1-Mavzu: “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. “Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”


Milliy istiqlol g„oyasining turli xil fikr, g„oyalarga munosabati


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/41
Sana13.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1194719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
4076 MILLIY GOYA

5.Milliy istiqlol g„oyasining turli xil fikr, g„oyalarga munosabati, 
ijtimoiy ma‟naviy hayotda aks etishi 
Milliy istiqlol g„oyasining turli xil fikr, g„oyalarga munosabati, uning 
ijtimoiy ma‟naviy hayotda aks etishi usullarini anglash uchun eng avvalo, turli xil 
g„oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyatini о„rganmoq zarur. 
Ma‟lumki, har qanday tushuncha, fikr va qarash ham milliy g„oya bо„la olmaydi. 
Chunki, shaxsiy fikr - о„ziga xos qarashdir, ijtimoiy fikr esa - voqelikka nisbatan 
о„zgarish yoki harakatni taqozo etadigan faol munosabatni ifodalaydi. G„oya ana 
shu munosabatni harakatga, jarayonga, zarurat tug„ilganda esa, butun bir davr 
tarixiga aylantiradi.1 Demak, muayyan bir g„oya dastlab biron-bir kishining 
shaxsiy fikri sifatida paydo bо„ladi. Jamiyat hayotida turli xil fikr, va g„oyalarning 
о„rni muhim. Lekin, «yagona fikr»ga, «yagona g„oya»ga intilib, hukmronlik qilsa, 
u jamiyat rivojiga katta salbiy ta‟sir kо„rsatadi. Demak, «ikki odam aynan bir xilda 
fikrlamaydi» yoki turli xalqlar, mamlakatlar ham aynan bir-biriga о„xshashi, ya‟ni 
bir xil tarix, til, madaniyat, urf-odat, qadriyatlarga amal qilish yoki yagona g„oya 
yoki maqsadni, rivojlanish yо„lini andoza sifatida olishi va faqat unga tayanish 
mumkin emas. U taraqqiyotning xilma-xilligi qonuniga tо„g„ri kelmaydi. Milliy 
istiqlol g„oyasining о„ziga xos jihati ham shundaki, u fikrlar va g„oyalar xilma-
xilligini tan oladi. Jamiyat mafkurasi sifatida biron-bir fikr, g„oyani «mutloq 
g„oya», «oxirgi, tugal» kо„rinish sifatida da‟vo qilishga asoslanmaydi. Erkinlik, fikr 
erkinligi, fikrlar xilma-xilligi tamoyillari milliy istiqlol g„oyasi uchun muhim о„rin 
tutadi va jamiyat taraqqiyotini rivojlantiruvchi omil sifatida namoyon bо„ladi. Fikr 
erkinligi va fikrlar, g„oyalar xilma-xilligiga asoslanish taraqqiyotni ta‟minlab 
turuvchi, inson salohiyatini oshirib turuvchi noyob imkoniyatdir. 
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, о„z davlatchiligini qо„lga kiritish, 
milliy va ijtimoiy ozodlikka erishish hech qayerda yengil va osonlikcha bо„lmagan. 


10 
Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat о„z taraqqiyot yо„lini izlaydi, yangi 
jamiyat barpo etishda о„z andozasini ishlab chiqishga intiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy vaziyat, odamlar о„rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning 
dunyoqarashi, jumladan diniy e‟tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari ham shuni 
taqozo etadi. Masalan, dunyoda ijtimoiy taraqqiyot yо„lining turli variantlari 
mavjud. Turkiya, Janubiy Koreya, Shvetsiya modellari va boshqalar bunga 
misoldir. Bir qancha musulmon mamlakatlari va yangi industrial mamlakatlarning 
tajribasi ham shuni kо„rsatadi. Ikkinchi jahon urushidan sо„ng Ovrupo 
mamlakatlari va Yaponiya xalq xо„jaligini qayta tiklash ham buning amaliy 
namunasi bо„ldi. 
О„zbekiston boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida tо„plangan va 
respublika sharoitiga tadbiq qilsa bо„ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan 
shak-shubhasiz samarali foydalanadi. Gap biron-bir modelni, hatto u ijobiy natijalar 
bergan taqdirda ham, kо„r-kо„rona kо„chirib olish tо„g„ri emas. Aksincha, aniq-
ravshan vositalar va usullar qaysi mamlakat uchun mо„ljallangan bо„lsa, о„sha 
mamlakatning о„ziga xos sharoitidagina ijobiy natija beradi. 
Jahon va о„zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad 
etmagan holda о‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yо‘limizni 
tanlab olish respublikaning qat’iy pozitsiyasidir. Bu - о„tmish yillarining xatolarini, 
davlat tuzilishining shakl va usullariga nisbatan mavjud qarashlarni idrok etish 
natijasidir. Bu - tarkib topgan ijtimoiy voqelikka berilgan real bahodir. Bu - 
О„zbekiston xalqining ijtimoiy taraqqiyotiga, munosib turmush sharoitiga 
intilishidir. 
Shuni alohida ta‟kidlash zarurki, soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali 
oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, evolyusion yо„l bilan normal, 
madaniyatli taraqqiyotga о„tish - tanlab olingan yо„lning asosiy mazmuni va 
mohiyatidir. Odamlarning ongi va turmushiga о„nlab yillar mobaynida, kо„pincha 
zо„ravonlik yо„li bilan singdirilgan narsalarni bir zumda о„zgartirish mumkin emas. 
Buning uchun ijtimoiy guruhlar о„rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga va 
ularni bir-biriga qarama-qarshi qо„yishga barham berish bilan jamiyatni yangilash 
va о„zgartirish zarurligiga odamlarning о„zini ishontirish, harakatga keltiruvchi 
kuchlarni va mehnatning rag„batlantiruvchi omillarini о„zgartirish mumkin.
Mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinligi, ularning о„ziga xos 
xususiyati bu muammolarni hal etishga alohida yondashuvni taqozo etadi. Turmush 
sharoiti va tarzining milliy xususiyatlari, Sharq madaniyatiga mansublik ham shuni 
talab etadi. 
О„zbekistonning chinakam mustaqilligiga erishishdan iborat о„z yо„li 
respublikani rivojlantirishning milliy istiqlol g„oyasiga asoslangan quyidagi asosiy 
о„ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini har tomonlama hisobga olishga 
asoslanadi. 
Avvalo, u aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling