Pedagogik mahorat” fanining” fanidan o`quv-uslubiy majmua bilim sohasi


O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil etish usullari


Download 0.94 Mb.
bet171/176
Sana11.10.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1699100
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   176
Bog'liq
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi-fayllar.org

O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil etish usullari

































2-o‘quv topshiriq
Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi
1. Ma’ruza matnini o‘qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo‘yib chiqing:
V – bilaman
+ - men uchun yangi ma’lumot

? – noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo‘shimcha ma’lumot.


2. Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring.

Mavzu savollari


V

-

+

?

1.Nizo va uning turlari.










2.Jonli muloqot nima ?










3.O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqot qilish uslublari.










4. Muloqotni tashkil etishda mehnat faoliyatining o‘rni.












Asosiy adabiyotlar
1. Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. -Т.: “Iqtisod-moliya”, 2010y-312b.
2.Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. Darslik -Т.: “Iqtisod-moliya”, 2011y- 425b.
3.R.A.Mavlonova,D.Abdurahimova. Pedagogik mahorat. 0 ‘quv qo‘llanma T:.Fan va texnologiya 2012-yil.
4. Mirziyoev SH. M. Erkin va farovon, demokratik o’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutq / SH.M. Mirziyoev. - Toshkent: O’zbekiston, 2016. - 56 b.
Pedagogik fikr taraqqiyotida o’qituvchining kasbiy mahorati hamda burch va mas’uliyatlari.



9-Mavzu: Pedagogik nazokat, va xushmuomalalik, kasbiy pedagogik dilkashlikning o’qituvchi xulq atvorida shakllanishi.

Reja:


    1. Pedagogik nazokat, va xushmuomalalik


    2. Kasbiy pedagogik dilkashlikning o’qituvchi xulq atvorida shakllanishi


O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:Talabalarda pedagogik nazokat, va xushmuomalalik, kasbiy pedagogik dilkashlikning o’qituvchi xulq atvorida shakllanishi haqidagi bilimlarni boyitish.
O‘quv faoliyatining natijasi: Talabalar pedagogik nazokat, va xushmuomalalik, kasbiy pedagogik dilkashlikning o’qituvchi xulq atvorida shakllanishi yo‘llarini o‘rganishadi
Ta’lim metodlari:amaliy usullar va interfaol usullar: klaster, aqliy hujum,blits so‘rov, insert va FSMU, BBB texnologiyalari.
Ta’lim vositalari: Tayanch matn, o‘quv qo‘llanmalar, ekspert tоpshiriqlar, markerlar, har xil tarqatmalar.
Kichik ma’ruza: Pedagogik nazokatni egallash malakalari. Pedagogik nazokat pedagogik mahorat bilan birga yillar davomida ustozlar tajribasini o'r-gangan holda va o'z hayotiy hamda kasbiy faoliyati tajribalaridan kelib chiqib shakllantirilib boriladi. O'qituvchining ma'naviy yetuklik darajasi, nazokat sirlarini o'rganishda o'quvchilar bilan muloqot qilish ko'nikma va malakalarini egallashi, maxsus psixologik bilimlarga ega bo'lishida, o'z ustida tinimsiz mehnat qilishi natijasida erishiladi. Avvalo bu bilimlar o'quvchilar yosh xususiyati psixologiyasini va bolalarning individual xarakterini bilish bilan bog'liq.Pedagogik nazokatning asosiy xususiyati shundan iboratki, o'qi­tuvchiga muloqotni ijobiy hissiyotlar asosida qurishga, o'quvchilar bilan psixologik kontaktga kirishish uslublarini saqlashga yordam beradi. Pedagogik nazokatning quyidagi xususiyatlari hozirgi kunda muvaffaqiyat poydevori hisoblanadi:

  • o'qituvchi pedagogik nazokat talablariga amal qilib, o'zida mulo-qotning erkin demokratik asosini shakllantiradi;


  • sinf jamoasida ongli intizomni vujudga keltiradi; o'quvchilar bilan haqiqiy muloqot madaniyatiga erishadi;


  • o'qituvchi sinfda yakka (avtoritar) hukmronlikdan, erkin mulo-qotga o'tib, demokratik prinsiplar asosida pedagogik faoliyatga kirishish shaklini qoilaydi;


  • o'quvchilarni ongli ravishda tartib-intizomga muloqot asosida o'rgatadi.


Pedagogik nazokat asosida o'qituvchi o'quvchilar bilan muloqotda qarama-qarshilikka yo'l qo'ymasligi o'zaro munosabatni to'g'ri tashkil etishga yordam beradi. Bizga ma'lumki, o'qituvchining fikr-mulohazalarida nisbiylik va subyektivlik alomatlari ham mavjud. U hammaga birdek, to'g'ri munosabatda boia olmasligi tabiiy holdir, lekin u mohiyatan barcha o'quvchilarga holis niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga ishonch uyg'otishi kerak. Bu holat pedagogik nazokatning muhim xususiyatlaridan biridir.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling