Pedagogik mahorat” fanining” fanidan o`quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Download 0.94 Mb.
bet142/176
Sana11.10.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1699100
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   176
Bog'liq
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi-fayllar.org

3. Fanning asosiy vazifalari.
"Pedagogik mahorat" fanining vazifalarini "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun hamda "Kadrlar tay­yorlash milliy dasturi" talablari belgilab beradi. Uning vazifalari quyidagilardan iborat:
  • ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanish va islohotlarni insonparvarlik va demokratik tamoyillarga moslab olib borish;


  • ta'lim mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texno-logiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda boyitib borishni ta'minlash;


  • bo’lajak o'qituvchilaming ma'naviy-axloqiy jihatdan dunyoqara-shini rivojlantirishda milliy urf-odat va an'analarimizdan, boy adabiy merosimizdan samarali foydalanishning tezkor metod va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;


  • ta'lim va tarbiya jarayonini kelgusida o'qituvchilardan talab qila-digan darajada sifatini va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvor-ligini ta'minlash uchun normativ hujjatlar, o'quv-uslubiy adabiyotlar, moddiy-texnika va axborot bazasi bilan boyitib borish;


  • bo’lajak o'qituvchilarning yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasi, malakasi, bilimi, madaniy va ma'naviy-axloqiy saviyasining sifatini za­mon talablariga javob beradigan darajada oshirib borish;


  • bo'lajak o'qituvchilarni yuqori maiakali kadrlar tayyorlash bilan pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko'tarishga o'rgatish.




4.Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari va ularning mohiyati.
Pеdagоgik mahоratning asоsiy nеgizi bu – kasbga оid bilimlarni puхta o’zlashtirishdan ibоratdir. O’qituvchi o’quv yurtidayoq ilmiy bilimlar sistеmasini puхta egallab оlishi kеrak. Pеdagоgik mahоratni egallashda psiхоlоgiya va pеdagоgika faniga dоir bilimlar katta rоl o’ynaydi. Ilmiy psiхоlоgik va pеdagоgik bilimlar sistеmasining mavjudligi o’qituvchiga faqat o’z sinfini hamda ayrim o’quvchilarni o’rganish va ularning to’g’ri fе’l atvоrlarini tushunishgagina emas, balki bоlalar jamоasi va uning har bir a’zоsini rivоjlanish istiqbоlini ham bеlgilash imkоnini bеradi.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling