Pedagogik mahorat” fanining” fanidan o`quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Qo‘rquv va hayajonga asoslangan muloqot uslubi
Download 0.94 Mb.
|
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi-fayllar.org
5. Qo‘rquv va hayajonga asoslangan muloqot uslubi. Bunday muloqot uslubiga odatda yosh, tajribasiz o‘qituvchilar tushib qolishi mumkin. Ushbu uslub asosida boshlangan muloqot ko‘pincha o‘quvchilarni tez-tez ogohlantirish, ularni qattiqqo‘llik bilan tarbiyalashga harakat qilish, o‘qituvchi yoqtirmagan o‘quvchilar hatti-harakatini ta’qiqlash vaziyatida olib boriladi. O‘quvchilar faolligi, tashabbuskorligi inkor etiladi. Natijada o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasida ko‘z ilg‘amas qarama-qarshiliklar paydo bo‘ladi.
Muloqot jarayonidagi ushbu qarama-qarshiliklar o‘quvchilarda o‘z tushunchalariga muvofiq paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar bilan o‘qituvchining o‘quvchilarga qo‘yadigan talablari va ularni bajarish imkoniyatlari o‘rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishidan paydo bo‘ladi. Ba’zan o‘quvchining ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq kelmasligidan, yoki o‘qituvchining o‘quvchilar yosh xususiyatlarini, fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy hamda fiziologik jihatdan sog‘lomligini bilmasliklari oqibatida ziddiyatlar kelib chiqadi. Muloqot jarayonidagi ushbu ziddiyatlarni bartaraf etishda asosan o‘qituvchining o‘zi qizg‘in faoliyat olib borishi, ustoz o‘qituvchilar tajribalaridan foydalanishi, lozim bo‘lganda, tortinmasdan ulardan yordam so‘rashi maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, axloqiy normalarni o‘zlashtiradilar. O‘quvchi eng yaxshi insoniy fazilatlarni, axloq-odobni, muloqot madaniyatini asosan o‘qituvchi timsolida anglab olishini unutmaslik kerak. O‘quvchilar jamoasida o‘qituvchilar bilan o‘zaro munosabatlar insonparvarlik tamoyillariga asoslanadi. Ular odatda ikki xil bo‘lib biri rasmiy, ikkinchisi norasmiy muomala deyiladi. Rasmiy muomala munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, direktiv hujjatlariga asoslanadi. Norasmiy muomala pedagogik etika va estetikaning konuniyatlariga va o‘qituvchi odobiga asoslanadi va jamoaning har bir a’zosi tomonidan ixtiyoriy ravishda bajariladi. Muloqot odobi psixologik qonuniyatlar, odob normalari va qoidalari, talablari hamda o‘qituvchilar jamoasining fikri asosida boshqariladi. Nizo- istaklari, qiziqishlari, qadriyatlari yoki tushunchalari mos kelmasligi sababli yuzaga keladigan ikki yoki undan ortiq subyektlar о‘rtasidagi ijtimoiy о‘zaro aloqalar shakli “Nizo”va “nizoli vaziyat” tushunchalarini ajratishni bilish kerak, ular o’rtasida katta farq bor. Nizoli vaziyat – ijtimoiy sub’ektlar o’rtasida haqiqiy qarama-qarshilikni yuzaga keltiruvchi insonlar manfaatlarining mos kelmasligi. Asosiy belgisi – nizo predmeti yuzaga kelishi, lekin hozircha ochiq faol kurashning yo’qligi. Ya’ni to’qnashuv rivojlanishi jarayonida nizodan oldin har doim nizoli vaziyat yuzaga keladi, uning asosi hisoblanadi. Nizolarni tо‘rt turlari kо‘rsatiladi: ichki shaxsiy, shaxsning kuchi bо‘yicha taxminan teng motivlari, qiziqishlari, ishqibozligi, manfaatlarining kurashini aks ettiruvchi guruhlararo, biri-biriga mos kelmaydigan maqsadlarni kо‘zlagan va ularni amalga oshirish yо‘lida bir-biriga tо‘sqinlik qiluvchi ijtimoiy guruhlar nizo tomonlari sifatida ishtirok etishlari bilan ajralib turadi shaxslararo, о‘z hayotiy faoliyatida qarama-qarshi maqsadlarni amalga oshirishga intiluvchi shaxslarni ifoda etadi shaxsiy-guruhli – shaxsning xulqi guruh qoidalari va umidlariga mos kelmasligi holatlarida yuzaga keladi Pеdаgоg vа tа’lim оluvchi pоzitsiyalаrining to’g’ri kеlmаsligi ko’p nizolаrgа sаbаb bo’lаdi, shuning uchun nizoli vаziyatlаrdа qo’llаnilаdigаn sinаlgаn quyidаgi qоidаlаrni bilish kеrаk: Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling