Pedagogik mahorat” fanining” fanidan o`quv-uslubiy majmua bilim sohasi


O‘qituvchining muloqot asosida sinf jamoasini boshqarish usullari


Download 0.94 Mb.
bet54/176
Sana11.10.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1699100
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   176
Bog'liq
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi-fayllar.org

O‘qituvchining muloqot asosida sinf jamoasini
boshqarish usullari.
Ijtimoiy munosabatlar ko‘lamining kengayishi o‘qituvchidan o‘sib kelayotgan yosh avlodni o‘ta murakkab xususiyatga ega munosabatlar jarayonida har tomonlama chuqur bilimga ega, barkamol inson qilib tar­biyalash vazifasini qo‘ymoqda. Psixologik, intellektual va fiziologik jihat­dan sog‘lom muhitda mukammal tarbiyalangan inson hayotiy qara­ma-qarshiliklar, xususan turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qo­lish, nosog‘lom turmush kechirish va noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etishdan o‘zini saqlab qola oladi. Shuningdek, shaxsning aqliy salohi­yatga egaligi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi aso­siy omildir.

O‘zbekiston Respublikasida demokratik va huquqiy jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga shaxsiy munosabatini bildirish­ga imkon beradi. Ijtimoiy borliqda kechayotgan o‘zgarishlarga nisbatan shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi shaxs faolligini ko‘rsatuvchi muhim jihatlardan biridir. Qolaversa, mustaqil fikr egasi bo‘lgan shaxs o‘z imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon eta oladi. Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning ham asosiy maqsadi erkin, mustaqil fikr­ga ega bo‘lgan barkamol shaxs va malakali mutaxassislarni tarbi­yalab voyaga etkazishdan iborat.


Ushbu yuksak javobgarlikni talab qiluvchi vazifalar o‘qituvchilar zimmasiga yanada ulkan mas’uliyatlarni yuklaydi. Bu xususda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni e’tirof etadi: «Umumlashtirgan holda kadrlar tayyorlash tizimining shakl­lanishi va faoliyat ko‘rsatishining asosiy tamoyillaridan biri… ta’lim tizimini tuzilish va mazmun jihatidan isloh qilish uchun o‘qituvchilarni va murabbiylarni qayta tayyorlash… o‘quvchi yoshlarni Vatanga sado­qat, yuksak axloq, ma’naviyat va ma’rifat, mehnatga vijdonan muno­sabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash»1 lozim.
Pedagogik mahorat bo‘lajak o‘qituvchilarda yosh avlod ta’lim-tarbi­yasi uchun mas’uliyat hissini shakllantiradi. O‘qituvchi bunday mu­rakkab vazifalarni amalga oshiruvchi, davlat va jamiyatning ishonchli vakilidir. O‘quvchilar jamoasini birlashtiruvchi sinfda ta’lim–tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va boshqarishda o‘qituvchining bilimi, pedagogik mahorati va psixologik xususiyatlari ochiq namoyon bo‘ladi. Avvalo, o‘qi­tuvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro hamkorlik va bir–birlariga nisba­tan ishonch tuyg‘ulari bo‘lishi hamda o‘qituvchi o‘z kasbiy bilim­laridan tashqari boshqa o‘quv fanlarini ham puxta egallagan bo‘lishi lozim.
Zero, sinf jamoasini boshqarish – pedagogik jamoa, ota-onalar oldi­da o‘qituvchining obro‘–e’tibori qay darajada ekanligini ko‘rsatuvchi mezon. O‘qituvchining axloqiy saviyasini, bilimini muloqot asosida sinf jamoasini boshqarishda erishayotgan yutuqlari belgilaydi. Odatda, o‘qi­tuv­chilarning xarakteri, individual xususiyatiga qarab: tashabbuskor, ijodkor, tashabbussiz, o‘z fikriga ega bo‘lmagan, barcha ishlarga befarq qarovchilar toifasiga ajratishadi. Pedagog va psixolog olimlarning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari, kuzatishlari va ilmiy tajribalariga asoslangan holda o‘qituvchilarning rahbar sifatida sinf jamoasini boshqarishida qo‘llaydigan muloqot uslublari quyidagicha tavsiflanadi:
1. Avtoritar uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar.
2. Demokratik uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar.
3. Liberal uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling