Pedagogik texnologiya. Pedagogik texnologiyaning mohiyati


Download 27.79 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi27.79 Kb.
#1553896
  1   2   3   4
Bog'liq
Pedagogik texnologiya.


Pedagogik texnologiya.
Pedagogik texnologiyaning mohiyati
Pedagogika talabalar guruhi bilan ishlashda yuqori natijaga erishish yo'llarini doimo izlab kelgan va o'z vosita, usul va shakllarini hamma vaqt takomillashtirib kelgan. Ko'zlangan maqsadga erishish imkoniyatini beruvchi, qandaydir usul yoki usullar majmuasini topish ilinjida bo'ldi. Buning natijasida turli uslubiyotlar paydo bo'ldi. Pedagogik tajriba to'planishi bilan yangi, samaraliroq uslubiyotlar yaratila bordi. Ammo, yangi uslubiyotlarni yaratish borasidagi amaliy ishlar natijasi, o'sib borayotgan talablarga hamma vaqt ham javob bermas edi. O'qitishdagi doimiylik, rejalashtirilgan natijalarga erishish kafolati kabi muammolar o'z yechimini kutar edi.
O'quv maqsadlarning noaniq va mujmal qo'yilishi, shu bilan bog'liq o'qitishdan kutilgan natijaning yo'qligi, an'anaviy ta'lim maktabining kamchiligi hisoblanadi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida, oliy ta'lim muassasasi, o'qitishdan kutiladigan natija yo'qligidek, ortiqcha daxmazaga yo'l qo'ya olmaydi. O'qitish natijasi aniq va erishiladigan bo'lishi lozim, aks holda, tayyorlangan mutaxassislarga ehtiyqj ham noaniq bo'ladi va ular talab qilib olinmaydi. An'anaviy o'qitish maktabiga tayangan oliy ta'lim muassasasi, hozirgi zamon ishlab chiqarish va boshqa sohalarning aniq talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashga qodir bo'lmaydi. Shuning uchun, o'quv jarayonini takomillashtirish, talabalar qiziqishini oshirish, o'qitish natijalarini yaxshilashning eng samarali yo'llarini izlash ishlari uzluksiz davom ettirilmoqda. O'qitish sifatini oshirish, obyektiv zaruriyatga aylanganligi tufayli, alohida o'qitish uslublaridan pedagogik texnologiyaga o'tish muammosining dolzarbligi ortib bormoqda. O'quv jarayonini birinchi marta ushbu tarzda talqinlash Y. A.Komenskiyning pedagogikasida uchratish mumkin.
Yangi pedagogik texnologiyalarni loyihalash va ulardan ta`lim tarbiya jarayonida foydalanish ma`lum qonuniyatlarga asoslanadi. Bu asoslar pedagogik texnologiya (PT)ning o`ziga xos jihatlarini ifoda etadi va metodikadan farqli tomonlarini ko`rsatib beradi. Boshqacha aytgada, ularni PT prinsiplari deb atash mumkin.
Prinsip - yunoncha «prinsipium» so`zidan olingan bo`lib, asos, dastlabki holat, boshqaruvchi g`oya, umumlashgan talab kabi ma`nolarni anglatadi. Didaktikada olimlar prinsiplarni turlicha talqin qilishadi: pedagogik holatni yo`lga soladigan didaktik holatlar, tavsiyalar (V.I. Zagviyazinskiy, L.I. Grisenko), o`qitishning me`yoriy asoslari (M.A.Danilov), didaktik maqsdga erishish usullari (I.A.Lerner) va xokazo.
Biz pedagogik texnologiya prinsiplari deganda loyihalangan o`quv tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda yuqori natijalarga erishish uchun rioya qilinadigant umumiy me`yorlar va talabalarni tushunamiz. Demak, u yoki bu pedagogik xodisa prinsip bo`lishi mumkin, qachonki uni o`quv jarayonida hisobga olish (rioya qilish) zarur bo`lsa, ya`ni unga tayanilsa.
PT prinsiplari didaktik prinsiplardan tubdan farq qiladi va o`zida muhim sifat ko`rsatkichlarini mujassamlashtiradi.
Ta`lim prinsiplari o`quv-tarbiya jarayoniga qo`yiladigan ijtimoiy talablar, ta`limni tashkil etish va boshqarishda rioya qilinadigan qoidalar sifatida amal qilinadi.
Ta`lim prinsip (tamoyil)lari o`kuv-tarbiya jarayonining barcha komponentlariga, o`qituvchi va o`quvchi faoliyatiga, barcha o`quv predmetlarini o`qitish masalalariga daxldor umumiy talablar, qoidalardir. Prinsiplar umumdidaktik kategoriya bo`lib, ular ta`limning barcha turlari: (individual, guruh, umumsinf), darajalari (boshlang`ich, o`rta, o`rta maxsus, oliy), sub`ektlari (o`qituvchi, o`quvchilar jamoasi), o`quv-tarbiya jarayonining hamma komponentlari(ta`limning maksadi, vazifasi, natijalariga dahldor umumiy qoidalardir.

Ta`lim prinsiplari quyidagilar:



Tа`limning ilmiy bo’lishi



Tа`limdа nаzаriya bilаn аmаliyotining bоg’liqligi




Download 27.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling