1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
4076 MILLIY GOYA
1 1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. 1. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanini о„rganish sabablari 2. Fanning predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari 3. Milliy g„oyaning asosiy tushunchalari va qonunlari 4. Milliy g„oyaning asosiy tamoyillari va negizlari 5. Milliy g„oyaning turli xil fikr, g„oyalarga munosabati, ijtimoiy ma‟naviy hayotda aks etishi 6. Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi va uni о„rganishning ahamiyati 1. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanini о„rganish sabablari Insoniyat tarixiy taraqqiyotning sivilizatsiyalashgan davri tajribasi biron-bir jamiyatning ezgu g„oyalarsiz va sog„lom mafkurasiz rivojlana olmasligini tasdiqlamoqda. Mustaqillikka erishgan mamlakatimiz rahbarining tashabbusi bilan о„zbek xalqi ham о„z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish kabi buyuk ezgu maqsadlarni qо„ydi. Ana shu ezgu maqsadlarni amalga oshirish, mamlakatimizda demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyatni barpo etishda, bizga yot va begona mafkuralar tajovuziga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish, g„oyaviy bо„shliq bо„lishiga yо„l qо„ymaslik va nihoyat, yurtning yuksak taraqqiyotini ta‟minlash - milliy istiqlol g„oyasini shakllantirish ehtiyojini yuzaga keltirdi. Mustaqillik tufayli О„zbekiston xalqi о„zining milliy-ma‟naviy yangilanishda milliy istiqlol g„oyasiga tayanishga alohida e‟tibor berdi. Mustabid tuzum davrida amal qilib kelingan, xalqimizning milliy-ma‟naviy ruhiyatiga tamomila zid bо„lgan «kommunistik g„oya»dan voz kechildi. О„zbekiston xalqi о„z milliy g„oyasi negizlariga tayangan holda rivojlanish yо„lini tanladi. Uning о„ziga xos sabablari mavjud. Ular asosan quyidagilardan iborat: Birinchidan, О„zbekiston xalqining о„z mustaqilligini qо„lga kiritishi bilan uzviy bog„liq. Chunki, mustaqillik tufayli mamlakatimiz xalqi о„ziga xos va mos rivojlanish yо„lini tanlash huquqiga ega bо„ldi. Bu esa xalqimizning tarixan qaror topgan milliy-madaniy meroslarini, qadriyatlarini, ma‟naviy-ruhiy olamini qayta tiklagan holda о„z kelajagini kо„rish va qurish imkoniyatini berdi. Ikkinchidan, «mustabid» totalitar tuzum davrida jamiyatning g„oyaviy asosi bо„lgan yagona kommunistik mafkura mamlakatimiz xalqlari, xususan о„zbek xalqi turmush tarzi, dunyoqarashi, tarixi, urf-odatlari, an‟analari va milliy xususiyatlarini hisobga olmaganligi hamda bizga begona va yot bо„lgan qadriyatlarni, maqsadlarni singdirishga urinib kelganligi tufayli, uning asoratlaridan xalos bо„lishga bо„lgan ma‟naviy ehtiyojning mavjudligi bilan bog„liq edi. 2 Uchinchidan, ma‟lumki har bir xalq, davlat yohud jamiyat bor ekan, albatta u maqsadsiz yashay olmaydi. U rivojlanish uchun ma‟naviy asoslarni beglilab oladi. Maqsad esa uning milliy-ma‟naviy g„oyasi orqali о„z ifodasini topadi. Shu ma‟noda о„zining mustaqil rivojlanish yо„lini tanlab olgan О„zbekistonda unga tabiiy-ma‟naviy ehtiyoj sifatida qarash orqali uning sabablarini tо„g„ri tushunish mumkin; Tо„rtinchidan, jamiyat tarixida g„oyalar har-xil bо„lgan. Bir-biriga maqsadi bilan yaqin bо„lgan g„oyalar ham ayni paytda bir-biriga tо„g„ri kelmaydigan g„oyalar ham bor. Ular bir-biriga mutlaqo teskari bо„lgan maqsadlarga yо„naltirilganligi tufayli jamiyat hayotiga turli xil ta‟sir kо„rsatadi va turli xil oqibatlarni keltirib chiqaradi. Demak, g„oya bilan g„oyaning, maqsad bilan maqsadning, fikr bilan fikrning farqini bilish va anglash uchun ham milliy istiqlol g„oyasini о„rganish zarur. Beshinchidan, g„oyalar jamiyatdagi turli insonlar, ijtimoiy guruhlar, qatlamlar, xalqlar, millatlar maqsadi, orzu intilishlari, hayotni idrok etish kо„nikma va malakalari, xulq-atvor kо„rinishlari, qadriyatlari manfaati bilan uzviy bog„liq bо„ladi. U yoki bu g„oya qaysi manfaatni qanday tamoyillarga asoslangan holda ifoda etishiga qarab bir-biridan farqlanadi. Shunga qarab uning maqsadiga va qanday g„oya ekanligiga baho beriladi; Oltinchidan, g„oyalar о„z oldiga qо„ygan maqsadining kо„lami bilan ham bir-biridan farqlanadi. U mutloqlikka, yagona tо„g„ri ekanligiga da‟vo qilishi mumkin. Shunday ijtimoiy g„oyalar borki, u о„z maqsadlarini butun insoniyatga, bashariyatga daxldorlikni uning ongiga, ishonch va e‟tiqodiga aylantirishni da‟vo qiladi. О„ziga mos jamiyat rivojlanish modelini qurishni, dunyo xalqlarini «yagona andoza» shakliga olib kirishni maqsad qilib qо„yadi. О„z maqsadlarini boshqa xalqlarning milliy xususiyatlarini hisobga olmasdan, qanday yо„l bilan bо„lmasin unga «sindirishga» urunadi. Demak, undan ogoh bо„lish uchun ham, о„z xalqi, mamlakatining tarixini, milliy-madaniy meroslarini, qadriyatlarini toptatmaslik, о„ziga xoslikni yо„qotmaslik uchun ham milliy g„oyani о„rganish, bilish kerak bо„ladi; Yettinchidan, milliy istiqlol g„oyasini о„rganishning zarurligi bugungi dunyoda mafkura sohasidagi kurashning davom etayotganligi bilan ham bog„liq. Insonlar ongi va qalbini egallash unga ta‟sir kо„rsatib, о„z maqsad va muddaolarini bir tomonlama amalga oshirishga urinishlar tо„xtamayotganligidan ham kelib chiqmoqda. Milliy istiqlol g„oyasi О„zbekiston xalqi hayoti, mamlakat oldida qо„ygan erkin va farovon hayot, ozod va obod Vatan qurish, maqsadlarini amalga oshirish uchun ma‟naviy-ruhiy kuch-quvvat manbai hisoblanadi. Xalqimizni birlashtirib turadigan, milliy-ma‟naviy qadriyatlarimizni tiklab, unga tayangan holda О„zbekistonda demokratik, adolatli fuqarolik jamiyatini qurish uchun ilmiy- nazariy asos bо„lib xizmat qiladi. Mustaqillikni mustahkamlash uchun xalqimizni birlashtiradigan, uning asriy ezgu maqsadlari bо„lgan «Kelajagi buyuk davlat»ni barpo etish har bir shaxsning hayotiy manfaatlarini о„zida mujassam etadigan milliy g„oya va mafkurani yaratish ijtimoiy-siyosiy va ma‟naviy taraqqiyotimizning muhim shartiga aylanmoqda. Milliy istiqlol g„oyasini fan sifatida о„rganishning sabablarini mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov quyidagicha ta‟kidlagan: «Oldimizga qо„ygan olijanob maqsad-muddaolarimizga yetish, eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bо„lish, g„oyaviy bо„shliq paydo bо„lishiga yо„l 3 qо„ymaslik, begona va yot g„oyalarning xurujidan himoyalanish, bunday tajovuzlarga qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish zarurati xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlariga mos yangi mafkurani shakllantirishni taqozo etmoqda» [Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz ma’sulmiz. T.9. -T.: «О‘zbekiston», 2001, 221-222 b.]. Ana shu hayotiy zarurat milliy istiqlol g„oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini fan sifatida о„rganishni taqozo etadi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling