Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik instituti


Download 14.57 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi14.57 Kb.
#235696
Bog'liq
bogdorchilik instituti


Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik instituti — O‘rta Osiyoda mevachilik va uzumchilik sohasidagi eng yirik ilmiy markaz. Dastlab 1898 yilda Tur kiston qishloq xoʻjaligi tajriba dalasi sifatida R. R. Shreder tomonidan asos solingan. 1925 yildan O‘zbekiston qishloq xoʻjaligi tajriba stansiyasi (1928 yilda R. R. Shreder nomi berilgan), 1930 yildan bog‘dorchilik va sabzavotchilik tajriba stansiyasi, 1937 yildan mevarezavor o‘simliklar stansiyasi, 1948 yildan mevarezavor o‘simliklar ilmiy tadqiqot instituti, 1958 yildan bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti, 1977 yildan mevachilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, 1995 yildan "Mevasharbat" ilmiy ishlab chiqarish korporatsiyasining bosh korxonasi. Institut tarkibida agrotexnika va bog‘dorchilikni jadallashtirish; seleksiya; iqtisodiyot; mexanizatsiya; subtropik va sitrus o‘simliklari; mevani qayta ishlash va saqlash bo‘limlari, o‘simliklarni himoya qilish; agrokimyo; fiziologiya va biokimyo; radioaktiv izotoplar laboratoriya. lari bor. Institut qoshida aspirantura bo‘limi, mevasabzavotchilik kolleji, bog‘dorchilik maktabi mavjud. Institutning bog‘dorchilik va uzumchilik muammolari bilan shug‘ullanadigan Samarqand filiali, Farg‘ona (Quva tumanida), Samarqand, Tog‘li bog‘dorchilik va uzumchilik (Chorvoq, Toshkent viloyati), Vinochilik (Toshkent viloyati Qibray tumanida; vinochilik zavodi bilan birga), Janubiy O‘zbekiston tajriba stansiyasi (Denov) bor (2000). Institut Andijon, Farg‘ona, Buxoro, Jizzax, Izboskan, Namangan, Qarshi, Samarqand, Toshkent, Xorazm (Urganch), Bandixon, Sirdaryo, Oyqor (Baxmal tumani), Charxin (Pastdarg‘om tumani), Tavois (Qiziltepa tumani), Oqtosh (Payariq tumani) tajriba xo‘jaliklariga ilmiy rahbarlikni amalga oshiradi (bu xo‘jaliklarningumumiy ekin maydon 17324 ga; 2000). Institut faoliyati mobaynida meva, rezavor meva va tokning 200 yangi navi yetishtirildi va tavsiflandi. Shulardan 64 nav rayonlashtirildi, 139 nav davlat sinovidan o‘tkazilmoqsa. Institut faoliyati M. M. Mirzayev,’. V. Kuznesov, S. S. Kalmikov, A. G. Shreder, K. V. Smirnov, A. K. Pavlov, A. S. Cherevatenko, S. I. Yagudina, O. K. Afanasev, S. Eshonxonov, M. K. Sobirov, X. F. G‘ulomov, Yu. M. Javakyans, M. J. Razzoqov va b. olimlarning nomlari bilan bog‘liq. Institutda bog‘ va tokzorlardan mo‘l hosil olish agrotexnikasi ishlab chiqilib, respublikaning hamma rayonlarida tatbiq etildi. Bog‘dorchilik va uzumchilikni ixtisoslashtirish masalasi hal qilindi. Institutda meva, rezavor meva va tokning biologik xususiyatlarini o‘rganish, yangi o‘zlashtirilgan yerlarda, tog‘ etagi va tog‘ rayonlarida, shu jumladan Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida, Farg‘ona vodiysining toshloq hududlarida bog‘dorchilik va tokchilikni rivojlantirish, qoki va mayiz quritish hamda saklash texnologiyasini takomillashtirish, meva daraxtlari va toklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish usullarini yaratish, bog va tokzorlarda mexanizatsiyani keng joriy etish, ko‘chat yetishtirishda zamonaviy usullarni qo‘llash ishlari olib boriladi. Institutning 45 jild ilmiy asarlari to‘plami nashr etilgan. Institutda 157 ilmiy xodim, jumladan 2 fan doktori va 44 fan nomzodi ishlaydi (2000). Institut Xalqaro ko‘rgazmalarning oltin va kumush medallari bilan mukofotlangan
Download 14.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling