Pedagogik mahorat” fanining” fanidan o`quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Elektron o‘quv materiallarini yaratish texnologiyalari
Download 0.94 Mb.
|
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. O‘qitishning zamonaviy texnik vositalari.
- Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonida qo‘llay olish bo‘yicha o‘qituvchilar pedagogik mahoratning quyidagi ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlari kerak
3. Elektron o‘quv materiallarini yaratish texnologiyalari. Elektron o‘quv materiallari va ularning turlari: elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanmasi, elektron ma’lumotnoma, elektron majmua, elektron katalog va boshqalar. Elektron o‘quv materiallarini yaratish bosqichlari va texnologiyasi; elektron o‘quv materiallarini yaratish prins iplari; HTML va JavaScript asosida elektron o‘quv materiallarini yaratish. Zamonaviy dasturlash tillari asosida elektron o‘quv materiallarini yaratish (Delphi, Visual Basic, C++ va boshqalar). PowerPoint va FrontPage muhitida ilovalar yaratish. Hypermethod muhitida multimediali ilovalar va elektron o‘quv materiallarini yaratish. O‘quv materiallariga ovoz berish texnologiyasi va uning vositalari.
4. O‘qitishning zamonaviy texnik vositalari. Audiovizual axborot: manbalari, o‘zgartiruvchilar, tashuvchilari. Audiovizual madaniyat: tarixi, kons epsiyalari, tuzilmasi, faoliyat ko‘rsatishi. Inson tomonidan audiovizual axborotni qabul qilishning psixofiziologik asoslari. Audiovizual texnologiyalar: rasm va rasmga olish, optik proeksiya (statik va dinamik) va uning vositalari, tovush yozish (analogli va raqamli) va uning vositalari, televideniye va videoyozuv (analogli va raqamli) va uning vositalari, kompyuterlar va multimediali vositalar. O‘qitishning audiovizual texnologiyalari: tele va videokonferens iyalar, ularni tashkil etish, audio, video va kompyuterli o‘quv qo‘llanmalari, audio, video va kompyuterli materiallarning banki, audio, video va kompyuterli o‘quv qo‘llanmalarini yaratishning didaktik prins iplari. O‘qitishning interaktiv texnologiyalari. Mazkur kurs yakunida o‘qituvchilar zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonida qo‘llay olish bo‘yicha pedagogik mahoratlarini oshiradilar, bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.
O‘qituvchilar masofaviy o‘qitish kurslarini yaratishda ta’lim oluvchilar motivatsiyasi, o‘quv maqsadlarining qo‘yilishi, o‘quv materiallarini qabul qilishga sharoitlar yaratish, o‘quv materiallarini etkazish, teskari aloqa, baholash kabi talablarni inobatga olishlari zarur. Taklif etilayotgan «Ta’limda axborot texnologiyalari» kursini malaka oshirish tizimida joriy etilishi o‘qituvchi kadrlarning innovatsion bilimlarni egallashlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlardan mo‘ljallangan vazifalarni amalga oshirish zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanishni hamda o‘quvchilarda omilkorlikni shakllantirish maqsadida internet – resurslardan keng foydalanishni ko‘zda tutadi, bu esa o‘z navbatida o‘qituvchi kasbiy madaniyatining bir qismi va umumta’lim maktablarida ta’lim muhitini tegishli o‘zgarishi sifatida o‘qituvchilarning yuqori saviyadagi axborot madaniyatiga ega bo‘lishini ko‘zda tutadi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling