Pedagogik mahorat” fanining” fanidan o`quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Download 0.94 Mb.
|
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilimlar bazasi
Ma’lumotlar bazasi deganda, axborotni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilish tushuniladi.
Bir qator axborotlarni an’anaviy qayta ishlash uchun ularni tayyorlashning standart shakllari mavjud bo‘lib, ularga bibliografiya, statistik ma’lumotlar, referatlar kiradi. Ma’lumotlar bazasi axborot tarkibiga statistik, matnli, grafik va ko‘rinishli axborotlarni cheksiz ko‘p miqdorda va albatta, belgilangan shakllardagi ko‘rinishlarini qabul qiladi. Bilimlar bazasi esa, yopiq tizimda, mazkur mavzu bo‘yicha qo‘shimcha axborotlarga ehtiyoj sezmagan holda va uning har bir elementi, mantiq jihatdan bog‘langan boshqa elementlarga chiqa olishi bo‘yicha tuzilmali axborotlashtirilgan tizimga ega bo‘ladi. Bunda ushbu bilimlar bazasiga kiritilmagan, ya’ni undan tashqi elementlarga murojaat qilinishiga imkon bo‘lmaydi. Bilimlar bazasining birlamchi bibliografik o‘xshashliklari sifatida turli ens iklopediyalar, lug‘atlar xizmat qiladi. O‘quvchilar bilimi sifatlarini test savollari yordamida aniqlash va psixofiziologik rivojlanayotganligini tashxis qilish maqsadida kompyuter tizimiga eksport tizimi qo‘shimcha kiritilgan bo‘lib, bu tizim yordamida elektron tarmoq orqali bilimlarni baholash va bu masala bo‘yicha yetarlicha natijalarni aniqlash mumkin. Bunday dasturiy vositalardan, ta’limdagi holat va uning maqsadiga ko‘ra, ba’zan o‘quvchilarning ehtiyojlarini chuqurroq anglash zaruriyati nuqtai nazaridan, ularning ma’lum fan sohasida bilimlarini tahlil qilish bo‘yicha boshqa bir hollarda esa, o‘qitishning psixologik tamoyillarini hisobga olish maqsadida keng foydalaniladi. Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, o‘quv materiallari bo‘yicha axborotlarni tavsiya etishning boy imkoniyatlari, xususan ularga integrativ kurslarni kiritish, fanning tarixi va metodologiyasi bilan tanishish, turli fanlar bo‘yicha ularning zamonaviy darajasiga oid bilimlar, madaniyat va ijtimoiy ongga dahldor bilimlarni kiritish, ta’lim mazmunini sezilarli o‘zgartirish va keskin boyitishga yordam beradi, uni faollashtirish va rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi. Kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta’limni tashkil etish nuqtai nazaridan tahlil etadigan bo‘lsak, aksariyat uning interfaolligini, bevosita muloqot yordamida o‘quvchi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan, istalgan fan sohasida maxsus o‘quv dasturlari yordamida bilim olish imkoniyatiga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi. Kompyuter vositasi, o‘quvchi yoxud o‘qituvchi murojaatlariga «javob beradi», ular bilan bemalol «muloqotga kirishadi», bular kompyuter ta’limi metodikasining asosiy xususiyatlaridan biri sanaladi. Ayniqsa, kompyuter texnologiyasining ma’lum mavzuni o‘qitish bo‘yicha yoki alohida didaktik masalalarni hal etishda foydalanish kabi holatlar («kirib boruvchi» texnologiya nomi bilan mashhur), shuningdek, o‘qitishda ma’lum texnologiyaning asosiy, aniqlovchi va eng muhim tavsiflovchisi sifatida kompyuterni qo‘llanish holatida kompyuter va boshqa texnologiyalar orasidagi munosabatlar masalasi juda dolzarb sanaladi. Kompyuterli o‘qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati, u o‘qitish jarayonining barcha bosqichlarida, jumladan, yangi o‘quv materialini tushuntirishda, qaytarishda, umumlashtirishda, o‘quvchilarning ma’lum fan bo‘yicha erishgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirishda namoyon bo‘ladi. Bunday jarayonda o‘qituvchi kompyuterning o‘quvchi uchun turli vazifalarni, xususan o‘qituvchilik, ishchi qurol, ta’lim obyekti, o‘zaro muloqot kabi funksiyalarni bajarishini bilishi kerak. Bunda o‘qituvchining vazifasi dars jarayonida o‘quvchilarni kompyuterdan to‘g‘ri foydalanishlarini nazorat qilishdan iborat:
Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling