Pedagogik mahorat” fanining” fanidan o`quv-uslubiy majmua bilim sohasi


-Modul. O ’qituvchi mehnatini tashkil etish


Download 0.94 Mb.
bet104/176
Sana11.10.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1699100
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   176
Bog'liq
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi-fayllar.org

5-Modul. O ’qituvchi mehnatini tashkil etish.
17-Mavzu. O ’qituvchining kompyuter texnologiyalari asosidagi faoliyati. asosiy didaktik fimktsiyalami samarali tashkil etishi.
Reja:
Kompyuteming o’qituvchilik vazifasini bajarishi jarayonlari,
kompyuter texnologiyalari asosida o’qituvchi o’zining kasbiy mahoratini oshirishi
uchun mustaqil bajaradigan vazifalar. Mustaqil ta’limni ta’minlashda o’qituvchi bilishi lozim bo’lgan kompyuter texnologiyalari (kompyuter savodxonligi) mazmunining tuzilmalari.
Kompyuter texnologiyalari asosida ta’lim berish imkoniyatlari. O’quvchilar bilimini kompyuter texnologiyalari orqali o’qituvchi tomonidan nazorat qilinishi vositalari.
O’qituvchida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish
malakalarini shakllantirish. Zamonaviy o’qituvchining kompyuter va axborot
texnologiyalari asosida pedagogik mahoratini, bilim, ko’nikma va malakalarini
oshirishi. Masofaviy o’qitish kurslarining modulli tizimi.
O’qituvchining axborot madaniyati, axborot modelini qurish malakasini nazarda
tutishi. Pedagogik mahorat tarkibiy tuzilishida axborot madaniyatini oshirish omillari.
Pedagogik ta’lim muassasalarining yagona axborot makoni (portal), axborot ta’lim
resurslari.

Tayanch tushunchala:
Zamonaviy axborot texnologiyalari; axborot resurslari; ilmiy – texnik taraqqiyot; modulli o‘qitish; axborotlashtirish; gipermant va mu­ltimedia; ma’lumotlar bazasi; kompyuter texnologiyalari; immitat­siya; kommunikatsiya; bilimlar bazasi; ta’limda veb–saytlar; tashxis va moni­toring; masofaviy o‘qitish; modulli tizim; o‘qituvchining axborot mada­niyati; internet resurslari; partal; diagnostika; internet tarmog‘i; elek­tron pochta; videoroliklar; animatsiya; axborot- ta’lim resurslari; inno­vat­siya; kompyuter vositalari.
Kompyuteming o’qituvchilik vazifasini bajarishi jarayonlari,
kompyuter texnologiyalari asosida o’qituvchi o’zining kasbiy mahoratini oshirishi
uchun mustaqil bajaradigan vazifalar. Mustaqil ta’limni ta’minlashda o’qituvchi bilishi lozim bo’lgan kompyuter texnologiyalari (kompyuter savodxonligi) mazmunining tuzilmalari.

Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va bunda o‘qituvchilarning ko‘nikma va malakalarini oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2005-yil 28-sentyabrdagi PQ-191 sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risi­da»­gi 2002-yil 6-iyundagi 200-sonli, “O‘qituvchi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomil­lashtirish to‘g‘risida”gi 2006-yil 16-fevraldagi 25–sonli qarorlarining qabul qilinishi mazkur masalaga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi.
O‘quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash ta’lim metodlarining samaradorligini oshirishga, o‘qituvchilar mehnat faoliyatining o‘zgarishiga, ularning pedagogik mahoratlarini takomil­lashtirishga, pedagogik tizimlarning tarkibiy o‘zgarishiga samarali ta’sir etadi. Bu esa pedagogik jarayonlarni axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarishda o‘ziga xos vazifalarni qo‘yadi.
Pedagogik ta’lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish:
  • masofaviy o‘quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoa o‘qituvchilar, kompyuter dasturchilari, tegishli mutaxassislarning birgalikda faoliyat olib borishini;


  • o‘qituvchilar o‘rtasida vazifalarning bir maromda to‘g‘ri taqsim­lanishini;


  • ta’lim va tarbiya jarayonini yanada mukammal tashkil qilishni ta­ko­millashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirish monitoringini tashkil etish imkoniyatini yaratadi.









Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling