Педагогик компетентлик
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
uslubiy qo\'llanma
Refleksif bilish – o‘zining ruhiy holatiga ko‘ra, narsa va hodisalardan
ta’sirlanish orqali bilish, pedagogning o‘ziga yo‘naltirilgan o‘z faoliyatini nazorat qilish va baholash faoliyatidir. Uni pedagogik vazifalarni yechishning so‘nggi bosqichi, ta’lim-tarbiya faoliyatiga yakun yasash muolajasi hisoblaydilar. Refleksiya o‘z faoliyati va holatini tahlil qilish, aks ettirish niyatida orqaga bosib o‘tilgan faoliyatiga nazar tashlash demakdir. Refleksiya – bu pedagogik faoliyat sub’ekti tomonidan bilish va anglashgina emas, balki pedagogning kim ekanligini boshqalar (talabalar, hamkasblar, ota-onalar) tomonidan bilishi va anglashi, uning o‘ziga xosligi, his-hayajoni va kognetiv tasavvurlarini ijodiy tushunish demakdir. 15 Biz o‘qituvchining nazariy tayyorgarligi to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz, ko‘z o‘ngimizda o‘qituvchini nazariy bilimlar bilan qurollantirishni ham nazarda tutishimiz mumkin, ammo pedagogik kompetensiyaning o‘ziga xosligi shundaki, eng avvalo, pedagog o‘z ustida ishlashi, o‘z kasbiy mahoratini, o‘z kompetensiyasini takomillashtirib borishga tayyorligida ko‘rishimiz mumkin. Mamlakatmizda kasbiy kompetensiyaga ega bo‘lgan, pedagogik mahoratli, nazariy-amaliy bilimlarni chuqur egallagan, ma’naviya ti yuksak pedagoglarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalasiga Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish nuqtai nazaridan yondoshilmoqda, ammo nazariy va amaliy tayyorgarlik masalalarida anchagina muammolar bor. Birinchi navbatda, oliy ma’lumotli o‘qituvchi magistr oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib 15 Сластенин В., Исаев И., и дрг. Педагогика. Учебная пособя. 56 borishi mumkin, ammo unga qo‘yiladigan nazariy va amaliy tayyorgarliklar tizimi belgilab qo‘yilishi va davlat standarti me’yorlari tizimi ishlab chiqilishi darkor. Barkamol avlod haqida so‘z borganda, “O‘tgan yillar davomida katta kuch va mablag‘ hisobidan ta’lim sohasida barpo etilgan moddiy-texnik bazadan oqilona va samarali foydalanish masalasi qanchalik muhim ekanini barchamiz yaxshi tushunishimiz darkor”,– degan edi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. 16 Raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash tizimida ham tub o‘zgarishlar yuz bermoqda. Ilmiy kadrlarni tayyorlashda dunyo standartlariga mos ravishda fan doktori ilmiy darajasiga o‘tildi. – Ilmiy pedagogik kadrlar(professor, dotsent), ular yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi, yangi bilimlar va yangi g‘oyalarni yaratadilar. – Pedagogik kadrlar (pedagogik o‘qituvchilar, muallim va tarbiyachilar) shaxsni tarbiyalaydilar, yangi bilimlarni shakllanti radilar. Ilmiy-pedagog kadrlar faoliyati natijasida yetishtiriladigan mutaxassislar, zamonaviy kasbiy mahorat, ko‘nikma, bilimlarga ega, mustaqilligimiz g‘oyalariga sodiq, vatanga muhabbat, umuminso niy qadriyatlarni biluvchi, milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalangan bo‘lishi darkor. Ilmiy-pedagogik xodimlar mehnati inson omillarini shaklla nishini ta’minlashi kerak. Bu shakllanish jamiyat tarqqiyoti bosqichlari uchun zarur va talablariga mos bo‘lishi lozim. Ilmiy-pedagogik kadrlar nafaqat bilimlar majmuasiga, balki olamni yaxlit, murakkab va doimo tarqqiy etuvchi sistema sifatida qabul qilish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi lozim. Pedagogik va psixologik bilimlarni egallagan bo‘lishi kerak. Ijodiy o‘qitish va tarbiyaning intensiv usullari hamda yangi texnologiyalarini o‘zlashtirgan, ulardan foydalanayotgan bo‘lish lari kerak. Ular o‘z bilimlarini doimo takomillashtirib borishlari zarur. Ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlashning bu shartlari hozirgi zamon pedagogikasi, pedagogning kasbiy kompetensiyasi mezonlariga mos keladi. Bizning fikrimizga ko‘ra, pedagoglarni “ilmiy-pedagogik” tushunchasi bilan nazariy jihat dan cheklab qo‘ymasligimiz zarur. 16 Каримов И.А.Баркамол авлод орзуси. Тошкент- 2000. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling