq reja va maqsadlar belgilab olinadi. Umumiy model qolipi bilan cheklanib qolmay, balki instrumental-model andozasini ishlab chiqish zamon talabidir. Bu yangi model tizimida o‘qituvchi-murabbiyning vazifalari, kompetentligi, ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-nazariy metodlar, ijtimoiy-pedagogik, madaniy-ma’rifiy masalalar, tashkiliy, boshqaruv va taraqqiy etishni yo‘naltirish masalalari o‘z aksini topishi lozim. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling