Pedagogik mahorat” fanining” fanidan o`quv-uslubiy majmua bilim sohasi


KOMPYUTERNING O‘QITUVCHILIK VAZIFASINI BAJARISHI QUYIDAGI JARAYONLARDA NAMOYON BO‘LADI


Download 0.94 Mb.
bet111/176
Sana11.10.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1699100
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   176
Bog'liq
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi-fayllar.org

KOMPYUTERNING O‘QITUVCHILIK VAZIFASINI BAJARISHI QUYIDAGI JARAYONLARDA NAMOYON BO‘LADI:
  • o‘quv axborotining manbai (o‘qituvchini yoki darslikni qisman, ba’zan to‘la o‘rnini bosuvchi sifatida);


  • ko‘rsatmali qo‘llanmalar (multimedia-telekommunikatsiya imkoniyati bo‘lgan yangi sifat darajasida);


  • individual axborot fazosining yaratilganligi;


  • mashq qildirgich;


  • o‘quvchi bilimi, ko‘nikma va malakasi tashxisi va nazorati muhiti.




Ishchi qurol sifatida kompyuter quyidagi vazifalarni bajaradi:
  • matnlar muharriri;


  • keng imkoniyatli hisoblash mashinasi (olingan natijalarni turli ko‘rinishda ifoda etuvchi);


  • modellashtirish vositasi.




Kompyuterning ta’lim obyekti sifatidagi vositachilik vazifasi:
  • dasturlashtirish (vazifali jarayonlar bo‘yicha kompyuter yordamida o‘qitish);


  • dasturiy mahsulotlarni yaratish;


  • turli axborot muhitidan foydalanish.


Kompyuter va internet yordamida keng auditoriya bilan bog‘lanish va uning natijasi sifatida o‘zaro muloqotlashuvchi jamoa muhiti yarati­ladi.


Kompyuter texnologiyalari asosida o‘qituvchi o‘zining kasbiy maho­ra­tini oshirish uchun mustaqil faoliyatida quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
1. O‘quv jarayonini bir butun guruh va bir butun fan (o‘quv jarayo­nining grafigi, tashqi tashxis, joriy, oraliq va yakuniy nazorat va bosh­qalar) sifatida tashkil etish.
2. O‘quv jarayonida guruhni faollashtirish va muvofiqlashtirish, ish joylarini taqsimlash, ko‘rsatmalar, guruh ichida boshqarish va boshqalar.
3. O‘quvchilarni individual kuzatish, individual yordam ko‘rsatish, har bir o‘quvchi bilan individual muloqot olib borish. Kompyuter yorda­mida eshitish va ko‘rish imkoniyatlari, individual o‘qitishning eng sama­rali shakllariga erishiladi.
4. Axborot muhitini tashkil etuvchilari (shaxsiy kompyuter, o‘quv va namoyish qurilmalarining har xil turlari, dasturiy vositalar va tizimlar, o‘quv-metodik ko‘rsatma, qo‘llanmalar va boshqalar) ma’lum o‘quv kursi­ning mazmuni bilan aniqlangan bog‘liqlik asosida tayyorlanadi.





Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling